Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 342,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.09.2023
ölçüsü342,48 Kb.
#145929
  1   2   3   4
Ilm-fan va innovatsiya 1204



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
13 
PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI 
Muxtorova Lola Botirovna
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani
14-umumta’lim maktab psixologi 
lola.muxtorova1986@mail.ru
 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8012766
 
Annotatsiya: 
ushbu maqolada pedagogik faoliyatning psixologik muammolari, kamchiliklari, 
hozirgi kunda pedagogika sohasini rivojlantirish istiqbollari va pedagog faoliyatning 
qiyinchiliklaru haqida yoritilgan. 
Kalit so’zlar:
motivatsiya, texnik, kompyuter, grafik, predmet, shaxs, nazariy, empiric, 
aksiologik, perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash, 
bixeviorizm, ta’lim-tarbiya, 
Pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy o‘rinni 
ifodalaydi. Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, 
predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni 
ifodalaydi.Pedagogik faoliyatning predmeti bo‘lib, shaxs rivojlanishining sharti va asosi 
bo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o‘quv faoliyatining manbai hisoblanadi. 
Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish 
mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin. 
Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani etkazish bu tushuntirish, ko‘rsatish 
(illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini 
bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Pedagogik faoliyatning 
mahsuli bo‘lib o‘quvchining aksiologik, emotsional-mazmuniy, predmetli, baholash 
mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi hisoblanadi. Pedagogik 
faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning shaxsiy, 
intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining sub’ekti va shaxs sifatida shakllanishi 
hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya 
hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha ajratilib 
ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga erishish 
istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e’tibor berishni misol 
qilish mumkin. Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli tuman xatti-harakatlarning 
umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, 
baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-
pedagogik funksiyalarni belgilab beradi. P.F.Kapterev o‘qituvchiga xos bo‘lgan ob’ektiv va 
sub’ektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyidagicha aks etadi: 
O‘zaro munosabat doirasida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi ta’sirlashuvning emotsional 
darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo‘yilishi, xususan, tarbiyachilik faoliyatining 
yo‘nalishida kam uchraydi. Bu muammoga oid ishlar jumlasiga Abramova G.S., Beknazarov 
A.A., Berns R, SHuvanov I.B. va boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Aynan ushbu 
muammoga aloqador o‘zbek o‘qituvchisiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar nihoyatda 
kamchilikni tashkil etadi. Bu sohada Beknazarov A.A., Ismagilova F.S., G‘oziev E.G‘. va 
boshqalarning ishlarini namuna sifatida sanab o‘tish joiz. 
Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U 
shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy 



Yüklə 342,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin