Tilak, arzu-tilakva orzuleksemalari leksik sinonimlikni yuzaga keltirib, oddiy sinonimik qatorda birlashgan. Bunda orzu fosd-tojik tilidan o’zlashgan so’z bo’lib, “dildagi istak: ezgu umid, intilish” (O’.T.I.L. Itom. 541-bet)ma’nosini, tilak esa turkcha leksema sifatida “biror narsani amalga oshirish uchun bo’lgan intilish,istak, xohish” (O’.T.I.L. IItom. 175-bet) ma’nolarini bildiradi. Ushbu ma’nodoshlik qatorida tilak leksemasiga nisbatan orzu leksemasida poetiklik mavjud va shuning uchun ham badiiy nutqda ko’pincha tilak so’ziga nisbatan orzu leksemasi ishlatiladi. Bu esa nutqninq chiroyli , shuning barobarida ta’sirchan bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Adib barcha tillarning so`z boyligidan o`rinli foydalangan. Mazkur bandda ham sinonim so`zlarni qo`llab poetik maqsadini amalga oshirgan.
To’g’rilik -“tik, adil” ma’nolaridan o’sib chiqqan “quvlik, shumlik qing’irlik va shu kabilarni bilmaydigan: halollik, vijdonlilik”(O’.T.I.L. IItom. 260-bet) ma’nosini anglatadi. Adolat-“odilona va xolisona ish tutish, haqqoniyat, haqqoniylik, odillik” (O’.T.I.L. Itom. 27-bet) ma’nosini bildiradi. Ushbu o’rinda sinonim bo’lmagan ikkiso’z matn ichida ma’nodoshlikni hosil qilgan. Bu esa kontekstual sinonimlik deyiladi.
Asarda leksemalar o’rtasidagi sinonimlik bilan bir qatorda so’z va iboralar o’rtasida ham sinonimlikni kuzatish mumkin:
Biliglig kerak bir, uqushlug’, udug’
Angar tegmasa bir mo’facha yudug’. Qilinchedgu, erdamkerak ming tuman. Ati edgu bo’lsa, tutunsa budug’.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Mazkur she’rda sinonim so’z sifatida Y.X.Hojib uqushlug’, udug’,qilinch,erdamleksemalariniqo’llagan. Bu so’zlar Qayum Karimov tomonidan dono bo’lish, oqil bo’lish,xislat, fe’l deya tabdil qilingan. Qilinch(xislat)-“kishining muhim ijobiy belgisi:sifati, xususiyati,”(O’TIL. IV.402- bet) ma’nosinivaerdam(fe’l) so’zi-“kishi xarakterini tashkil etuvchi ruhiy xususiyatlar va undan yuzaga keluvchi hatti-harakatlar majmui”(O”TIL. IV. 340- bet)ni bildiradi. Bunday sinonim so’zlar adibning mahoratini ko’rsatmoqda va o’rinsiz qaytariqlarning oldini olishga xizmat qilyapti.
Kerak oqil, dono va hushyor bo’lish, To insonga yuz urmagay dushvor ish. Kerak ming tuman xislat-u ezgu fe’l.
Er otin qilur ezgu o’zni tutish.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Ushbu o’rinda sifat so’z turkumiga oid leksemalar bir sinonimik qatorni tashkil etgan. Bunda sifat so’z turlumiga kiruvchi uqushlug’(oqil)-“o’tkir aql sohibi,aqlli,” (O”TIL III 178-bet),udug’(dono) so’zi “aql-zakovatli, donishmand, oqil” (O’.T.I.L.I tom.234-bet) ma’nosini bildiradi. Bu esa fikrda ta’sirchanlikni yuzaga keltiradi.
Asal yangluq o’g’li o’gush nang terar Nekuka,tegarmu,saqinmas birar.
Buyursa, tilakini tapsa tugal,
Tugatur tiriglik ajal, jan berar.
***
G’ofil inson o’g’li talay mol terar, Nima muddaoda, tushunmay biror. Boyisa, tilagini topsa tugal, Tugatur hayotni, o’lar, jon berar.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
“Yashashdan to’xtamoq” ma’nosini anglatuvchi ajal(o’lmoq) so’zi frazeologik birikma sanalmish jan berar(jon bermoq) iborasi bilan o’zaro sinonimlikni hosil qilmoqda.“O’lmoq” leksemasi sinonimik qatorda dominanta so’z hisoblanadi. Adib bosh so’zdan keyin xuddi shunday ma’noni anglatuvchi iborani keltirish bilan fikrda ta’kid, ma’noda kuchaytirish va ta’sirchanlikni hosil qilgan.
“Qutadg’u bilig”- noyob mumtoz durdona asar. Shu boisdan ham bu bebaho asar ustida, uning tabdili yuzasidan olimlarimiz tomonidan ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shulardan biri Boqijon To’xliyev tomonidan tabdil qilinib, 1990-yilda “Yulduzcha” nashriyoti tomonidan keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan nusxadir.Tabdilda olim asar mohiyat va mazmuniniochib berish uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Buning uchun asl nusxaga tayangan holda betakror so’z va iboralardan,chiroyli qochirimlardan unumli foydalangan.
Yuqoridagi kabi sinonim so’zlarning go’zal na’munalari uchraydi bu asarda:
Mamlakatni boshqarish ishlari kundan kunga og’irlashardi. Shuning uchun u tadbirkor va oqil, hozirjavob va ishning ko’zini biladigan yordamchilarga, bir so’z bilan aytganda komil va yetuk , faol kishilarga muhtojlik sezardi.
(Qutadg’u bilig. 20-bet)
Mazkur gapda adib komil, yetuk so’zlarini ketma-ket keltirib ma’noni kuchliroq ifodalash bilan bir qatorda, “tadbirkor”–(tadbir bilan ish qiladigan) leksemasi va “Ishning ko’zini biladigan” iborasini ham sinonim sifatida qo’llagan va bunda ham kuchli ma’no, ham ta’kid ifodalangan.
Vazir ochiq dil, ko’nglida kir saqlamaydiganbo’lmog’i kerak. (Qutadg’u bilig. 53-bet)
Ushbu gapda “ochiq” so’zining ko’chma ma’nosi bilan ibora bir sinonimik qatorni tashkil etib “xushfe’l, yuragida kiri yo’q, xushchaqchaq” (O’.T.I.L. Itom. 552-bet) ma’nosini ifodalayapti. Natijada, ifoda kambag’alligi va g’alizligi bartaraf etilmoqda.
“Qutadg’u bilig”asarida miqyosli tafakkur madaniyati va tahlil mahorati bilan yuksak ma`naviy intilishlar va badiiy did birlashib ketgan.Hattoki, mavhum tushunchalar ham mahoratli rassom singari so`z bilan tasvirlangan. Yusuf xos Hojb o’z qarashlari va o’gitlarini, mulohazalarini satrga solib, ularni o`ziga xos, hech kimda uchramaydigan o`xshatishlar orqali tasvirlaydi:
Neku bar ajunda angar hiylasiz, Neku hiyla bardur angar charasiz,
Qamug’ nanhka hiyla, etig, charabar, Magar bu o’lumka, o’lum hiylasiz.
***
Nima bor jahonda biror hiylasiz, Yana hiyla bormi biror chorasiz. Hama ishga hiyla, iloj, chora bor, Amon yo’q o’limdan, o’lim hiylasiz.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Mazkur bandda iloj, chora leksemalari leksik sinonimlik qatorini hosil qilib, “biror ishni, maqsadni amalga oshirish, ro’yobga chiqarish yoki uning oldini olish uichun puxta o’ylab tuzilgan, ishlab chiqilgan tadbirlar majmui ”(O”TIL IV 508- bet) ma’nosini bildiradi va o’z navbatida “ayyorlik,makorlik,aldovchi, chalg’ituvchi ish, tadbir” ma’nosini anglatuvchi fors –tijikcha so’z bo’lgan hiyla so’zi bilan sinonimlikni hosil qilmoqda. Bunda hiyla so’zining asl “makkorlik, ayyorlik” ma’nosi chekinib, “tadbir, yo’l” manosi yuzaga chiqqan.
Sinonimlar obrazlilik, emotsionallik, ta’kidni ta’minlash maqsadida ham keng qo‘llanadi. Buni Yusuf Xos Hojib asari misolida ko‘rishimiz mumkin:
Kerak erka himmat, muruvvatyangi, Yafus, yunchug andin yirasa o’ngi. Kishilikkahimmat, muruvvatkerak, Kishi qadri himmat, muruvvat tengi.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Himmat –birovga qilinadigan yaxshilik, marhamat, yordam, saxovat, olijanoblik (O’.T.I.L. II tom 698-bet) ma’nosini, muruvvat esa odamgatchilik yuzasidan qilingan yaxshilik;saxovat, himmat (O’.T.I.L. I tom 482-bet) ma’nolarini bildiradi. Mazkur o’rinda himmat leksemasida muruvvat leksemasiga nisbatan “saxovatlilik, karamlilik’ semasi kuchliroq va bu banddada badiiylikni, ma’noda jozibani, aniqlikni yuzaga keltirmoqda.
Ma’lumki, tilning boyligi va nutqning jozibadorligi, ta’sirchanligini ta’minlashda sinonimlarning ahamiyati katta. Sinonimik qatorni tashkil etgan so‘zlar qaysidir ma’no qirralari bilan bir-biridan farqlanadi va o‘z navbatida ma’no nozikligini ta’minlaydi. “Sinonimlar nutqda qaytariqlarga yo‘l qo‘ymaslik, nutqni ravon tuzish imkoniyatini beradi.“23
Qarindan chiqarding, qarinqa kirur,
23O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent :1981-yil 244-bet.
Shakardin igidtim,yilanqa berur.
Esizim tiriglik, esizim tiriglik,
Dostları ilə paylaş: |