§.Bob yuzasidan xulosa
II BOB. AHMAD YASSAVIY HIKMATLARIDA ZKR TALQINLARI VA ZOKIR OBRAZI.
3.1-§.”Devoni Hikmat”da zikr talqinlari.
Yassaviy hikmatlari tili va ifoda uslubi sodda, ravon va yod olinishi qulay, ular asrlar mobaynida turkiy xalqlarning ma’naviy-ma’rifiy kamol topishida muhim o`rin tutib kelmoqda, boshqa bir qancha mutasavvif ijodkorlar qatori Ahmad Yassaviy ham irfoniy fikr-qarashlarini targ`ibu tashviq etishda badiiy ijod imkoniyatlaridan unumli foydalangan. Zero, tasavvuf vakillari uchun adabiyot, ayniqsa, she’riyat ta’sirchan bir vosita hisoblanardi. «She’rning ta’sir kuchi beqiyosligi va yodda qolishi osonligini payqagan tasavvuf shayxlari o`z ta’limotlarini omma orasida yoyish uchun she’riyatdan bir vosita sifatida foydalanganlar. Forsiy tasavvuf shayxlari bu borada ko`proq ruboiyga tayangan bo`lsalar, turkiy tasavvuf shayxlari hikmat aytganlar.29 Ayni jihatdan Xoja Ahmad Yassaviy turkiy adabiyotda hikmat janrining asoschisi ham hisoblanadi. Xoja Ahmad Yassaviy ravon va sodda tilda aytgan hikmatlarida soliklarni tariqat odoblariga rioya qilishga, nafsni tiyib doimo uning havoyi istaklariga qarshi kurashishga, ma’naviy-axloqiy jihatdan komil bo`lishga, Haq ishqi yo`lida riyozat chekishga undaydi:
Tariqatda turluk adab bilmak kerak,
Nafsi bilan muhoraba qilmoq kerak,
Ishq yo`lig‘a oni loyiq ko`rmak kerak,
Haqiqatni sirlarini bilsa bo`lmas .
Bir vaqtning o`zida kishilarni oxirat azobidan qo`rqishga, shariat amallariga rioya etishga, Alloh taoloni rozi qiladigan savobli ishlar bilan jannatdan umidvor bo`lishga, xolisu muxlis bandalar qatoridan o`rin olishga chaqiradi:
Gunoh qilib, tavba qilmay ketganlarni,
Haqdin qo`rqmay, g‘aflat birla yotganlarni.
Dunyo uchun imonlarin sotganlarni
Sirot otlig‘ guzargohda tutar, do`stlar.
Uning hikmatlari asta-sekin muridlari tomonidan jamlanib devon holiga keltiriladi. Yillar o`tgach nusxalari ko`paytirilgan bu «Devon»larga boshqa yassaviya shoirlarining she’rlari ham kiritilgan. Chunki ulug‘ pirga ergashib hikmat yozish yassaviy darvishlari orasida o`ziga xos qudsiy bir an’anaga aylangandi. Qo`ldan-qo`lga o`tgan «Devoni hikmat»larni tolibu soliklar yod olishgan, natijada darveshlar yig‘inlarida hikmat o`tish yoki yoddan aytish yassaviylik an’anasiga aylangan.30
Ahmad Yassaviy hikmatlarida Allohni yod etishga ham alohida e’tibor qaratilgan,ko`plab hikmatlarda zikr qilishga da’vat etilgan,xattoki,noma-nom aytib o`tilgan zikrlar ham hikmatlarda anchaginani tashkil etadi.Avvalo,hikmatlarda kelgan zikrlarga e’tibor qaratsak:
“Bismilloh” -
“La ilaha illalloh”– “Allohdan boshqa iloh yo‘q”
“Subhanalloh” - “Allohni poklab yod etaman yoki Allohning pok yodi bilan zikr etaman”
“Alhamdulillah” - “Allohga shukr aytaman”
“Allohu akbar” – “Alloh buyukdir”
“Hu …. Hu ”, “Xalilulloh”, “Yo Hu”, “Subhon Izim” (aslida “Subhana robbiyal aziym” ma’nosi “Ulug` Robbim, barcha nuqsonlardan pokdir”), “Olloh….Olloh”, “Subhon” (Alloh Taolloning ismlaridan biri ma’nosi “har narsadan pok”) kabi zikrlardan mutassavif hikmatlarida foydalangan.
Hikmatlardan namunalar keltirib o`tamiz:
Keling, do`stlar, Olloh yodin doim ayting,
Olloh yodi ko`ngul mulkin ochar ermish.
Astag`firu istig`forni tinmay ayting –
Shayton lain tan mulkidin qochar ermish.
Shayton lain sizga dushman, hazir bo`ling,
Kecha “Olloh” Kunduz “Olloh” aytib o`ling,
Tor lahadga kirar vaqtda hnurg`a to`ling,
Maloiklar Olloh nurin sochar ermish.31
Hikmatning birinchi misrasi Alloh Taolloni yod etishga chaqirish bilan boshlangan bo`lsa, keyingi misralarda Alloh Taolloni yod etishning sabablari va natijalari haqida aytgan shoir, keyingi to`rtlikda esa, kecha-kunduz “Olloh” zikrini aytish tor lahatning yani qabrning nurga to`lishi, bunda Allohning Qur’onu Karimdagi vadasiga ishora qilingan.Yana boshqa hikmatlardan ham namunalar keltirsak:
Olloh degan bandani joyin jannatda ko`rdum,
Huru g`ilmon jumlasin qarshu oldida ko`rdum.
Tunu-kuni uxlamay “Hu” zikrini ayg`anlar
Maloiklar hamrohi, Arshning ustida ko`rdim.32
Tinmay oshiq “Hu” derlar, Xudoyig`a yolborib,
Yurur aning ishqida kecha-kunduz sarg`orib.
Zor yig`latib oshiqni ishq ilgida Xudoyim,
Ishq yo`lida malomat anga ko`rdi munosib.33
Bu ikkita hikmatdagi zikrlarning enga ulug`i deb ataladigan zikr “Hu” dan foydalangan shoir, “Hu” zikrining yuzlab foydalari haqida hikmatlarda she`riy usul shoir aytib o`tgan.
Yassaviyning “Devoni Himatdagi” she’rlar asosan boshqa tariqatlar kabi shariatning qonun-qoidalarini, shayxlarning tariqat bosqichlarini, maqom va manzillarini, tariqat va shariat yo`llarini to`g`ri tuzishga ham kata dastur hisoblandi.Yassaviy hikmatlarida aytganidek, shariat zinasida o`zini haqiyqiy shariatpanoh siymo sifatida ko`rsatadi va barcha shariat ustunlarini jonu-dili bilan bajarganini she’riy yo`l bilan tariflaydi hamda isbotlaydi. Yassaviya tariqati boshqa tariqatlardan enga kata farqi va ustun tomoni bizningcha, zikrga kata ahamiyat qaratganligida hamda o`sha zikrlarga avomni ham jalb eta olganlididadir. Yassaviya tariqatida foydalaniladigan zikrlarning aksariyati Ahmad Yassaviyning ustozi Xoja Yusuf Hamadoniy tomonidan ilk marta qo`llanilgan degan ma’lumotlar bor, yassaviya tariqatida esa bu zikrlar ko`p qo`llanildi va ommaga yaxshi tanitildi.
Yassaviy hikmatlarining tili soddaligi sababli xalq uni yaxshi tushundi, uning da’vatlariga labbay deya javob bera oldi. “Devoni Hikmat” dagi hikmatlarning deyarli barchasida zikr va uning ma’nolari, zikrning hislatlari haqida shayx tomonidan yaxshi tasniflab berilgan, Masalan, bir hikmatda aytiladiki, kimki Alloh Talloni o`z ismlari bilan zikr etsa, uning Rasuliga yani Muhammad (s.a.v) ga qiyomatda yaqin turadi va Allohning suyuklisiga aylanadi.Yana boshqa hikmatda aytiladiki bsh vaqt namozda qilingan zikrlar savol-javob tarozisida savob pallasini bosadi va bu zikrlarning hislatlariga Alloh Taollo kafildir.
Yaxshilarning suhbatida jafo cheksam,
Yoshim oqib, Haqqa boqib, ko`zim tiksam,
Namoz o`qib, riyozatda belim buksam.
Ey mo`minlar, Haqqa Yovuq bo`larmanmu?
Bu dunyoni bizga berdi toat qil deb,
Haq zikrini ayta- ayta odat qil deb,
Zikrin aytib, shayton uyin g`orat qil deb,
G`orat qilsam, fayzu futuh olarmanmu?34
Bu hikmatda zikr qilishimiz hamda Tangri iymon keltirishimiz uchun, U bizga bu dunyoni berganligi, dunyoning o`tkinchi ekanligi haqida yaxshi mulohazalar aytilgan.
Jonim berib sotqun olay zarra ishqing,
Qiyomat kun madad olay zavqu shavqing,
Jonu iymon g`izosidur Sani shavqing,
Qo`lum tutub yo`lg`a solgin, Antal Hodiy.
“Qul Huvalloh”, “Subhonolloh” – din qamchisi,
Ro`za, namoz, tasbeh, tahlil – Haq elchisi,
Piri mug`on, toliblarni ham yo`lchisi,
Qo`lum tutub yo`lg` solg`il, Antal Hodiy.
“Antal Hodiy, Antal Haq” ni zikrin aytsam,
Hodiy bo`lib egri yo`ldan rostga qaytsam,
“Hu” zikrini ichga solib na’ra tortsam,
Qo`lum tutub yo`lg`a solg`il, Antal Hodiy.
“Antal Hodiy”, “Atal Haq” ni zikrin bilmas,
Mashoyixlar sunnatlarin bilib qilmas,
Jon berarda iymon-islom qo`lg`a olmas,
Qo`lum tutub yo`lg`a solg`il, Antal Hodiy.
“Antal Hodiy, Antal Haq” qa taqvo kerak,
Piri mug`on so`zlaridin fatvo kerak,
Boti ko`zi ravshan bo`lg`on bino kerak,
Qo`lum tutub yo`lg`a solg`il, Antal Hodiy.
Banda bo`lsang, zikr o`rgangil, qo`lung olsun,
Yo`ldin ozsang, rahbar bo`lub yo`lg`a solsun,
Saharlari qon yig`lag`il, rahmi kelsun,
Qo`lum tutub yo`lg`a solg`il, antal Hodiy.
“Antal Hodiy, Antal Haq” ne? Zikri Olloh,
“Hu” zikrini tilga olg`il, bo`lgin ogoh,
Barch abuzruk nazar qilsa sanga nogoh,
Qo`lum tutub yo`lg`a solg`il, Antal Hodiy.
“Antal Hodiy, Antal Haq” ni zikri dilda,
Bilmas nodon zikrin aytur zohir tilda,
Manman degan shayxning obu gilda,
Qo`lum tutub yo`lg`a solg`il Antal Hodiy.
Mazkur hikmatga e’tibor bersak, to`liqligicha zikr haqida, “Antal Hodiy” ya’ni “Hidoyat qiluvchi sensan” degan ma’nolarni beradi. Yassaviy hikmatlaridagi zikr turlari ham yassaviya tariqati uchun asosiy qo`llanma bo`lgan desak adashmaymiz. Hikmatlarning tili soddaligi hamda juda ko`plab manzillarga tarqalganligi sababli ham oddiy xalq hikmatlardagi zikrlarga tayangan holda yassaviya tariqati yo`liga kirishgan.
“Devoni Hikmat” dagi zikrlarda asaosan Alloh Taolloning ismlaridan ko`proq foydalangan shoir, masalan “Izim”, “Zuljalol”, “Hu”
Dostları ilə paylaş: |