O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Davlat mulkini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə198/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Davlat mulkini boshqarish


O‘zbekiston Respublikasida davlat mulkini boshqarish O‘zbe- kiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga1 yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respubli- kasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2006-yil 26-aprel qarori bilan qo‘mita faoliyati qayta tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq qo‘mita nizomi tasdiqlandi.
Davlat mulki qo‘mitasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Davlat mulki qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Davlat mulki qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, O‘z- bekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmo-
yishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror- lari va farmoyishlariga hamda Davlat mulki qo‘mitasi nizomiga amal qiladi.
Davlat mulki qo‘mitasi o‘z faoliyatini bevosita, shuningdek o‘zining hududiy organlari orqali davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majbu- riydir.
Quyidagilar Davlat mulki qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublika iqtisodiyotida xususiy sektorning o‘rni va ahamiyatini tubdan oshirish hamda mazkur tarmoqda davlat ulushini yanada kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda, davlat korxonalari va tashkilotlarining, shu jumladan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan davlat korxonalari va tashkilotlari, shuningdek ustav fondlarida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining davlat mulki hisobini va reyestrini yuritishni ta’minlash;
boshqaruvchi kompaniyalar va davlat ishonchli vakillarining davlat ixtiyoridagi, shu jumladan chet ellardagi mulkini samarali boshqarish yuzasidan faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish;
Davlat mulki (ulushlari) mavjud bo‘lgan korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ularda zamonaviy menejmentni joriy etish, marketingni rivojlantirish va ishlab chiqarishni moder- nizatsiyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
bozor mexanizmlarini rivojlantirish, raqobat muhitini shakl- lantirish va xususiy mulk ortishini rag‘batlantiruvchi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chi- qish va amalga oshirish;
korxonalarni keyinchalik xususiy mulk sifatida sotish uchun ularni xususiylashtirishdan keyin va sotishdan oldin samarali tayyorlashni joriy etish;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, investorlar o‘rtasida respublikamizda ular uchun berilgan imtiyozlar va kafolatlar to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish.
Davlat mulki qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qiladi hamda mulkiy va korporativ munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirishga doir takliflarni shakllantiradi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarini jalb etgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respubli- kasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida tegishli davlat dasturlariga kiritilmagan davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy- lashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylash- tirish, hisobini yuritish va boshqarishni tashkil etish sohalarida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Davlat mulki qo‘mitasi hamda uning tasarrufidagi tuzilmalar- ning kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’min- laydi, ular rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazishni amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari Davlat mulki qo‘mitasining tizimini tashkil qiladi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin