O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish



Yüklə 148,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix22.10.2023
ölçüsü148,46 Kb.
#159762
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi

4-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
19. Vazirlikni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va
lavozimdan ozod etiladigan O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri
(keyingi o’rinlarda — Vazir) boshqaradi.
Vazir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan
va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o’rinbosar va o’rinbosarlarga ega.
20. Vazir:
1) Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga
oshiradi, Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini
tashkillashtiradi;
2) ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati organlarida hamda
tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida o’tkaziladigan tadbirlarda
Vazirlik manfaatlarini ifodalaydi;
3) Vazirlik tizimining muayyan yo’nalish va faoliyat sohalari hamda uning
tashkilotlariga rahbarlik qilishda o’z o’rinbosarlari, boshqa mansabdor shaxslarning
vakolatlarini va shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
4) Xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to’lash fondi
doirasida Vazirlik tizimi markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalari,
bo’ysunuvidagi tashkilotlarning tuzilmasi va shtat jadvalini, shuningdek, tegishli davr
uchun tasdiqlangan byudjet ajratmalari doirasida uning ta’minoti uchun xarajatlar
smetasini tasdiqlaydi;


15
5) Vazirlik tizimidagi markaziy apparat, hududiy va tarkibiy tuzilmalari,
bo’ysunuvidagi tashkilotlarning tuzilmasi va shtat jadvallariga o’zgartirish kiritadi, shu
jumladan shartnoma asosida ko’rsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablag’lar
hisobiga idoraviy bo’ysunuvidagi tashkilot, tuzilma, harbiy xizmatchi va xizmatchi
lavozimlarini joriy etadi (qisqartiradi);
6) o’z vakolati doirasida Vazirlik shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy
bo’lgan buyruq, farmoyish, direktiva chiqaradi va topshiriqlar beradi;
7) belgilangan tartibda:
Vazirlik tizimidagi markaziy apparat va bo’ysunuvdagi tashkilotlarning
tuzilmalari to’g’risidagi nizomlarni;
harbiy xizmatchilar lavozimlari, shuningdek ushbu lavozimlarga mos keladigan
harbiy unvonlar ro’yxatini;
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan ajratilgan
moddiy boyliklarni, shuningdek, xizmatini o’tab bo’lgan moddiy-texnik vositalarni
hisobdan chiqarish to’g’risidagi hujjatlarni;
ob’yektlarni loyihalash, yong’in va qutqaruv bo’linmalari uchun yangi turdagi
texnika va texnik vositalarni, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlarini olib borish uchun taktik-texnik topshiriqlarni;
Vazirlik shaxsiy tarkibini hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi hamda yong’inlarning oldini olish va ularni
o’chirish bo’yicha topshiriqlarni bajarishda jonbozlik ko’rsatgan fuqarolarni
mukofotlash uchun beriladigan idoraviy nishonlarni, ularning nizomi va tavsifini hamda
mukofotlash tartibini tasdiqlaydi;
8) qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda harbiy xizmatchilarga
polkovnik va unga qadar bo’lgan, harbiy unvonlarni beradi;
9) Vazirlik harbiy xizmatchilarini lavozimiga tayinlaydi va ozod etadi;
10) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar
va tumanlar hokimlari bilan kelishilgan holda, hududiy favqulodda vaziyatlar
boshqarmalari (bo’limlari) boshliqlarini lavozimga tayinlaydi;
11) belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga
qabul qiladi;
12) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha jismoniy shaxslarni va
yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etadi;
13) qonunchilikka muvofiq Vazirlik tizimida harbiy xizmatni o’tash bilan
bog’liq masalalarni hal etadi;
14) o’z vakolatlari doirasida Vazirlik harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini,
shuningdek ularning oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalarini hal
etadi;
15) qonun hujjatlarida belgilangan shart va tartibda kontrakt asosidagi harbiy
xizmatchilarni mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlariga xizmat safariga
yuboradi;
16) Vazirlikning alohida o’rnak ko’rsatgan harbiy xizmatchilari va xodimlarini
davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish, shuningdek,
idoraviy mukofotlarni ta’sis etish to’g’risida o’rnatilgan tartibda takliflar kiritadi;


16
17) Vazirlik harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini belgilangan tartibda, shu
jumladan, O’zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuboradi;
18) Vazirlikni moliyalashtirish uchun ajratilgan byudjet mablag’lari va
byudjetdan tashqari mablag’larning bosh tasarruf etuvchisi hisoblanadi;
19) O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko’rib chiqishi uchun belgilangan
tartibda:
oliy ofitserlik tarkibi lavozimlariga tayinlash va undan ozod etish to’g’risida;
oliy ofitserlik tarkibiga harbiy unvonlar berish to’g’risida;
Vazirlik harbiy xizmatchilari uchun kiyim-kechak namunalarini tasdiqlash
to’g’risida;
FVV bo’ysunuvidagi tashkilotlarni tuzish, qayta tashkil etish va tugatish
to’g’risida takliflar kiritadi.
20) Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan belgilangan tartibda
xalqaro shartnomalarni imzolaydi;
21) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishni tashkil etadi,
ularning mutaxassisligiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi va samarali faoliyat
ko’rsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi;
22) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali
hamkorlikni tashkillashtiradi;
23) O’zbekiston Respublikasidagi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshiradi.
21. Vazir bo’lmagan davrda uning vakolatlarini bajarish vazirning birinchi
o’rinbosari tomonidan, birinchi o’rinbosar bo’lmaganda esa Vazirning buyrug’iga
binoan o’rinbosarlardan biri tomonidan amalga oshiriladi.
22. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda bo’ysunuvidagi
tashkilotlar rahbarlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod
qilinadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
23. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda bo’ysunuvidagi
tashkilotlar to’g’risidagi nizomlar, agar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo’lmasa, Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
24. Vazirlikni harbiy xizmatchilar bilan jamlash o’rnatilgan tartibda
talabnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Vazirlikning ofitserlar va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni tayyorlash
O’zbekiston Respublikasi oliy harbiy va maxsus o’quv yurtlarida, shuningdek, boshqa
davlatlarning ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
25. Vazirlikda vazir (Hay’at raisi), vazirning birinchi o’rinbosari va
o’rinbosarlari, Vazirlikning tegishli mansabdor shaxslari hamda boshqa vazirliklar va
idoralar vakillaridan iborat Hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning soni va shaxsiy tarkibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at Vazirlik faoliyatining eng dolzarb muammolari hamda O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining o’z vaqtida va sifatli
bajarilishini ta’minlash bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi.


17
26. Vazirlik vakolatiga kiradigan muhim masalalarni ko’rib chiqish va tavsiyalar
berish uchun ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi. Uning tarkibiga manfaatdor davlat va
xo’jalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining vakillari
kirishi mumkin.
Ilmiy-texnik kengash to’g’risidagi Nizom va uning tarkibi Vazir tomonidan
tasdiqlanadi.
Ilmiy-texnik kengash o’z faoliyatini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
ularni bartaraf etish bo’yicha Hukumat hamda hududiy komissiyalar bilan yaqin
hamkorlikda tashkil etadi.
27. Vazirlik tarkibida maslahat, kengashuvchi va ekspert organlari tashkil
etilishi mumkin. Vazirlik huzurida tashkil etilgan maslahat, kengashuvchi va ekspert
organlarining tarkibi va ular to’g’risidagi nizomlar, agar ular O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanmagan
bo’lsa, Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
28. Vazirlikning shaxsiy tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
namuna-etalonlari tasdiqlanadigan harbiy va maxsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va
farqlovchi nishonlarga ega bo’ladi.
29. Vazirlikning texnikalari va transport vositalari uning ramzi tasviri tushirilib,
maxsus rangga bo’yaladi.

Yüklə 148,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin