O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


-BOB. MULKCHILIK ShAKLLARI RIVOJLANISHINING



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

4-BOB. MULKCHILIK ShAKLLARI RIVOJLANISHINING
EVOLYUTSIYASI
4.1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili
4.2. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari
4.3. Mulkiy xuquqlar
4.1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi jamiyatning iqtisodiy
negizlariga oid XII bobda quyidagilar bayon etilgan: “Bozor munosabatlarini
rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi
mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilar huquqlarining ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk
shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan teng muhofaza etilishini
kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina
mulkidan mahrum etilishi mumkin (53- modda). Mulkdor mulkiga o`z hoxishicha
egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish
ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning
huquqlarini hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart
(54-modda)”. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga mulkchilikning
egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish triadasi (164-modda) asos qilib olingan.
Ushbu Kodeksda mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllari mavjudligi (167-
modda) ta’kidlanadi.


39
Demak, iqtisodiyot va uni tashkil etishning bozor modeli uchun muayyan-
tarixiy shakldagi mulkchilik instituti talab etiladi. Mulkchilik institutining
negizini mulk tushunchasi tashkil etadi. Mulk – resurslar cheklanganligi
sharoitining oqibatidagi noyoblik muammosini hal qilinishining yagona vositasi
hisoblanadi. Bu vosita mulkdorga huquqlar tutamini taqdim etadi. Albatta, mulkiy
huquqlar tutami egalik qilish va boshqa huquqlar (foydalanish, tasarruf etish va
boshqalar) bilan birgalikda tashkil etadi. Huquqlar tizimi xo`jaliklar va shaxslar
o`zaro munosabatlarga kirishishlari uchun ham mulkdorni, ham mulkni
himoyalaydi. Shaxsning jamiyatdagi erkinligi huquq bilan kafolatlanadi va
chegaralanadi. Undagi barcha mavjud huquqlardan eng to`lig`i mulkchilik
huquqidir. Ushbu huquq shaxs va jamiyat uchun o`zaro qarama-qarshi bo`lgan
begonalashuv xususiyatini ham namoyon etadi. Ilmiy manbalarda mulkchilik
munosabatlari umumiy tan olingan yagona ta’rifga ega emasligi sababli qator
talqinlar mavjud (4.1-jadval).

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin