O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


 Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

4.2. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy
shakllari
Iqtisodiyotda, xususan mulkiy munosabatlar shakllarini o`rganishda mulkni
tasniflash muhim o`rin tutadi. Ko`pchilik iqtisodchilar va faylasuflar uchun
tasniflash mezoni sifatida mulk subekti olinadi. Agar mulk bir shaxsga tegishli
bo`lsa, u – xususiy.
Agar u bir necha shaxsga tegishli bo`lsa – jamoaviy. Agar u butun jamiyatga
tegishli bo`lsa – umumxalq yoki davlat mulki hisoblanadi. Bunday yondashuv
G`arbdagi tadqiqotchilar uchun mulkning uchta shaklini ifodalashga asos bo`lgan.:
xususiy, jamoaviy va ijtimoiy. Ba’zan ularga aksiyadorlik (korporativ) va davlat
shakllari ham qo`shimcha qilinadi. Ba’zida aksiyadorlik mulkini jamoaviy shakl
deb, davlat mulkini esa ijtimoiy shakl deb hisoblashadi. Lekin bundan mohiyat
o`zgarmaydi.


41
Ø
ixtiyoriy shakldagi mulkning namoyon bo`lishi qator omillarga
bog`liq. Jumladan:
Ø
mehnat sharoitlari va natijalarini o`zlashtirib olish usullari;
Ø
mehnat sharoitlari va natijalarini tasarruf etish xususiyatlari;
Ø
mehnat sharoitlarini takror yaratish;
Ø
faoliyat turlari bo`yicha almashishning asosiy usuli;
Ø
natijalari qayta taqsimlash usullari;
Mulkchilik munosabati tarixan qanday shakllarda rivojlanganligi katta
qiziqish uyg`otadi (4.1-rasm).
1. Mulkchilikning eng dastlabki shakli
jamoaviy mulk
G`arb huquqiy
tizimining asos (antik taraqqiyot)ini tashkil etadi. U uchta asosiy xususiyat bilan
tavsiflanadi:
v
jamoaviy mulk jamiyatga – uni to`laqonli a’zolar deb tan oluvchi
indvidlar yig`indisiga tegishli;
v
jamoaviy mulkni qayta taqsimlash huquqi mutlaq jamiyatga tegishli;
v
jamoaviy mulk jamoaviy huquq normalari bilan tartibga solinadi.
Jamoaviy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat:
a) boshqarish (taqsimlash) ijtimoiy;
b) egalik qilish xususiy;
v) jamoaviy mulk ob’ektidan voz kechish taqiqlangan;
g) ijtimoiy majburiyatlar tizimi;
d) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi.
Jamoaviy mulk rivojlanishi davlatchilikni yuzaga keltirgan. Ushbu
bosqichida davlat majbur etish apparati sifatida hali jamiyatga qarshi turmaydi.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin