O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 148,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix22.10.2023
ölçüsü148,46 Kb.
#159762
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi

g) aholi hayotiga, sog’lig’iga yoki mol-mulkiga xavf-xatar tug’ilganda kompleks
yordam ko’rsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo’lganda
ular to’g’risida aholini o’z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish
sohasida:
aholining hayoti va sog’lig’iga xavf tug’ilganda o’z vaqtida kompleks yordam
ko’rsatishni ta’minlaydi;


6
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining Vazirlik vakolatiga
taalluqli murojaatlarini qabul qilishni tashkil etadi va ularni ko’rib chiqadi hamda ushbu
masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko’radi;
favqulodda vaziyatlar xavfi tug’ilganda yoki sodir bo’lganda aholiga
avtomatlashtirilgan tarzda xabar berish va ogohlantirish tizimi yaratilishini
muvofiqlashtiradi va uni boshqaradi;
mahalla (qishloq) fuqarolar yig’inlarida, odamlar ko’p to’planadigan joylarda,
korxonalarda muntazam profilaktika tadbirlarini o’tkazadi, aholi va hududlarni
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muammolarini yechishda o’zini-o’zi
boshqarish organlari bilan o’zaro samarali hamkorlik olib boradi;
fuqaro muhofazasi va FVDTning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va
axborot ta’minoti, aloqa, xabar berish tizimining doimiy shayligini tashkil etadi va
ta’minlaydi;
favqulodda vaziyatlar xavfi tug’ilganda yoki sodir bo’lganda barcha aloqa va
ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda aholiga tezkor xabar beradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirishga tegishli bilim va tajribaga ega bo’lgan nodavlat notijorat
tashkilotlar, shu jumladan, chet ellik fuqarolar va xorijiy tashkilotlarni jalb qilish
ishlarini tashkillashtiradi;
d) FVDT faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yong’in xavfsizligini tashkil
etish va ta’minlashda ishtirok etish sohasida:
FVDT faoliyatini tashkiliy va ilmiy-texnik ta’minotini amalga oshiradi, fuqaro
muhofazasi va yong’in xavfsizligi tadbirlarini bajaradi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik Kengashi apparati va
Vazirlar Mahkamasiga FVDT, fuqaro muhofazasi va yong’in xavfsizligi tizimini
takomillashtirish va yanada rivojlantirish bo’yicha takliflar kiritadi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan
birgalikda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalar
tarkibini, joylashuvini va jihozlanishini belgilaydi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish,
shuningdek yong’in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini tashkil qilishda uslubiy
rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
favqulodda vaziyatlar va yong’inlarni bartaraf etish hamda tezkor chegaralash
ishlarini o’tkazishga mo’ljallangan to’g’ridan-to’g’ri va tezkor buysunuvdagi yong’in-
qutqaruv xizmatlari va bo’linmalarini tashkil etish, tayyorlash va ulardan foydalanishda
uslubiy rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
idoraviy va ko’ngilli yong’indan saqlash bo’linmalari, qutqaruv xizmatlari
(tuzilmalari), shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hisobini yuritadi;
fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari, qonunchilik talablari asosida tashkil etilgan boshqa harbiy tuzilmalar
va bo’linmalarning davlat boshqaruv organlari bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;
fuqaro muhofazasi uchun qurol-aslahalar, texnika, himoya vositalari va boshqa
moddiy-texnik vositalarni davlat buyurtmasi asosida yetkazib berish loyihasini


7
shakllantirishda ishtirok etadi;
aholining radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazasini tashkillashtirish,
panagohlar va boshqa fuqaro muhofazasi ob’yektlarining tayyorgarligini ta’minlash va
barpo etish ustidan nazorat olib boradi;
tegishli davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar
oqibatida jabrlangan aholiga insonparvarlik yordamini shakllantirish va yetkazib
berishni belgilangan tartibda tashkillashtiradi;

Yüklə 148,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin