O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Nodavlat notijorat tashkilotlarining turlari va huquqiy maqomi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə39/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

2-§. Nodavlat notijorat tashkilotlarining turlari va huquqiy maqomi


Nodavlat notijorat tashkilotlari jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond, muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkin:


Jamoat birlashmasi (o‘z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya
va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilmadir.
Jamoat birlashmalari maqsadi, tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra jamoat tashkilotlari, jamoat fondlari, jamoat harakatlari, jamoat o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy fond ( jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida ta’sis etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan tashkilot deb e’tirof etiladi.
Ijtimoiy fondga uning muassislari tomonidan berilgan mol- mulk fondning mulki bo‘ladi. Muassislar o‘zlari tuzgan fond majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, fond esa o‘z muassis- larining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Ijtimoiy fond mol-mulkdan o‘z ustavida belgilangan maqsadlar uchun foydalanadi hamda har yili bu to‘g‘rida hisobotlar e’lon qiladi. Muassasa ( ijtimoiy, madaniy va boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar
tomonidan tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.
O‘z ustaviga va O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda bitta yoki undan ko‘proq chet el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin bo‘lgan xalqaro tashkilot xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti deb hisoblanadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarining faoliyatini muvofiq- lashtirib borish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishi mumkin. Mazkur uyushmalar kamida ikkita
nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarining huquqiy holati Konstitutsiya va boshqa qonunlarda, Prezident farmonlarida, Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan maxsus ustav va nizomlarda qayd etiladi.
Konstitutsiyaning 56-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respub- likasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin- qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, om- maviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsiz- ligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarni, maxfiy jamiyat va uyushmalarni hamda harbiy- lashtirilgan yoki jamoat birlashmalarini tuzish taqiqlanadi.
Davlat jamoat birlashmalarining huquqi va qonuniy manfaat- larini kafolatlaydi, ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun ularga huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamoat birlashmalarining faoliyatiga aralashishlari mumkin emas, shuningdek, jamoat birlashmalari ham davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishlari mumkin emas.
Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydi va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadi. Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan bo‘lib, ular qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi, lekin 1992-yil martda Prezident farmoni asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan: respublika hududida davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning bahamjihat harakati va hamkorligini o‘rnatish; viloyat shahar va tuman hokimlari bilan o‘zaro hamkorlikda diniy masalalarni hal qilish bo‘yicha yagona siyosat yurgizish; qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlarning manfaatlarini davlat siyosatida ifoda etish.
Jamoat birlashmalarining ma’muriy huquqqa ega bo‘lish qobiliyati, ma’muriy-huquqiy munosabatlarda qatnashish qoidalari, ularning davlat boshqaruvidagi umumiy huquq va burchlaridan kelib chiqadi. Bu huquq va burchlarini ularning o‘zlari belgilamaydi, balki davlat organlari ishlab chiqadi.
Jamoat birlashmalarining davlat boshqaruvida qatnashish shakllari asosan quyidagilardan iborat:

    1. davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda qaror qabul qilish;

    2. davlat organlariga yuklangan vazifalarni bajarishda qatnashish;

    3. davlat boshqaruv organlarining faoliyatini yaxshilash to‘g‘- risida takliflar kiritish;

    4. davlat boshqaruv organlarining faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va fuqarolarning huquqiy normalarni qanday bajarayot- ganini tekshirish;

    5. o‘z tarkibida bo‘lgan korxonalarning faoliyatini boshqarish. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatlari kafolatlari to‘g‘risida»gi_ 1992- yil 2-iyul qonuniga ko‘ra kasaba uyushmalariga davlat boshqaruvi

sohasida quyidagi huquqlar berilgan:

  1. o‘z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqi hamda manfaatlarini himoya qilish;

  2. mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashish;

  3. mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid normativ hujjatlar qabul qilish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat boshqaruvi, xo‘jalik va kooperativ idoralariga taqdim etish;

  4. aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqishda qatnashish;

  5. ma’muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi bilan muzokaralar olib borishda va jamoa shartnomalari, bitimlari tuzishda faol qatnashishi, ularning bajarilishini nazorat qilishi;

  6. ularning mehnat sharoiti va mehnatga haq to‘lash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlashga oid, uy-joy sharoitiga, ijtimoiy sug‘urtaga, sog‘liqni saqlash va madaniyatga taalluqli manfaatlarini himoya qilish.

Ular ma’muriyatdan mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojla- nish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan belgilab qo‘yilgan statistika hisoboti doirasida bepul ma’lumotlar olishga haqlidirlar.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi, 1991-yil 21-noyabr qonunining 19-moddasiga asosan, Respublika yoshlari- ning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq hamda erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, shuningdek, ularning faoliyati va tashabbuskorligini rivojlantirishni o‘zining asosiy maqsadlaridan biri deb bilgan fuqarolarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ko‘ngilli uyushmasi— O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining jamoat birlashmasi tashkil etilgan.
Yoshlar jamoat birlashmasining Ustavida a’zo bo‘luvchining yoki qatnashchisining yoshi chegaralab qo‘yilgan (30 yoshgacha)
bo‘lishi kerak. yoshlar jamoat birlashmasiga 30 yoshga to‘lganlar jami sonining 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Yoshlarning jamoat birlashmalari yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish bo‘yicha davlatning kompleks va aniq maqsadli dasturini ishlab chiqishda qatnashadilar.
Jamoat komissiyalari eng tajribali va xolis tadbirkorlar, fermer- lar va savdo-sanoat doiralarining boshqa vakillaridan tuzilgan; komissiyalarning raislari va a’zolari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat inspeksiyasi hamda uning respublika hududidagi bo‘linma, tizimi rahbarlari va xodimlari uchun berilgan barcha vakolatlar va huquqlarga ega. Respublika komissiyasining raisi ayni vaqtda Nazorat inspeksiyasi raisining jamoatchilik asosidagi o‘rinbosaridir va Prezidentning farmoni bilan lavozimga tayinlanadi. Viloyat, shahar va tuman komissiyalarining raislari ham Respublika Nazorat inspeksiyasi hududiy organlari rahbarining jamoatchilik asosidagi o‘rinbosarlaridir.
Komissiya faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  1. iqtisodiy islohot masalalariga doir normativ hujjatlarning bajarilishi bo‘yicha idoralararo nazorat qilish organlari ishini muvofiqlashtirish;

  2. korxonalar va xo‘jaliklarning mustaqilligini kengaytirish, bozor tuzilmalari va tarkibiy qismlarini vujudga keltirish, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirish, tashqi iqtisodiy tadbirkorlikni kuchaytirishga qaratilgan Prezident farmonlari va hukumat qarorlarini vazirliklar va idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, korxonalar va xo‘jaliklar, Koraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qanday bajarayotganlarini tekshirishni yo‘lga qo‘yish;

  3. joylarda ijro intizomi holatini o‘rganish, bozor iqtisodiyotiga izchil o‘tishni ta’minlashga qaratilgan normativ hujjatlarning dastlabki loyihalarini tayyorlashda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, turli iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish;

  4. respublikaning muayyan korxonalar, muassasa, tashkilot va xo‘jaliklarida iqtisodiy islohotlar qanday amalga oshirilayotganini tahlil qilish va bundan O‘zbekiston hukumatini xabardor etish:

  5. amaldagi normativ hujjatlarning moliyaviy va xo‘jalik mexanizmlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, respublikada

iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarishni kuchaytirish va jadallash- tirishga qaratilgan boshqaruvga oid qabul qilinayotgan qaror va qonunchilik hujjatlarining huquqiy asosini yanada takomillash- tirishga doir tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish.
Bugungi kunda ijtimoiy hayotni jamoat tashkilotlarining faoliyatisiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, har bir tuman, shahar- lar hududida faoliyat olib borayotgan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus komissiyalar huquqi-tartibotni ta’minlashda katta rol o‘ynaydi.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar mustaqillik yillari mamlakatimizda yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, o‘quv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida mahalliy hokimliklar huzurida tashkil etilgan.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin