O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING QARORI KO‘CHMAS MULK IJARA SHARTNOMALARINI DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARIDA MAJBURIY HISOBGA QO‘YISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3077] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B. MUSAYEV Toshkent sh.,
2018-yil 15-avgust,
2018-65-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 15-avgustdagi 2018-65-son qaroriga
ILOVA
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida NIZOM Oldingi tahrirga qarang. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)