Adabiyotimizda yirik iste`dodli adib va shoirlar bisyordir. Har qanday ijodkorning badiiy mahorati u yaratgan badiiy asarlar tilida namoyon bo`ladi. Adibning hayotdagi voqea-hodisalarga munosabati, o`ziga xos dunyoqarashi, teran mulohazaviy idroki, tabiatdagi boshqalar ko`ra olmagan ranglarni nozik his etishi hamda uni go`zal shaklda kitobxonga yetkazib bera olishi va yana ko`pgina boshqa jihatlar birgalikda badiiy asarning jozibadorligini tashkil qiladi. Ijodkorning xalq tilini chuqur bilishi , cheksiz so`z boyligiga ega bo`lishi, so`zning ta`sir qudratini his eta olishi, har bir so`zni ma`no noziklarigacha ilg`ab olishi so`z o`yinlaridan ustalik bilan foydalana olishi alohida o`rin tutadi.
Buni o`zbek adabiyotida pandnoma asarlar muallifi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida bunday xususiyatlar yaqqol ko`zga tashlanadi. Ijodkorning badiiy mahoratini boshqalardan ajratib turadigan yorqin qirralaridan biri ham tilidagi o`ziga xoslikdir.
O’z davrining yetuk ijodkori bo’lgan adibning adabiyotda tutgan o`rni beqiyosdir. Uning asaridada ilgari surilgan g`oyalar va so`z qo`llash yo`sinlari
etirofga sazovordir. “Qutadg’u bilig”ni o`rganish, uning ijod qirralarini ochish, tahlil qilish, uning fikrlarini yana bir bor ilg`ashimizga asos bo`ladi.
“Qutadg’u bilig”da miqyosli tafakkur madaniyati va tahlil mahorati bilan yuksak ma`naviy intilishlar va badiiy did birlashib ketgan.
Ishimizning birinchi bobida “Qutadg’u bilig” asarida qo`llangan ayrim so’zlarning etimologiyasini tahlil qildik. Dastlab asardagi ayrim so’zlar(bek, dengiz, yosh, ol,ipor,och,qo’y,achchiq,ikki,orzu)ning tarixiy asoslari haqida fikr yuritdik. Asardagi o’z va o’zlashgan qatlamga oid so’zlar haqida to’xtaldik.O’z qatlamga mansub (bek,dengiz,yosh,ol,ipor,och,qo’y,achchiq,ikki,orzu) vaarabtilidan(Sabo, jafo, vafo, ofiyat, davlat,masal)o`zlashgan so`zlar, fors-tojiktilidan (tilak)o`zlashgan so`zlar va ularning uslubiy xususiyatlarini tahlil qildik.
Ikkinchi bobda“Qutadg’u bilig”asarining til xususiyatini tahlil qilar ekanmiz, unda uchraydigan so`zning shakl va ma`no munosabatlari yetarlicha go`zal va betakror ekanligiga guvoh bo`lamiz. Omonim so`zlar (yuz, o’g, yilqi ul ) va omoformalar (egadir-egadir)ning go`zal qo`llanishlari, sinonimlar (o’kunch-sig’it,himmat-muruvvat,hiyla,etig,chara)ning maftunkor namunalari hamda antonimlar (it-arslan, edgu-esiz,kichig-qari, jo’r-ag’i)ning turli ma’no ko`rinishlaridan ustalik bilan foydalanganligiga guvoh bo`ldik. ”Qutadg’u bilig” adabiy jihatdan mukammal bo`libgina qolmay, balki u til xususiyatlari jihatidan ham boy ekanligi, so`z qo`llash mahoratining o`ziga xosligi va so`zga boyligi ko`zga tashlanadi.
Uchinchi bobda “Qutadg’u bilig”da adibning so’z qo’llash mahoratihaqida so’z yuritdik. “Qutadg’u bilig” asarida ko`pma`nolilik hodisasidan mahorat bilan foydalanib, ma`no ko`chishning barcha usullarini ustalik bilan qo`llab,she`rlarida o`ziga xos mazmundorlik, joziba va ta`sirchanlikni ta`minlagan.Ma`no ko`chishining barcha turlaridan, ayniqsa, metafora va metonimiyadan unumli va o`rinli foydalangan.Yusuf Xos Hojib tilining metáfora(isig’so’z), (shakardinigitdim-Shirinparvarishlab)asosida badiiy –tasvir vositalarining
yaratilishini ko’rdik.Metonimiyaning semantic- uslubiy imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini ko’rib o’tdik.
Metonimiyaning turli ko`rinishlari: narsa-buyumning nomi bilan shu narsa- buyumning hosila ma`nosi atalishi (tili yolg’on); narsa-buyum nomiga asoslangan o`lchov birligi bo`lishi (oyo’tar)dan mohirona foydalangan
Sinekdoxa asosida ma’nosi ko’chgan so’zlar (beklarqapug’in,budunbulg’anuqin) semantikasihaqida fikr yuritdik.
Yusuf Xos Hojibning „Qutadg’u bili“ asaridagi so’zlarning til xususiyatlari o`ziga xosligi bilan kitobxonlar e`tiborida qolaveradi.