Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


-§.Zikr - tariqatning muhim belgisi…



Yüklə 384,71 Kb.
səhifə5/10
tarix07.01.2024
ölçüsü384,71 Kb.
#205197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
dessertatsiya ishi tayyor Nilufar

1.2-§.Zikr - tariqatning muhim belgisi…
Birinchi faslda zikr haqida,uning ma`nosi haqida qisqacha to`xtalib o`tdik,endi zikrning tariqatdagi o`rni va uning turlari haqida aytib o`tamiz.Zikr insonni Allohga yaqinlashtiradi,Allohga do`st qiladi.Orif kishi bir-ikki daqiqaga zikrni tark etsa, Alloh bu kimsaga Shaytonni hamroh qiladi.Alloh taolo marhamat qiladi “Men bandamning uyidaman .Meni zikr qilsa, men ham u bilan birgaman. Agar meni yolg`iz holda zikr etsa, Men ham uni O`zim zikr qilaman,endi jamoat ichida eslasa,Men uni yanada xayrli jamoatda eslayman”.11
Abu Dardo (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar. Payg`ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Qilinajak amallaringizning eng xayrlisini,darajalaringizning eng ulug`ini,eng toza (eng sof,eng to`g`ri,eng munosib),oltin va kumush sadaqa qilishdan-da molikingiz Alloh nazdida yaxshiroq va dushmaningiz bilan g`oziy yoki shahid bo`lishdan ham xayirli amal nima ekanligini sizga xabar beraymi?” dedilar. ”Ha ayting”, deyishdi, sahobalar, “Alloh taolloni zikr etmoqdir”, dedilar Ul zot (sollallohu alayhi va sallam).
Zikr haqida Payg`ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) yana shunday deganlar “Zikr majlisining g`animati (o`ljasi,foydasi) jannatdir, jannatdir”.12
Bizga ma’lumki islom tarixida yuzdan ortiq tariqat turlari mavjud, har birining o`z yo`li va o`z ustunlari mavjuddir.Shu ustunlardan ya’ni amaliy unsurlardan biri zikrdir, aslida zikr nima uchun kerak? - degan savolni qo`ysak avvalambor. Zikrdan foyda shuki bandaning g`aflatdagi qalbini uyg`otish Alloh Taologa yaqinlashtirish. Zikr orqali banda o`zining kim ekanligini, ya’ni Alloh Taolloning oldida - jismi yerda qoluvchi ruhi esa har doim Alloh Taolloning ko`magiga muhtoj ekanligini anglatuvchi bir amaliy unsurdir. Adabiyotshunos Usmon Turar aytganlaridek, zikrda – asosiy ish boshqa borliqlar va ularga aloqador barcha o`y-fikrlar va tushunchalarni qalbdan uzoqlashtirib, yolg`iz Allohni eslashdir. Bu tarzda qilingan zikrga “zikri muttasil”, boshqa o`y-fikrlar bilan aralash zikrga esa “zikri munqoti`” deyiladi. Qur’oni Karimning ham ko`pgina oyatlarida ham zikrga buyuriladi. “Aniqki, Ollohni zikr qilmoq (barcha narsadan) ulug`roqdir.(Ankabut-29:45); “Ey,mo`minlar Ollohni ko`p zikr qilinglar va ertayu kech U zotni poklab tasbeh aytinglar”. (Ahzob-33:41); “Ular iymon keltirgan va qalblari Ollohni zikr qilish-eslash bilan qalblari orom oladigan zotlardir.Ogoh bo`lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur ” (Ra’d – 13:28); “……Parvardigoringizni zikr qiling….” (Kahf-18:24) va hokazo.
Tariqatlarda “La ilaha illalloh” zikri eng ko`p qo`llanilgan zikrlardan biridir. Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) aygan edilar – “La ilaha illaloh” zikri, enga fazilatli zikrdir - deb. Shuning uchun tariqatga kirgan insonga shu lafz bilan zikr qilishlik buyuriladi.
So`fiylarning fikricha, ilk marta zikrni tiliga olgan shaxs payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) bo`lgan ekanlar. Ulardan keyin to`rt xalifalari ham o`z usullari bilan zikr qilishgan.keyinchalik tariqatlar buni asos qilib olib,zikr turlarini shakllantirganlar. Mazkur to`rt talqin quyidagilar:
a)siddiqiya – Muhammad (s.a.v) Madinaga qilgan hijrati asnosida g`orda yashiringan holatda Abu Bakrning qulog`iga uch marta zikr talqin qiladilar.Bu payt Muhammad (s.a.v) tizzasi ustida,Abu Bakr eas murabba (oyoqlarini oldinga qovushtirgan) holda o`tirar edilar.Xafiy zikr shunga asoslangan.
b) kubraviya – Hazrati Umar (r.a) musulmon bo`lgan chog`ida Muhammad (s.a.v) bilan quchoqlasharkan,ul zot Umarga kalimai tavhidni jahriy talqin qiladilar,Ammo Hazrati Umar (r.a) oyoqlarida tura olmay, o`tirganliklari uchun kubraviylar o`tirgan tarizda ya`ni murabba holda zikr aytadilar.
d)Nurbaxshiya – Muhammad (s.a.v) Hazrati Usmonga (r.a) ham “harfsiz vas as-sadosiz” tarzda zikri qalbiy talqin qiladilar.
e)jahriya – Muhammad (s.a.v) Hazratiy Alini tiz cho`ktirib, ko`zlarini yumdirgan holda,uch marta “la ilaha illalloh” deganlar.Shu jumlani Hazrati Aliga ham takrorlatganlar. Jahriy zikr qiluvchi tariqatlarning silsilasining ko`pi borib Hazrat Aliga taqaladi. Tariqatlarda muhim o`rin tutgan zikr – oddiy qilinadigan harakat emas. Har bir tariqatlarda o`ziga xos zikrlar shakllangan, zikrga asos o`laroq ismlar belgilangan, jamoat bilan yoki yolg`iz holda qilinadigan zikrlarning ma’lum bir odobu arkoni bor.13
Zikrlar tariqatlardagi maxsus ustunlarga amal qilgan holda shakllanadi.Zikr alohida va jamoat holda qilinsa ham har ikkalla shaklda ham shayxning ko`rsatmalariga amal qilinadi. Murid qilgan zikrga “vird”, “avrod”, o`qilgan duoga “ahzob”, “xizb”deb ataladi. Tunda qilinadiga zikrga “virdi layli” deb nomlanadi.14
Tariqatlarda mashhur bo`lgan quyidagi zikrlarga to`xtalib o`tsak:
1.Samo –Tik turgan holda va aylanib, musiqa bilan birgalikda ijro etiladi.Zikr davomida darveshlar turli xil diniy-tasavvufiy mavzularni timsol etadilar.Bu zikrning ikkinchi nomi “muqobala” dir.
2.Darbi asmo – bu hilvatiylar zikri bo`lib, halqa shaklida o`tirib yengil sollangan holda bajariladi.
3.Xatmi Xojagan – naqshbandiya tariqatida uchraydigan zikr bo`lib, Shayxning ishorasi bilan istig`for aytiladi,shayxning xohshiga ko`ra besh yoki o`n marta takrorlanadi. O`ngdan yetti kishi “Fotiha” surasini o`qiydi,keyin yuz marta “salovati sharif” yetmish to`qqiz marta “Inshiroh” surasi,ming bir marta “Ixlos” surasi o`qiladi.Shundan keyin chapdan yetti kishi “Fotiha” surasini o`qiydi.Keyin yuz marta “Salovat” o`qilib ,so`ngra arshi sharif (tilovat) o`qiladi va shayx qilgan duoda barcha omin deydi,zikr nihoyasiga yetadi.15
4.Zikri qiyom – bu zikr ko`proq sadiylarga tegishli bo`lib tik holda qilinadigan zikr hisoblanadi.
5.Davron – qodiriylar qiladigan zikr bo`lib,tik turgan va aylangan holda qilinadigan zikrdir.
6. Zikri arra – yassaviya tariqatida qilinadigan zikr bo`lib, Bu zikr quyidagicha ijro etiladi: darvish ikki qo’lini tizzasi ustiga qo’yib, nafasini qorniga chiqarib «ha» deb, yana qorni tomonidan nafas olib bosh, bel, yelka qimirlamagan holda «Hayy» deydi va zikr shu tarzda davom etadi.
Islom dini tariqatlarida zikrning eng katta ahamiyatlaridan yana biri shundaki, nafsni, kibrni, riyoni va shunga o`xshash yomon illatlarni jilovlab turish, dunyoning, borliqning egasi borligini ya’ni Alloh taoloning mavjudligiga ishonishga da’vat etib turadi. Islom tarixida yuqorida aytib o`tganimizdek, yuzdan ortiq tariqat turlari mavjuddir. Shulardan bazilariga to`xtalib o`tamiz, ularda ustunlar qanday va zikr usullari haqida:
Qodiriya tariqati – asoschisi Abduqodir Giloniy bo`lib, “g`avsul a’zam”, “g`avsul saqlayn” kabi sifatlar bilan tanilgan. Qodiriya tariqatida zikr quyidagi tartibda qilinadi: avallambor, o‘n uch marta "Fotiha" surasi o‘qiladi. Keyin "Baqara" surasi-ning boshidan "Ulaika xumul muflixun" gacha bo‘lgan qismi, "Oyatil kursi" va "Omanar rasulu" o‘qiladi va uch marta "Hasbunalloxu va niʼmal vakil va nimal mavla va niman nasir" degach, uch dafʼa"Inshiroh" va "Ixlos" suralari, bir martadan "Muavvizatayn"va "Fotiha" suralari o‘qiladi. Salovot aytiladi. keyin tik turib,ovoz chiqarib 166 martadan kalimai tavhid va lafzai jalol o‘qiladi,keyin uch marta "Fotiha", keyin "Innalloha va malaikatahu"o‘qilib, salovot keltiriladi, keyin oxiri shayx duo qiladi va shuasnoda zikr nihoyasiga yetadi." Qodiriya zikri jahriy bo‘lib, o‘tirgan, tik turgan, aylangan xolda ijro etiladi.16
Yassaviya tariqati – bu tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy bo`lib, XII asrda Markaziy Osiyodan to Xorazmshohlar davlati va Onado`ligacha keng tarqalgan tariqatdir. Yassaviya tariqatida jahriy zikr ijro etiladi. Zikr chog‘ida darvishning tomog‘i-dan arraning sasi kabi ovoz chiqqani uchun yassaviyazikriga "zikri arra", "zikri minshoriy" deyiladi. Bu zikrquyidagicha ijro etiladi: darvish ikki qo‘lini tizzasi ustiga qo‘yib,nafasini qorniga chiqarib "ha" deb, yana qorni tomondan nafas olib
bosh, bel. yelka qimirlamagan xolda "hayy" deydi va zikr shu tarzdadavom etad. Yassaviylikda xilvatga xam katta ahamiyat beriladi.Bu tariqatda muxim o‘rin tutgan asoslar quyidagilardan iborat:ma’rifatulloh, mutlaq jo‘mardlik, rostgo‘ylik, xaqqal yaqiyn (fanofillox)da g‘oyib bo‘lish, xaqiqiy tavakkul va teran tafakkur."Yassaviya tariqati asosan sunniy e’tiqodiga amal qilish bilanbirga Xuroson malomatiyligidan biroz ta’sirlangani sababli, terma bir madaniyat bazasiga ega. Bu xususiyati bilan keyinchalik yuzaga kelgan ko‘plab tariqatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Hatto
naqshbandiyani yassavviylikyaning bir shahobchasi deb biluvchilar hambor. 
Yassaviylik o‘z navbatida Onado‘lida shakllangan axiylik harakatiga ham kuchli 
ta’sir ko‘rsatgan. Ahmad Yassaviyning eng mashxurxalifasi Sulaymon Hakim Ota (Boqirg`oniy)dir.Naqshbandiya tariqati – bu tariqatning asoschisi Bohouddin Naqshband bo`lib, BuxorovaTurkiya hududlarigacha keng tarqalgan.Naqshbandiya axli sunnat e’tiqodiga amal qiluvchi tariqat bo‘lib,
xafiy zikrga asoslangan. Zohiran ko‘zga tashlanadigan hatti-hara-
katlardan yiroq, suxbat va robitaga kuchli e’tibor beradi. Ko‘pchi-
lik bilan qilinadigan naqshbandiya zikriga "Xatmi xojagon" dey-
iladi. Bu zikrga tariqatga kirmaganlar qatnashishlari ta’qiqlanadi. Tariqatlarning barchasida umumiy bir tushuncha mavjud bo`lib bu - doimiy zikr Ollohdan boshqa har narsani unutib, faqat Uni zikr etmoqqa davomli zikr deyiladi. Zero, Olloh taolo: «...Unutib qoldirgai vaqtingizda Parvardigoringizni zikr qiling...»32 deya marhamat qilgandir. Jumladagi unutish bir o‘lik misoli Undan boshqa butun borliqlarni va narsalarni unutmoqni anglatadn. Chunki ikki zikr aslo bir joyda mujassam bo‘lmaydi. Ham dunyo ila bog‘liq ishlarni, ham Ollohni zikr etish imkonsizdir. Agar bunday holat yuz bersa, zikri mutgasil (bir-biri bilan birlashgan va doimiy zikr) emas, balki zikri muntaqiy (uzuq-yuluq va kesik masofali zikr) qilgan bo‘lamiz va qulligimizning darajasi ham shu nisbat-la kemtik va qusurli bo‘ladi. Shu bois ham Xazrati Oisha Rasululloh holini so‘raganlarga: «Ul zot har doim zikr qilardilar» deya javob berganlar. Payg‘ambarlarning va buyuk valiylarning oddiy munosabatlari ham zikr hisoblanadi. Chunki ular barcha muomala va amallarida Haq bilandirlar. Zikrdan maqsad esa aslo til harakati emas, balki qalb huzur-halovatidir. Bundagi davomli zikrdan maqsad ham xilvat ahlining tildagi doimiy zikridir. Muddao esa qalbiy zikrning bardavomligini ta'minlashdir. Til zikrining ovoz (zikri jahriy) chiqarilib qilinishida buyuk ta'sirlar bor. Ovozli zikrdan maqsad uni Ollohga emas, bil'aks, ko‘ru kar, nafsga eshittirishdir. Chunki Olloh uchun zikrning sadoli va sadosiz, uzoq va yaqinligi ahamiyatsizdir. Zero, barcha ashyoda tajalli qilguvchi Udir. Zikri jahriyga qarshi bo‘lib, uni yoqtirmaganlar tasavvufiy maqomlarning hollarini anglay olmaganlar va bexabarlardir.Islom tariqat olamida murid ustozsiz na zikr qila oladi na tariqat yo`lini bosib o`ta oladi.Zikr insonga shunday kuch beradiki,tariqat yo`liga kirgan har bir solikning ko`ngliga Alloh yo`li uchun nur ato etadi.Bazi mutassavuflarning shunday qarashlari bor solik tariqat yo`lini tanladimi,demak unga Alloh eng ulug` iymonni ato etdi,endi solik zikr qilishi Alloh Taolloni qalbida va tilida saqlashi kerak,Agar solik qirq kun chilla qilib Allohni zikr etsa,chilla tugagandan so`ng uning nafaqat yetti sezgi organi balki butun tanasi tukidan tortib tirnog`igacha bir nur paydo bo`ladi va uni solik o`z ko`zi bilan ko`radi. Bu hodisaga faqatgina zikrni ado etgan bandagina guvoh bo`la oladi.Keyingi bosqichlarda davom etilsa zikr,endi qalbni nur shulalari tozalab his a’zolaridan tashqariga chiqib ketadi.Zikr shunday qilinishi kerakki tildan qalbga qalbdan vujudga ko`chib,butun azolarni nafs, kibr, itoatsizlik, fitna, hoyu-havas, g`azab kabi illatlardan tozalaydi.Haq Taolloning muhabbatiga erishish uchun harakat boshlanadi.

§.Bob yuzasidan xulosa.




Yüklə 384,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin