O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi ilk bor Oliy Sovet Prezidiumining 1988-yil 15-apreldagi farmoni bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining nizomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 1996-yil 26-aprel qarori bilan tasdiqlangan_. Qo‘mita o‘z faoliyatini ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 1992-yil 9-dekabr qonuni asosida olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga bo‘ysunadi hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxo- nalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek ayrim shaxslar tomonidan yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon, hayvonot va o‘simlik dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi- ning Senati tasdiqlaydigan nizom bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiat resurslaridan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo kompleks boshqarish;
tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
atrof tabiiy muhitning ekologik holati qulay bo‘lishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish.
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan foydalanishning iqtisodiy usullarini keng qo‘llash.
Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Rais rahbarlik qiladi (O‘zbekiston Konstitutsiya 80-moddaning 5-bandi).
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlaridan biri ayni vaqtda Bosh davlat ekologik ekspertizasining boshlig‘i hisoblanadi. O‘zbekiston Res- publikasining «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi 2000 yil 25 may qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi hamda ekologik nazoratni amalga oshiradi.