Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar
yordamida ifodalanganligi
tufayli, ularni ifodalash faqat o‘zlashtirilayotgan materiallarning aso-
siy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularning so‘zma-so‘z
ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Agar
ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no
jihatdan qayta ishlanmasa, u
holda materialni so‘zma-so‘z o‘zlashtirish mantiqiy o‘rganish bo‘l-
masdan, balki, aksincha, mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
So‘z-mantiq xotiraning vujudga kelishida birinchi signal bilan bir
qatorda, ikkinchi signallar tizimi asosiyat kasb etadi. Chunki so‘z
mantiq xotirasi faqat insonga xos bo‘lgan
xotiraning maxsus turi
hisoblanadi. So‘z-mantiq xotiraning o‘sishi qolgan xotira turlarining
barqarorlashuvini belgilaydi.
Faoliyat maqsadlariga qarab xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira
turlariga ajratiladi.
Ixtiyoriy xotira. Ixtiyoriy
xotira deganda, ma’lum maqsadni
ro‘yobga chiqarish uchun, muayyan davrlarda
aqliy xususiyatlarga
suyangan holda amalga oshirishdan iborat xotira jarayoni tushuniladi.
Bu faoliyatni odatda ong bevosita boshqaradi. Ko‘pincha psixologiya
faniga ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo‘yiladi.
Esda olib qolishni maqsad qilib qo‘yish esda olib qolishning asosiy
sharti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: