Shunday qilib, na biogenetik va na sotsiogenetik konsepsiyalar
shaxs rivojlanishining qonuniyatlarini tushunib yetishga asos qilib
olinishi mumkin emas. Unisi ham, bunisi ham psixik rivojlanishning
harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlay olmaydi. Buni amalga oshirish-
ga ikkala omilning (muhit va irsiyatning) mexanik tarzdagi o‘zaro
bog‘liqlikdagi harakati yoxud konvergensiya (bir xil tashqi muhitda
o‘xshash belgilarning hosil bo‘lishi)
nazariyasi ham yordam bera
olmaydi. Chunki bunda rivojlanishning ikkala konsepsiyasi xatolari
bartaraf etilishidan ko‘ra ko‘proq orta boradi.
Shaxs rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari muammosini
hal etishda dialektik nuqtai nazar yechimi rivojlanishida amalga oshi-
riladigan quyidan (oddiydan) yuqoriga (murakkabga) o‘tishni ta’min-
laydigan ziddiyatlar ta’rifiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Shaxs-
ning faolligi kishini anglanilgan va anglanilmagan sabablar tizimi
orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlarning majmui bilan belgilanadi.
Lekin ehtiyojlarning qondirilish jarayoni zamirida ziddiyat mavjuddir.
Ehtiyojlar odatda paydo bo‘lishi bilanoq darhol qondirilmaydi.
Ularning qondirilishi uchun moddiy mablag‘lar, shaxsning faoliyatga
muayyan darajada tayyorgarligi, bilimlar,
malakalar va hokazolar
zarur. Shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar kishining
faoliyatida o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real
imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yana va yana shunday bir vaziyatni
keltirib chiqaradiki, bunda kishi ehtiyojlari rivojlanishining erishilgan
darajasi bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasida
ziddiyat namoyon bo‘ladi. Ziddiyatlarning shaxs rivojlanishiga olib
boradigan darajada hal etilishi faoliyatda uni amalga oshirishning
muayyan vositalarini (usullarini,
malakalarini, jarayonlarini, bilimla-
rini va boshqalarini) ta’lim jarayonida egallash orqali ro‘y beradi.
Buning ustiga, ehtiyojlarning jo‘shqin faoliyat vositasida qondirilishi
qonuniy tarzda yangi yuksakroq darajadagi ehtiyojini keltirib chiqa-
radi.
Shuning uchun ham rivojlanib borayotgan shaxs doimo yangi va
yangi ehtiyojlarning (va demak sabablarning keng shoxobchali ti-
zimini ham) keltirib chiqararkan, o‘z
navbatida, ehtiyojlar rivojlani-
shining natijasi bo‘lib ham hisoblanadi. Ehtiyojlarni rivojlantirish,
tanlash, tarbiyalash ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo‘lgan
42
ma’naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllanti-
rishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shaxsning shakllanishi uning jamoaga qo‘shilganligi sharoitida
ro‘y beradi. A. S. Makarenko ta’kidlaganidek, shaxs yuksak darajada
rivojlangan guruhdan iborat va shaxsning qimmatli fazilatlarini
shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarga ega bo‘lgan jamoada va
jamoa vositasida rivojlanadi.
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida
bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv
maskan-
lari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat
va boshqalar) bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va
mafkura, mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular
bevosita oila, bog‘cha, maktab singari o‘quv va tarbiya muassasalari
orqali ongga singdiriladi.
43