O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org
A. YE. Ataliyev; O‘zbekiston Respublikasi IIV gospitalining
boshlig‘i tibbiyot fanlari nomzodi X. X. Usmonov O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005 y.
SO‘Z BOSHI Bugungi kunda mamlakatimizda inson salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasining 1993 yilda qabul qilingan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonuni yaqqol dalil bo‘la oladi.. Ushbu qonunning 30-bandida baxtsiz hodisalar yuz bergan joyda kechiktirib bo‘lmaydigan birinchi tibbiy yordamni militsiya xodimlari, yong‘indan saqlash xizmati, avariya xizmati, transport tashkilotlari xodimlari, qolaversa boshqa kasb vakillari ham ko‘rsatishlari ularning vazifalari sifatida qonunlashtirilgan. Qonunning ushbu talabini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi umumiy tibbiy tayyorgarlik kafedrasining professor va o‘qituvchilari mana shu darslikni yaratdilar. Mualliflar asosiy e’tiborni shahar va qishloq sharoitida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish masalalarini hamda odam anatomiyasi va fiziologiyasi haqidagi ma’lumotlarni yoritishdan tashqari, ekstremal holatlarda ommabop zamonaviy reanimatsiya usullarini qo‘llashga, qon ketishini to‘g‘ri to‘xtatish usullariga, qo‘l ostidagi vositalar yordamida suyak siniqlarini immobilizatsiya qilishga, shikastlanganlarni transportda tashish qoidalariga qaratganlar. Darslikka qo‘shimcha sifatida ichki ishlar organlari xodimlari uchun kafedra xodimlari tayyorlagan «Birinchi tibbiy yordam» 1 ko‘rgazmali qo‘llanmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu qo‘llanmadagi turli xil rasmlar va chizmalar darslikda keltirilgan nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Darslikni tuzishda mualliflar zamonaviy adabiyotlarga, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida ko‘p yillik pedagogik va davolash amaliyotidan hamda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimidagi institutlarda amalga oshirilgan ilmiy izlanishlaridan orttirgan tajribalariga suyanganlar. Ushbu darslik tibbiyot masalalari bo‘yicha nisbatan kam ma’lumotga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun tayyorlangan, tuzilishi jihatidan birinchi tajriba hisoblanadi. Mualliflar Siz ko‘rsatgan barcha kamchiliklarni, taklif hamda tilaklaringizni minnatdorlik bilan qabul qiladilar. Kelajakda bu fikr va mulohazalaringiz darslikning yangi nashrlarini yaratishda, albatta, e’tiborga olinadi. 1
. – ., 1998.
3