O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə45/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Yarashtirish komissiyasi — sog‘lom avlodni tarbiyalash, fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta hamda hamjihatlikda yashashlarini ta’minlash, oilaviy kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish, milliy qadriyatlar asosida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib-tashviq qilish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi huzuridagi jamoat tuzilmasi hisoblanadi.
Yarashtirish komissiyalari tarkibiga xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, militsiya profilaktika inspektorlari, hududdagi maktab direktorlari yoki ularning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek mahallada istiqomat qiluvchi namunali oilalarning boshliqlari, imom-xatiblar, faxriylar va nuroniylar kiritiladi. Yarashtirish komissiyalariga fuqaro- lar yig‘ini oqsoqollari yoki ularning o‘rinbosarlari raislik qiladilar.
Yarashtirish komissiyalari qonun va qonun osti normativ- huquqiy hujjatlariga muvofiq quyidagi vazifalarni bajaradilar:

    • hududda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib-tashviq qilish;

    • hududdagi namunali oilalar, ularda farzandlar tarbiyasi, er-xotinlar hamda farzandlar orasidagi munosabatlar bo‘yicha ommalashtirishga arzigulik masalalar to‘g‘risida mahalliy matbuotda maqolalar va televideniyeda turkum ko‘rsatuvlar tashkil etish;

    • to‘y va boshqa tadbirlarni ortiqcha dabdabalarsiz o‘tkazish choralarini ko‘rish, ortiqcha sarf-xarajatlar oila turmushida salbiy iz qoldirishi, oilalardagi ijtimoiy-ruhiy muhitning buzilishiga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida aholi orasida tushuntirish ishlari olib borish;

    • mahallalar, ko‘chalar va boshqa jamoat joylarida spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari iste’mol qilish hollarining oldini olish, inson qadr-qimmatini tahqirlab ko‘chalarda mast holda yuruvchi shaxslarga jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish maqsadida ularni oila a’zolari, mahalla faollari ishtirokida muhokama qilish choralarini ko‘rish;

    • spirtli ichimliklarga ashaddiy ruju qo‘ygan va giyohvandlik kasaliga mubtalo bo‘lgan shaxslarni aniqlab, zarur xollarda ularni belgilangan tartibda majburiy davolanishga yuborish choralarini ko‘rish;

    • ichki ishlar organlari hisobida turgan, ayniqsa ilgari sudlan- gan, oilada va turmushda muntazam ravishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yuvchi shaxslar bilan profilaktik ish olib borishda ishtirok etish;

    • jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga qayta moslashuvini ta’minlash;

    • notinch, janjalkash oilalarni aniqlash, ular bilan tegishli chora-tadbirlar olib borish, oilaviy janjallar oqibatida yaqin qarindoshlar va qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida buzilgan munosabatlarni qayta tiklash choralarini ko‘rish;

    • hududdagi kam ta’minlangan oilalarni aniqlab, ularga o‘z daromadlarini oshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, qo‘- shimcha vaqtbay yoki ishbay, shuningdek uy sharoitida ishlash, hunar o‘rganish, kasanachilik bilan shug‘ullanish uchun imko- niyatlar yaratish;

    • xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotda, oilada ma’naviy-axloqiy, shuningdek ruhiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlarni amalga oshirish;

    • milliy qadriyatlarimizga zid holda axloq-odob doirasida nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan shaxslarni, ayniqsa ayollarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora-tadbirlar ko‘rishda fuqarolar yig‘inlariga faol ko‘maklashish va boshqalar.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2004-yil 25- may farmoni_ bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari negizida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi jamoat tuzilmalari ham jamiyatda ayollar va voyaga yetmaganlar jinoyatlarining oldini olish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishda o‘z o‘rniga egadir. Diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi (xotin-qizlarni kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellek- tual jihatdan o‘stirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oilalar, mahallalar, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida milliy- diniy an’analarni tushuntirish va ularga rioya qilish, xotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, buzg‘unchi kuchlarning xotin-qizlar ongiga ta’sir o‘tkazishining, ularni diniy ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga jalb etishining oldini olish bo‘yicha ishlarni tashkil etuvchi fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organining mas’ul xodimi hisoblanadi.
Hududda kamida 500 ta oila yashaydigan mahallalarda, tarkibida mahallalar tashkil qilinmagan posyolka, qishloq va ovullarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar quyidagi vazifalarni bajaradilar:

    • xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvat- lash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan o‘stirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat qurilishida faol qatna- shishlari sohasidagi umummilliy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish;

    • xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, sog‘lom oilani shakllan- tirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini hal etish, ayniqsa qishloq joylarida ularning mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash, ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish;

    • joylarda (oila, mahallalar, mehnat jamoalari, ta’lim muassa- salarida) milliy-diniy an’analarni tushuntirish va ularga rioya qilish, xotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, buzg‘unchi kuchlarning xotin-qizlar ongiga ta’sir o‘tkazish, ularni diniy ekstremistik va terrorchilik oqimlari faoliyatiga jalb etish yo‘lidagi urinishlariga qarshi qaratilgan ishlarni samarali tashkil qilish;

xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, bu tashkilotlarning sa’y-harakatlarini jamiyatni modernizatsiyalash va demokratik yangilash jarayonlarida, O‘zbekistonda jamiyat va davlat qurilishida xotin-qizlarning rolini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlarga yo‘naltirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2004-yil 7-dekabr farmoni bilan ushbu lavozimlarda ishlovchi ayollarni ijtimoiy
muhofaza qilishni kuchaytirish, bu ishga boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘li, eng malakali va faol xotin-qizlarni jalb qilish maqsadida ushbu lavozimlarda ishlovchi pensioner ayollarga yoshga oid pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi1.
2008-yilning mamlakatimizda «Yoshlar yili» deb e’lon qilinishi jamiyatda yoshlarning o‘zlarini ko‘rsatishiga yanada keng imko- niyatlar yaratib berdi. Natijada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari negizida yana bir jamoat tuzilmasi yoshlar bilan ishlash komissiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin