O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI PEDAGOGIKA ВА PSIXОLOGIYA FAKULTETI
“ PEDAGOGIKA ” KAFEDRASI
“Pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi ” fanidan
“GLOBALLASHUV JARAYONIDA O'QUVCHI-YOSHLARNI UMUMMILLIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH” mavzusida
KURS ISHI
Bajaradi: 2-OTM 4-kurs “402”guruh talabasi Pirnazarova.ZA Ilmiy rahbar: Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Adizova.G.M
TOSHKENT-2022
MUNDARIJA KIRISH……………………………….…………………………….……………..3 I BOB. GLOBALLASHUV JARAYONIDA O'QUVCHI-YOSHLARNI UMUMMILLIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI Globallashuv jarayonida o'quvchi-yoshlarni umummilliy kompetensiyasini shakllantirish muammo sifatida……………………………………………
Bob bo’yicha xulosa………………………………………..…………
II BOB. GLOBALLASHUV JARAYONIDA O'QUVCHI-YOSHLARNI UMUMMILLIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING O`RGANILISH METODIKASI 2.1 Globallashuv jarayonida o'quvchi-yoshlarni umummilliy kompetensiyasini shakllantirishning asosiy yo‘nalish va ko'rsatkichlari …………………………….
2.2 Globallashuv jarayonida o'quvchi-yoshlarni umummilliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi …………………………………………………..
Bob bo’yicha xulosa……………………………………………….… UMUMIY XULOSA …………… …………………………………………….. GLOSSARIY …………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………….…..
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunga kelib globallashuv jarayonida dunyoda g‘oyaviy, mafkuraviy kurash ya’ni dunyoni g‘oyaviy jihatdan bo‘lib olishga bo‘lgan urinish kuchayib bormoqda. Albatta, bunday vaziyatda mustaqilligimizni mustahkamlash, uning barqarorligini, farovonligini, tinchligini va kelajagini ta’minlash har birimizning yuksak burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev globallashuv sharoitida ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan: “Bugungi kunda yonatrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyovandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi”, deb alohida ta’kidlaydi. XXI asr boshlariga kelib, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘liq himoyalanib olgan birorta ham davlat yo‘q deb to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan o‘zaro turishga intilayotgan, ularga a’zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda еmas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko‘proq uchrab qolishmoqda. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bugun jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan globallashuv har bir davlat, xalq, millat, yoxud insoniyat ma’naviyatida yangicha ma’no-mazmun kasb etmoqda. Jamiyat rivojida «har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Lekin mana shunday yutuqlar bilan birgalikda globallashuv ayrim xalqlarning milliy g‘oyasi, mafkurasi, e’tiqodi va o‘tmish merosiga ham ma’naviy tahdid solayotganligini unutmasligimiz lozim.
Bugungi globallashuv jarayonida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global muammolari deb ataladi hamda ularning еchimini topish yo‘lida barcha davlatlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga muvofiq.