Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


II BOB. YASSAVIY TARIQATI:ZIKR MASALASI VA ZOKIR MAQOMI



Yüklə 384,71 Kb.
səhifə6/10
tarix07.01.2024
ölçüsü384,71 Kb.
#205197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
dessertatsiya ishi tayyor Nilufar

II BOB. YASSAVIY TARIQATI:ZIKR MASALASI VA ZOKIR MAQOMI
2.1§.Yassaviy tariqatida zikr tartiblari va uning badiiy adabiyotdagi ifodasi.
XII asrda Turkistonda turkey xalqlar orasida ilk mustaqil tariqat keng tarqala boshladi, bu tariqat yassaviya tariqati edi. Turkiy tariqat barpo etish ehtiyoji islom dinini turkiy xalqlari orasida tarqatish ehtiyojidan yuzaga kelgandi. Shu bois yassaviylikning g`oyaviy manbalari, birinchi navbatda, Qur’oni Karim va Hadisi Sharifdir. Bu tariqatning boshqa tariqatlardan farqlab turuvchi bosh asoslari odob va arkon jihatlarida ayrim tafavudlar mavjud. Shariat, tariqat, maʼrifat, haqiqat, ishq va oshiqlik, orif va oriflik, darvish, faqru-fano, shayx, pir va valiylik, zikr, xilvat kabi tasavvufiy mavzularda o`z aksini topgan yassaviylikning olti ahkomi bor: Haqni tanish, mutlaq jo`mardlik, tom maʼnodagi sadoqat, yaqin martabasiga erishish, rizq uchun qayog`urmaslik, teran tafakkur, soliklar uchun makon, zamon, ixvon, rabti sulton kabi to`rt shartga erishish zarur.Tasavvufdagi boshqa tariqatlarda bo’lgani singari «Yassaviya» tariqatining ham o’ziga xos qat'iy qoidalari (odoblari) bor. Bu qoidalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Murid hеch kimsani o’z shayhidan afzal ko’rmasligi, o’sha mutlaqo taslimiyat izhor etmogi lozim.
2. Murid shunchalik zukko va idrokli bo’lishi kеrakki, to o’z shayining barcha Rimuz va ishoralarini mukammal anglay bilsin.
3. Shayxning barcha aqvoli (so’zlari) va af'oli (ishlari)ga murid sodiq bo’lib, unga mutlaqo mutе va mutaqil bo’lmog’i lozim.
4. Murid o’z murshidi (piri) ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik (chaqqonlik) ila va sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi kilib yurmog’i zarur.
5. Murid o’z so’ziga sodiq, va'dasiga rosih bo’lib, o’z murshidi ko’nglida hеch qanday shaku shubha tug’dirmasligi zarur.
6. Murid, o’z va'dasiga vafodor va so’zida ustivor turishi kеrak
7. Murid o’z ixtiyoridagi barcha molu mulkini, butun boru yug’ini o’z shayxiga ilsor etmoq uchun doimo tayyor turmog’i lozim.
8. Murid o’z shayxining barcha sir-asroridan ogoh bo’lib, uning ishorasini hеch payt hayoliga kеltirmasligi kеrak .
9. Murid o’z shayxining barcha takliflarini nazarda tutmog’i, uning mushkulotini oson qilmog’i, pandu nasixatlarini bajo kеltirmog’i shart.
10. Murid Alloh visoli uchun o’z shayxi yo’lida bugun moli va jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do’stiga- do’st, dushmaniga dushman bo’lib yashamog’i shart.
Tariqat asoschining shunday mulohazasi borki: «Haqning so’zini emas, o’zini bilish» asosiy masaladir. Shuning uchun u bu dunyo rohatini qidiradigan so’fiy - so’fiy emas, toat-ibodat qilib, xalollik va poklikni targ’ib etib, dunyoning g’am-g’ussasini chеkib, xalq tashvishi bilan yashagan insongina haqiqiy so’fiylar, dеydi.Ahmad Yassaviyning islom olamiga mashhur bo`lgan “Devoni Hikmat” asaridagi hikmatlarning aynan mazmuni ham shu tariqat asoslarinin ochish uchun juda katta ahamiyatga ega. Asarning boshdan oxiriga qadar ulug’vor insoniy fazilatlar: oddiylik kamtarinlik mеhr-muhabbat, ishq, sadoqat, haqiqat, adolat, hurfikrlilik insonni insondan ayirmaslik kabi masalalar falsafiy nuqtai nazardan tashviqot qilindi. Va aksincha, yomonlik nodonlik johillik adolatsizlik haqsizlik sadovatsizlik mol-parastlik kabi illatlar tanqid qilinadi. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar insof, diyonatga chaqiriladi.Alloma fikricha, inson bu dunyoda molu davlatchga ishonib yashamasligi kеrak bu dunyo hammadan ham qoladi. Shu bois insonlar bir-birlariga yaxshilik qilishlari, haqni ko’z oldilariga kеltirib o’zgalar moli-davlatiga xasadgo’ylik qilmasdan yashashlari lozim:
Bеshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,
Inonmagin molingga, bir kun qo’ldan kеtaro.
Ota-ona, qarindosh keyin kеtti, fikr qil,
To’rt oyoqli chubin ot bir kun sеnga еtaro.
Dunyo uchun g’am yеma, haqdin o’zgani dеma,
Kishi molini yеma, sirot uzra tutaro.
Xullas, Payg’ambarimizning faqirlik fahrimdir, dеgan muborak hadislariga asoslangan va o`z tariqat yo’liga sodiq bo’lgan Hoja Ahmad Yassaviy hazrat Mir Alishеr Navoiy yozganlaridеk «Shohu gado aning irodat va ixlosi istoni»da bosh qo’yadigan maqomga erishdi. Ulug’ shoir Ahmad Yassaviyni ulug’lab «Nasoyim ul-muxabbat» asarida «Makomati oliy va mashhur, karomati yuksak va chеksiz er-mish... Imom Yusuf Hamadoniyning ashobidindur» dеganlar... Istaymizki, Ahmad Yassaviy kabi ulug’ allomalar ruhi millatimiz va xalqimizning istiqboldagi yo’lida madadkor bo’lgay.
Yassaviylik tariqatidagi zikr turlari va ularning tartiblarini biz “Devoni Hikmat” asaridagi hikmatlar orqali ko`rib chiqamiz. Hikmatlarning deyarli barchasida zikr va yassaviylik tariqatida aytish yo`li haqida she`riy usulda shoir aytib o`tgan. Yassaviya tariqatida asosan “arra zikri” mavjud bo`lib jahriy usulda ijro etilgan, ya`ni oshkora zikr qilishdir.Arra zikrida bosh egilgan holda qorinda nafasni saqlab tomoqdan arra tovushidek ovoz chiqariladi, shuning uchun bu tarzda zikr qilishni “zikri arra ”deb atashgan. Bu tariqat nega aynan ochiq zikrni tanlaganligining asl sababi,tariqat shakllangan makondagi xalq shu ochiq zikrga talabi kattaligi,ochiq zikrga ehtiyojning ko`pligi edi.Ahmad Yassaviy yashagan xalq ichidagi insonlar jazbani va ochiqlikka moyilligi yuqori bo`lgan insonlar edi. Balki shu sababdir yassaviya tariqati keng va juda tez fursatda tarqaldi xalq orasida, qisqa qilib ayganda, jahriy zikr xalq orasida islomga mehrni uyg`otish uchun o`sha davrda eng yaxshi vositalardan biri bo`ldi.
Arra zikrining Xizr bilan bog`liq holda joriy etilgani haqida Qaziniy o`z asarida keng maʼlumot bergan. Uning yozishicha, kunlardan bir kun Xizr alayhissalom odatdagidek Ahmad Yassaviy bilan suhbat qurgani keladi. Ammo bu gal Xoja Ahmadni mahzun holda ko`radi va sababini so`raydi, shunda Xoja hazratlari: «Do`stlarimizning botinlarini qayg`u egallamish, uni qanday bartaraf etishni o`ylab g`am chekmoqdaman”, – deydi. Shundan keyin Xizr alayhissalom «oh-oh” deya zikrulloh ijro eta boshlaydilarki, «hozir bu zikrga so`fiylar istilosida zikri arra derlar”. So`ng Xoja Ahmad ham mazkur zikrni takrorlaydilar va natijada qalblardagi «qasovatlar zoil bo`ladi”. Ulug‘ pirning tavsiyasi bilan bu zikr yassaviya silsilasida virdga aylanadi.17
Yuqorida aytib o`tganimizdek endi zikrlar tartibi uchun “Devoni Hikmat” ga yuzlanamiz
“Bismilloh” deb bayon ayla hikmat aytib,
Toliblarg`a duru gavhar sochtim mano.
Riyozatni qattiq tortib,qonlar yutib,
Man, “Daftari soniy” so`zin ochtim mano.
Bu misralarga e’tibor qaratsak, boshlanishidanoq Alloh Taolloni zikr qilish bilan boshlangan, “Bismilloh” ya`ni  arabchadan , “mehribon va rahmli Alloh nomi bilan” deya boshlanmoqda,bundan ko`rinib turibdiki, yassaviya tariqatida eng kichik zikrlardan ham foydalanilgan. Jazbaga moyil bo`lgan xalq orasida yassaviylik tariqati keng tarqaldi va yassaviylikning ustunlaridan biri bo`lgan zikr (jahriy zikr)ga ham xalqning ehtiyoji ortib bordi.Yana bir hikmatga e’tibor bersak:


Qayu maxluq Xoliqig`a mute’ bo`lsa,
Olam xalqi o`shal qulni suyar do`atlar.
Zikrin aytib, bag`ri pishib, ichi kuysa,
“Hu…Hu” desa, sonsiz uchqun uchar, do`stlar.18

Mana bu hikmat bandaning Tangriga muhtojligi haqida bo`lib, kimki Xoliqni ya’ni Alloh Taolloni zikr etsa, “Hu…. Hu” zikri bilan e’tibor bering aynan shu zikr bilan yod etsa, Alloh Taollo zikr qiluvchining kuygan bag`ridan son-sanoqsiz nur (uchqun) uchishini takidlamoqda. “Hu….Hu” zikri zikrlar ichida eng savob salobati ko`p bo`lgan zikrlardandir, muallif undan badiiy adabiyotda ustalik bilan foydalangan va o`z fikrini ajoyib tarizda jonlantira olgan.

Olloh degil, jining quyub o`tlar chiqsin,
“Hu” deganda so`ngaklaring chaqmoq chaqsun,
Bag`ring teshib, o`pkang shishib, erib oqsun,
Oqsa bo`lmas pir xizmatin qilmag`uncha.

Ushbu yo`lg`a qadam qo`yg`an jondin kechti,


Zikri qalbni ayta-ayta ko`ksin teshti,
Andin so`ngra Jonon boqib eshik ochti,
Ochsa bo`lmas pir xizmatin qilmaguncha.19
Bu to`rtliklarda ham zikr qilish haqida aytilmoqda, ammo zikr qilishni kim senga yo`l –yo`rig`ini o`rgatadi? Albatta pir ya’ni shayx o`rgatadi.O`sha “Hu” zikrini ham, “Zikri qalb” ni ham pirsiz aytmoq ham o`rganmoq ham mushkuldur demoqchi - muallif.
Ahmad Yassaviy o`z hikmatlarida “samo raqsi” nomi bilan mashhur bo`lgan zikr turini,qanday paydo bo`lganini aytib o`tgan, e’tibor bering;
Maloiklar yig`lib bir kun suhbat qurdi,
Raqsu samo’ urmoq uchun yugurub yurdi,
Me’roj uzra haq Mustafo ani ko`rdi,
Emdi man ham raqsu sabo urgum kelur.

Me’roj uzra haq Mustafo behush bo`ldi,


Jibril keli haq Mustafo illigin tutti,
Qudrat birla Subhon Izim zikr o`rgatti,
Ummat bo`lsam, man ham zikrin ayg`um kelur.20

Bu murabbada ko`rib turganimizdek payg`ambar Muhammad (s.a.v)ning Me’rojga chiqqan kunlarida “zikri samo”ni ko`radilar va ulardan bu zikrni o`rganishni istaydilar, zikrni esa payg`amvbarimizga o`rgatish vazifazsi Jibril (a.s)ga buyuriladi.Shu tariqa “zikri samo” paydo bo`lganiga ishora qilmoqdalar shayx hazratlari.Keyingi misralarga ham zikr haqida uning xususiyatlarni shayx hazratlari she’riy usulda juda ta’sirli qilib bayon etganlar:


“Qul huvalloh”, “Subhonolloh” vird aylasam,21
Biru Borim, diydoringni ko`rarmanmu?
Boshdin ayoq Hasratingni dard aylasam,
Biru Borim, diydoringni ko`rarmanmu?22
Bu misralardagi zikrlar ham eng ulug` zikrlardan deyiladi mashoyxlar tomonidan, bu ikki zikr “Qul huvalloh”, “Subhonolloh” ham besh mahallik nomoz ibotatida vojib bo`lib,shu sababli shayxlar bu zikrlarni eng ulug` zikrlar qatorida deb ta’kidlashadi.Ikkinchi misradagi “Biru Borim” tashbehi Alloh Taolloga ishoradir.



Yüklə 384,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin