33
4) Markazlashtirilmagan bo’lishi tamoyili.
Bu
tamoyilning mazmuni
shundan iboratki quyidagi ikkita aspekt yordamida ifodalanadi:
A)
Inklyuziv ta’lim xizmatlari umumiy ta’lim tizimining integratsiya qilingan
qismi bo’lishi kerak.
B)
Inklyuziv ta’lim tizimidagi vazifalar maxalliy ta’lim organlari javobgarlik
va boshqaruvni yuklash uchun markazlashmagan holda
olib borilishi kerak va
imkoniyatlar maxalliy sharoitlaga moslashtirishlari lozim.
Optimal integratsiya erishish uchun markazlashtirilmagan bo’lishi muhimdir.
Bu ayniqsa qishloq sharoitlaida ayni muddao bo’ladi. Inklyuziv ta’limning vazifalari
nogiron bolalarga o’z ota-onalari bilan birga bo’lish ularga xuddi tengdoshlari kabi
o’zlariga yaqin bo’lgan maktablarda ta’lim olish imkonini beradi. Nogiron bolaning
normal rivojlanishiga halaqit berish nogironlikdan ham og’irroq
holatlarga olib
kelishi mumkin.
5) Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili.
Nogiron
bolalarga
ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashish emas, balki bu bolalarga
har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxsus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim
masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi.
Bundan tashqari
inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud
nuqsonlarni bartaraf etish,
korreksiyalash, kompensatsiya qilish bilan bir qatorda bilim ko’nikmalarga ega
qilish, kasb-hunarga o’rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etadi.
Nogiron bolalarning kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi talab
etiadi. Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalardan
biri maxsus ehtiyojli
bolalarni
har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlaini ta’minkashdan
iboratdir.
Dostları ilə paylaş: