1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ko‘chmas mulk ijara shartnomalari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda tuziladi va davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 612-moddasiga muvofiq uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan Uy-joyni ijaraga berish shartnomalari mazkur Nizomning 1-ilovasidagi namunaviy shaklga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan ixtiyoriy shaklda tuziladi.
4. Taraflarning kelishuviga binoan Uy-ro‘zg‘or buyumlarini topshirish-qabul qilish va kommunal to‘lovlar uchun o‘rnatilgan o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini qayd qilish dalolatnomasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Uy-joyni ijaraga berish shartnomalariga ilova qilinishi mumkin.
2-bob. Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish shartlari Oldingi tahrirga qarang. 5. Ijaraga beruvchi yoki uning vakili ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son) a) mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ko‘chmas mulk ijara shartnomasini majburiy hisobga qo‘yish haqida so‘rovnoma;
b) ko‘chmas mulk ijara shartnomasi;
Oldingi tahrirga qarang. v) ijaraga beruvchining shaxsini yoki uning vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son) Mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan tashqari boshqa qo‘shimcha hujjatlarni talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 6. Ijaraga beruvchi yoki uning vakili ko‘chmas mulk ijara shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yishi shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son) Oldingi tahrirga qarang. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son) 8. Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.