ANNOTATSIYA Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o`rganilish darajasi, tadqiqotning ilmiy yangiligi asoslangan.
MDning birinchi bobi “Qutadg’u bilig“da qo’llangan ayrim so’zlarning etimologiyasi“ deb nomlangan. Unda magistrant “Qutadg’u bilig”dagi ayrim so’zlarning tarixiy asoslari hamda asardagi o’z va o’zlashgan qatlamga oid so’zlar xususida batafsil ma’lumot beradi.
MDning ikkinchi bobi “Qutadg’u bilig“ asaridagi so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari tahliliga bag’ishlangan. Fikrlar bayonida izchillik, tahlillarda uzviylik, keng qamrovlilik, asosiy tushunchani ilmiy-nazariy jihatdan izohlash ustunlik qiladi.
MDning uchinchi bobi“Qutadg’u bilig” da adibning so’z qo’llash mahorati” deb nomlangan. Unda muallif asosiy e’tiborni Yusuf Xos Hojibning so’z qo’llash mahoratiga qaratadi. Ma’no ko’chish usullarining badiiy asar tilini boyitishdagi o`rni “Qutadg’u bilig”ning asliyati va tabdili asosida amalga oshirilgan. Ish yakunidagi xulosa va foydalanilgan adabiyotalr ro’yxati magistrlik dissertatsiyasi mazmuniga to’la mos tushadi. MD yuzasidan ilmiy- nazariy konferensiya materiallari to’plamlarida 11 ta maqola e’lon qilingan.