5-bob. Yakuniy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) Oldingi tahrirga qarang. 20. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) 21. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri J. QO‘ChQOROV 2018-yil 15-avgust,
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV 2018-yil 7-avgust,
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV 2018-yil 10-avgust,
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi (namunaviy shakl)
__________________(tuzilgan sana)
__________________(tuzilgan joy)
Biz, ______________________ viloyati (Respublikasi), ______________ tumani (shahar), ________________ MFY, _________________ ko‘chasi (mavzesi, dahasi) ____-uy ____-xonadonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan, _________ yilda tug‘ilgan _______________________ __________________ ________________________ (pasport seriyasi ____, raqami _____________, ______ yilda _____________ tuman (shahar) IIBdan berilgan) (bundan buyon matnda Ijaraga beruvchi deb yuritiladi) bir tomondan va ____________________ viloyati (Respublikasi), _________________ tumani (shahar), __________________ MFY, __________________ ko‘chasi (mavzesi, dahasi) ____-uy _____-xonadonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan, _______ yilda tug‘ilgan ______________________ _____________________ ______________________ (pasport seriyasi ____, raqami ___________, ______ yilda ________________ tuman (shahar) IIBdan berilgan) (bundan buyon matnda Ijaraga oluvchi deb yuritiladi) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik: