7. Men, Ijaraga oluvchi ijaraga olingan uy-joyni vazifasiga muvofiq ravishda foydalanishni, o‘z holatida saqlanishini ta’minlashni, uni yaxshi holda tutishni hamda sanitariya va yong‘indan saqlash qoidalariga to‘liq rioya etishni, ijara haqini o‘z vaqtida to‘lab turishni o‘z zimmamga olaman.
8. Men, Ijaraga oluvchi (yoki Ijaraga beruvchi) sovuq va issiq suvdan, elektr energiya va gazdan, telefon aloqasi hamda maishiy chiqindilardan foydalanganlik uchun, shuningdek uy-joy bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida tegishli tashkilotlariga qonun hujjatlarida belgilangan tariflarda va muddatda to‘lashni o‘z zimmamga olaman.
9. Men, Ijaraga beruvchi mulk huquqi asosida tegishli mulkni ijaraga berganligim va buning natijasida daromad olayotganim uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida tegishli davlat soliq xizmati organiga to‘lab borishni o‘z zimmamga olaman.
4. Tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal etish
10. Ushbu shartnoma talablarini lozim darajada bajarmagan yoki bajarishdan bosh tortgan taraf qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
11. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki unga o‘zgartirishlar kiritish taraflarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi, nizo kelib chiqqan taqdirda sud tartibida hal qilinadi. Shartnomani bekor qilish haqida taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin yozma ravishda ogohlantiradi.
Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.