60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha
60411400 – Inson resurslarini boshqarish
60310500 – Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
60310700 – Bank ishi va audit
60412400 – Agrobiznes va investitsion faoliyat)
I. Fanning mazmuni Fanni oʻqitishdan maqsad - Fanni o'qitishdan asosiy maqsad talabalarda biznes-rejani, biznes yuritish strategiyasi va taktikasini belgilovchi hujjat sifatida ishlab chiqishi va amalga oshirish bo'yicha bilimlar majmuini shakllantirish bo'yicha yo'nalish, ixtisosligiga mos bilim, ko'nikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - Biznes asoslari fani yuzasidan umumiy tasavvur va maʼlum tarixiy bilimlar bazasiga ega boʻlishlari kerak. Biznes asoslari fani bo’yicha korxonalarda biznes reja tuzish va uni amalga oshirish korxonaning samaradorlik ko’rsatkichlari to‘g‘risida tegishli tasavvurga ega bo‘lishlari lozim.
Talaba:
- biznes subʼektlari tushunchalari, mazmuni, maqsadi, faoliyat turlari, xuquqiy, iqtisodiy asoslari, kichik biznes subʼektlarini investitsiyalash jarayonlari, funktsiyalari maqsad va vazifalari, kichik biznes subʼektlari investitsiyalarini kreditlash jarayonini shakllantirish mexanizmi, biznesni rejalashtirish asoslari haqida tasavvurga ega boʼlishi kerak;
- biznes loyihalarini kreditlash asoslari va tamoyillarini, kichik biznes korxonalarini kreditlash mexanizmini, kichik biznes korxonalarining kreditga layoqatliligi va ularni aniqlash yoʼllarini, kichik biznesni rivojlantirishda xorijiy kreditlarning ahamiyati, kichik biznes loyihalarini kreditlashni rasmiylashtirish jarayonini, byudjetdan tashqari jamgʼarmalar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subʼektlarini kreditlash jarayoni haqida bilishlari kerak ;
- biznes subʼektlari investitsiyalarini kreditlash jarayonini shakllantirish mexanizmi, kredit risklarini boshqarish strategiyasi bilan bogʼliq masalalar, muammolar va ularni bartaraf qilish usullari, kichik biznesni kreditlashda foiz siyosati va uni hisoblash usullari boʼyicha malaka va koʼnikmalarga ega boʼlishi kerak.