Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 384,71 Kb.
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü384,71 Kb.
#205197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
dessertatsiya ishi tayyor Nilufar


KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Millatimiz oʻtmishining ma’lum bir davrida shunday bir siymolar oʻtganki, ular oʻzining har tomonlama serqirra faoliyati, aqliy salohiyati bilan butun boshli davrning ijtimoiy-siyosiy va adabiy-madaniy hayotida katta rol oʻynagan benazir kishilar boʻlgan. Ular oʻz zamonasini isloh etganlar, yurt taraqqiyoti, xalq faravonligi, adabiyot va san’atning rivoji uchun jon kuydirganlar. Ular tomonidan yozib qoldirilgan adabiy merosni tadqiq etish, ilmiy mezonlar orqali oʻrganib, bugungi kun adabiy jarayoniga olib kirish biz yosh adabiyotshunoslarning sharafli burchimizdir.
Yurtimiz Mustaqillikka erishganidan, to hozirgi kunga qadar qoʻlyozma asarlari, butun boshli adabiy merosi adabiyotshunos olimlarimiz tomonidan tadqiq qilib kelinayotgan yirik davlat arbobi, ham shayx ,ham shoir boʻlgan benazir ijodkor Xoja Ahmad Yassaviydir.Turkistonda tug`ulib o`sgan Ahmad Yassaviy umrining juda ko`p qismini ilm olish maqsadida Buxoro va Samarqandda o`tkazgan, u nafaqat shayx, mutasavvuf, shoir va xalq uchun jon kuyduruvchi davlat arbobi ham edi. U Sharq mumtoz she’riyatining hikmatnavislik janrida sof turkiy barakali ijod qilgan. Bu janrlarda diniy-tasavvufiy gʻoyalar targʻib qilinib, ilohiy va dunyoviy ishq tarannum etiladi, shoirning Olam va Odam haqidagi falsafiy mulohazalari ifodalanadi. Ular orasida charxu falakdan va zamonadan shikoyat, pand-nasihat, badiha va tarjimayi hol xarakteridagilari ham uchraydi. Shoir hikmatlarida turkiy tilining boy imkoniyatlaridan, oʻziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarining tili sodda, uslubi ravon, fors-arab soʻzlari nihoyatda oz, xalq jonli tiliga yaqindir.
Xoja Ahmad Yassaviy bir vaqtning oʻzida Qur’on, hadis va shariat ilmlarini puxta oʻzlashtirgan shayx, hikmatlari va zikrlari xalq tomonidan sevib ijro etiladigan shoir v amutasavvuf ham edi. “Devoni Hikmat” dagi hikmatlar diniy-tasavvufiy, axloqiy-didaktik ruhda yaratilgan. Turkiy tilda yaratilgan dastlabki hikmatlar ham xoja Ahmad Yassaviy tomonida yozilgan.
Xoja Ahmad Yassaviy XII asr islom adabiyotida o`zining yuksak va salmoqli o`rniga ega allomalardandir.U tomomidan yozilgan hikmatlar og`izdan og`izga ko`chib, butun Osiyo,Turkiya xattoki Yevropaning bazi joylarida mashhur bo`lgan.Xoja Ahmad Yassaviyning hikmatlari oddiy xalq uchun tushunarli va yodda saqlash uchun juda ravon tildan foydalanilgan edi. Hikmatlarda Allohni esalash, zikr etish, unga ishonish, uning payg`ambarlariga ishonish, islomni pok holatda saqlash, oxiratni o`ylash, nafsni jilovlay olish kabi mavzularda mazminli fikrlar yuritiladi.
Xoja Ahmad Yassaviyning “Devoni Hikmat” dan boshqa yana bir asari bizga ma’lum xalq orasida “Faqirnoma” nomi bilan mashhur bu asarda, asosan islom arkonlari, ustulari uning yo`li va qoidalari haqida shayxning fikrlari berilgan,bular shunchaki fikrlar emas, balki shayxning umri davomida ko`rgan va kechirganlaridan xulosalardir.
Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida va yassaviya tariqatidagi zikr, zikr usullarini hamda Zokir obrazining badiiy adabiyotdagi talqinlarini qiyoslash, bir-biriga taqqoslab, oʻxshash va farqli jihatlarini tadqiq etish orqali zikrning takomil bosqichlarini oʻrganish hamda ijodkorning bunda tutgan oʻrnini aniqlash tadqiqotimiz dolzabligining asosi boʻladi.

Yüklə 384,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin