34
etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo’lganligi tufayli
bunday faoliyatlar moslashuvchan bo’lishi talab etiladi.
7) Malakaviylik tamoyili.
Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda
o’qitilayotgan sinflarda yuqori malakali o’qituvchilarning dars berishi talab etiladi.
Bundan tashqari inklyuziv sinf o’qituvchisi defektologiya sohasi bo’yicha ham
malaka oshirgan bo’lishi kerak.
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan maktablarga (muassasalarda) ta’lim jarayonini
tashkil etish tamoyillari.
*Maxsus ta’lim tamoyillari
*Korreksion yo’naltirilganligi
*Nuqsonlarni
aniqlash,
ta’lim
berishda
kompleks(klinik-genetik,
neyrofiziologik, psixolo-pedagodik) yondoshish
*Umumiy o’rta ma’limot berish, kasbga yo’naltirish va ijtimoiy hayotga
tayyorlashga moslashtirish
*Deffernsial tabaqalashtirish va alohida yondoshish
*Ta’limning usluksizligini ta’minlash
1990 yilda Tailandda o’ta muhim Umumjahon Konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Bu
konferensiyada
,,Ta’lim hamma uchun’’
Umumjahon Deklaratsiyani
dunyoning 155ta davlat hukumatlari va 150 dan ortiq nodavlat tashkilotlari qabul
qildilar. ,,Ta’lim hamma uchun’’ Umumjahon Deklaratsiyasi har bir bolaning
to’laqonli va mukammal ta’lim olishini kafolatlaydi. ,, Ta’lim hamma uchun’’ shiori
deganda nogiron bo’lgan yoki jamiyat ichida ajratib qo’yilgan
guruhlardan kelib
chiqqan bolalarning ham tenghuquqlik asosida ta’lim olishlari tushuniladi.
,,Ta’lim hamma uchun’’Umumjahon Deklaratsiyasi quyidagicha bayonet
qabul qilingan: ,,Maktablar bolalarning imkoniyatiga qarab emas, ish sifati va
maktab ta’limiga javob berishi bilan xarakterlanadi.Ular quyidagilardan iborat:
-har bir bolaning huquqi ommaviy maktabda ta’lim-tarbiya olishini talab
etadi;
-o’qitishning metod va metodikalari bolaning nuqsoniga qarab tanaladi;
-maktabda to’laligicha korreksion pedagogik yordam tashkil etadi;
35
-bolalar to’g’risidagi qaror kompleks tarzda qabuk qilinadi;
-bolalar har bir shaxsiy huquqi kafolatlanadi;
-inklyuziv maktablarning moddi ta’minoti yaxshilanadi;
-maktabda integratsiya tamoyiliga o’quv rejaning asosi sifatida qaraladi;
Juda ko’plab davlatlarda maxsus yordamga muhtoj bolalarni yuqori natijali
kamol toptirishda kompensator imkoniyatlarni rivojlantirish hamda ijtimoiy
moslashtirishni to’laligicha yo’lga qo’yish maqsadida umumta’lim
maktablarida
ta’lim berish ilmiy va amaliy davlat siyosati rejasiga kiritildi.
“Ta’lim tizimi shunday bo’lishi kerakki deb yozadi L.S.Vigotskiy fikricha
nuqsonli bolani tarbiyalashning vazifasi boladagi nuqsonlarni kompensatsiya qilish
va uning integratsiyasini ta’minlash deb hisoblaydi va buning uchun shunday ta’lim
tizimini yaratish kerakki maxsus yordamga muhtoj bola o’qish jarayonida har
tomonlama rivojlansin. Ya’niy L.S.Vigotskiy umumiy va maxsus ta’limni
uyg’unlashtiradigan ta’lim tizimini tashkil etish maxsus yordamga muhtoj bolalarni
umumta’lim tizimida o’qitishni e’tirof etgan.
2003 yilda Respublikamizda ,,Ta’lim hamma uchun’’ Milliy dasturi ishlab
chiqildi. ,,Ta’lim hamma uchun’’ dasturining
Milliy rejasi YUNESKO
ning
maslahatlari va moddiy ko’magi bilan 2000 yilgi Dakar shartnomalariga mos bo’lib,
siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat
arboblari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim
tizimini rivojlantirish
muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. Mazkur rejada
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini ,,Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi-,,Ta’lim hamma uchun’’ Milliy Rejasining konseptual o’zagi asosida isloh
etish muammolari va istiqbollari tahlil qilingan. XTB ta’lim
markazi YUNESKO
tashkiloti bilan hamkorlikda 2001-2003 yillarda ,,inklyuziv ta’lim’’ mavzusida
seminar o’tkazib , uning tavsiyalariga asosan ,,Inklyuizv ta’lim resurs markazi’’
tashkil etildi.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz tomonidan
viloyatlardagi maktablarda
tashkil etilgan inklyuziv sinflar tajriba, sinov tariqasida o’z ish faoliyatlarini olib
bormoqdalar. Inklyuziv ta’lim g’oyasini O’zbekistonda joriy qilish va undagi
36
muammolarni hal qilish maqsadida turli xil
chora-tadbirlar uyushtirish, matbuot-
axborot vositalari orqali targ’ibot- tashviqot ishlari bir muncha faollashdi.
Dostları ilə paylaş: