30
INKLYUZIV TA’LIMDA “TA’LIM HAMMA UCHUN”
UMUMMILLIY DASTURI MOHIYATINI TARG’IB QILISH
Islomova Ozoda Sayfiddinovna
Jizzax davlat pedagogika instiuti
Maxsus pedagogika kafedrasi
o’qituvchisi
Islomovaozoda1990@gmail.com
Jizzax davlat pedagogika instiuti
Defektologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Xalilova Charos Shamsiddin qizi
Annotatsiya:
Maqolada Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim
tizimida o’qitish masalalariga e’tibor berish. “Ta’lim hamma uchun”
umummilliy
dasturining mohiyatini targ’ibot qilish. Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari
tamoyillarini tasniflash hamda inklyuziv ta’lim asoslari haqida bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
Integratsiya, psixolo-pedagogik,
korreksion ish, ijtimoiy
moslashtirish, kompleks yondashish tamoyili
.
Davlatimiz tomonidan qabul qilingan “Ta’lim to’g’risidagi Qonunning II
bobi 9-moddasida
jismoniy, aqliy, sensor(sezgi) ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar,
shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo’lgan bolalar davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim
tashkilotlariga inklyuziv shaklda yoki uy sharoitida yakka tartibda ta’lim oladi”.
Inklyuziv ta’lim haqida so’z
yuritilganda , uning asl mohiyatini nimaga
qaratilayotgani haqida so’z boradi. O’zi ,,Inklyuziv ta’lim’’ nima? ,,Inklyuziv
ta’lim’’ bu ( ingliz tilidan olingan bo’lib, inclusive, inclusion-uyg’unlashmoq,
uyg’unlashtirish,
qamrab olmoq,qamrab olish ma’nolarini bildiradi). Nogiron va
sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish,
maxsus
ta’limga muhtoj bolalar (ayrim sabablarga ko’ra imkoniyati chelangan ) o’smirlar
rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’i nazar
31
ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni
ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Sharqning mashhur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy,
Alisher Navoiy, Abdulla Abdulla Avloniylarning tarbiyasining
maqsadlari har bir
bola shaxsining rivojlanishiga ta’limning ta’siri to’g’risidagi qarashlari inklyuziv
ta’lim rivojlanishining metodologik bazasi hisoblanadi.
Imkoniyati cheklangan bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga
qarab qo’yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim
muassalari tarkibiga qarab
olinishi jahon miqyosida ,,inklyuziv’’ yoki
,,integratsion’’ta’lim atamalari bilan ataladi. Integratsiyalashgan ta’lim bu-diqqat
markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus
ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.
Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari:
Inklyuziv ta’lim tizimida qo’yidagi maqsad va vaziflarning
hal etilishi talab
etiladi:
- ta’lim muassasida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim
olishlari uchun zaruriy psixolo-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning
imkoniyatiga yo’naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga
oshirish;
-
o’quvchilarning ta’limdagi tenglik xuquqini kafolatlash;
-
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalarning
ixtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
-
imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni oiladan ajramagan holda
yashash xuquqini ro’yobga chiqarish;
-
jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan
do’stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirishdir.