O zbekiston respublikasi davlat soliq qo mitasining
4-bob. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilish va uni majburiy hisobga qo‘yish 14. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin bekor bo‘ladi.
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi sud tartibida bekor bo‘lganda, ijaraga beruvchi sud qarorini davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi lozim.
Taraflarning kelishuviga binoan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Taraflarning kelishuviga binoan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan ixtiyoriy shaklda tuziladi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son) 15. Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish uchun o‘zining shaxsiy kabineti orqali mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnomani elektron tarzda yuboradi. Bunda so‘rovnomaga ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuv biriktiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. 16. Ijaraga beruvchi yoki uning vakilining xohishiga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovnoma ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan davlat soliq xizmati organiga qog‘oz shaklida taqdim etilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son) 17. Davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining shaxsiy kabinet orqali elektron tarzda yuborilganda real vaqt rejimida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda o‘sha vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Bunda, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq QR-kodi mavjud bildirishnoma davlat soliq xizmati organlari tomonidan ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son) Bildirishnomaning haqiqiyligi QR-kodni maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rish bilan aniqlanadi. Bildirishnomaning QR-kodi tekshirilganda hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvning elektron shakliga XML formatida havola qilinadi.
18. Davlat soliq xizmati organi so‘rovnomaga asosan ko‘chmas mulk ijara shartnomasining bekor qilinganligi to‘g‘risida o‘zining axborot tizimiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.