O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə80/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Kechiktirib bo‘lmaydigan yordam: 
136


a) bemorga tez yordam ko‘rsatish uchun maxsus kardiologik


brigadani chaqirish va uni tezlik bilan kasalxonaga yotqizish kerak;
b) yurak glikozidlari berishni boshlash lozim: strofantinning 0,05 % li
eritmasidan 0,5 ml ni 10 ml fiziologik eritmada eritib, tomirga yuboriladi;
v) 10 ml panangin tomir ichiga yuboriladi;
g) kordaron 2–4 ml tomir ichiga beriladi.
Paroksizmal taxikardiya to‘satdan yuzaga keladi. Xurujlar 10–15
minutgacha davom etadi. Yurak qisqarishlarining soni minutiga 200–220
tagacha yetadi.
Bunday taxikardiyaning xavfi shundaki, yurak qisqarishlarining soni
juda katta bo‘lganligi uchun yurak bo‘lmachalari qonga yaxshi to‘lmaydi,
shu sababli yurakning tomirlarga tashlayotgan qon hajmi keskin kamayib
ketadi. Yurak yetishmovchiligi belgilari yuzaga keladi. Bunday hollarda
bemorda tez va kichik puls aniqlanadi, arterial bosim juda pasayib ketadi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan yordam:
– tezlikda «adashgan nerv sinamasi»ni quyidagicha qo‘llash mumkin:
a) ko‘z olmasiga bosish; b) bemorga kuchanishni tavsiya qilish; v) sun’iy
qusishni chaqirish;
– dori-darmonlardan: a) fiziologik eritmada eritilgan 0,05 % – 0,5 ml 
strofantinni tomirga yuborish; b) betta-blokatorni (obzidin, anaprilin) til
ostiga qo‘yish; v) novakainamiddan 10 ml 10 % li eritmasini 10 ml 
fiziologik eritmaga qo‘shib tomirga yuborish (bo‘lib-bo‘lib 2 ml dan, har
bir dori yuborilgach, arterial bosim nazorat qilib turiladi).
Yurak o‘tkazuvchanligining buzilishlari 
Elektr impulsining yurak bo‘ylab tarqalishi qat’iy qonuniyat bo‘yicha
amalga oshiriladi. Bu narsaning buzilishi o‘tkazuvchanlikning bloka-
dalanishi bilan yuzaga keladi, uning qisman (odatdagi yo‘l bilan sekinroq
o‘tadi) va to‘liq (impuls o‘z yo‘lidan o‘tolmay, aylanib o‘tishga majbur
bo‘ladi) buzilishi kuzatiladi. O‘tkazuvchanlikning bu buzilishlari turli
kasallik va holatlarda kuzatilishi mumkin. Ko‘proq bu narsalar toj tomir-
lardagi qon aylanishining buzilishlari va yurakning yallig‘lanishlarida
xavfliroq bo‘ladi. Klinik jihatdan yurak bo‘lmachalari va qorinchalari
o‘tkazuvchanligining buzilishlari – atrioventrikulyar blokadalar xavfliroq
hisoblanadi. Blokadaning 3 ta bosqichi farqlanadi.
1-bosqichdagi o‘zgarishlarni faqat EKGda aniqlash mumkin. Klinik
jihatdan u o‘zini namoyon etmaydi va maxsus davolashni talab qilmaydi.
2-bosqichdagi atrioventrikulyar blokadada pulsning kamayishi
aniqlanadi. EKG tekshirishlarida qattiq chiziqning davriy struktura
o‘zgarishlari qorinchalar qisqarishlarining tushib qolishi ko‘rinishida, puls
to‘lqinlarining davriy yo‘qolishida namoyon bo‘ladi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan yordam sifatida venaga 1 ml 0,1 % atropin
eritmasi, til ostiga 1 dona izadrin tabletkasi, muskul orasiga 1 ml 1 % li
137


mezaton eritmasi, 60 mg prednizalon yoki 250 mg gidrokortizon, 60 mg 


laziks yuboriladi.
Atrioventrikulyar blokadaning 3-darajasi juda xavfli bo‘lib (to‘liq
blokada), EKGda yurak bo‘lmachalari va qorinchalarining nomutanosib
ishlayotganligi ko‘rinadi. Klinik jihatdan bunday kasallarda pulsning
minutiga 60 tadan kamligi kuzatiladi. Puls qancha kam bo‘lsa, yurak
yetishmovchiligi shuncha kuchli ifodalangan bo‘ladi. Blokadaning
uchinchi darajasida davriy ravishda Morgani – Adams – Stoks xurujlari
namoyon bo‘lib, bunda birdaniga bemorda hushni yo‘qotish, talvasaga
tushish, nafas olishning buzilishlari kuzatiladi. Bu holatlar qon
aylanishining samarali buzilishlari davriy yuzaga kelib turishi sababli
doimiy ehtiyotkorlikda bo‘lishni, tiriltirish choralarini qo‘llashni talab
qiladi.
Atrioventrikulyar blokadaning 3-darajasida eng samarali davo bo‘lib
elektrli kardiostimulyatsiya hisoblanadi. Dori-darmon bilan davolash
odatda yaxshi natija bermaydi.
Atrioventrikulyar blokadaning 2 va 3-darajalari bilan og‘rigan
bemorlar, albatta, aritmiyani davolash uchun maxsus bo‘limlarga
yotqiziladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin