iqtisodiyotvauningturlisohalaridavujudga keladigan ma’muriy-protsessual munosabatlar;
ijtimoiy-madaniysohalardavujudga keladigan ma’muriy- protsessual munosabatlar;
d) ma’muriysiyosiy sohalarda vujudga keladigan ma’muriy- protsessual munosabatlarga bo‘linadi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar ma’muriyishyuritish turlarigako‘ra: ijroetuvchihokimiyatorganlaritomonidannormativhuj- jatlarni qabul qilish bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
davlatboshqaruvisohasidafuqarolarningvatashkilotlarning murojaatlari bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
ma’muriy huquqiy shikoyatlar va nizolar bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
rag‘batlantirishbo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
ruxsatberish bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
litsenziyaberishbo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
ijroetishbo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
davlatboshqaruvisohasidaintizomiyishlarbo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar sohaga taalluqliligiga ko‘ra: ma’muriy-huquqiy moddiy munosabatlarni amalga oshirish maqsadiga ega bo‘lgan munosabatlar;
fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosabatlarniamalga oshirish maqsadiga ega bo‘lgan munosabatlar;
mehnat huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosabatlarniamalga oshirish maqsadiga ega bo‘lgan munosabatlar;
moliya huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosabatlarniamalga oshirish maqsadiga ega bo‘lgan munosabatlar;
oila huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosabatlarniamalga oshirish maqsadiga ega bo‘lgan munosabatlar va hokazo.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar ishtirokchilarihuquq-larivamajburiyatlariningo‘zaromunosabatigako‘ra: gorizontal munosabatlar — bir-biriga bo‘ysunmagan va yagona huquqiy darajadagi subyektlar o‘rtasida vujudga keladi. Masalan, biron-bir normativ hujjatni tayyorlashda ikki subyekt o‘rtasida, kelishuv asosida vujudga keladigan munosabatlar;
vertikal munosabatlar — bo‘ysunuv asosida vujudga keladi. Ma’muriy-protsessual munosabatlarga, moddiy munosabatlar singari, yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga qarab rivojla- nishning farqi yo‘q;
d) diagonalmunosabatlar — vertikal munosabatlarga o‘xshab ketadi. Lekin undan farqli ravishda, turli organlar tizimiga kiruvchi yuqori va quyi subyektlar o‘rtasida vujudga keladi.
Ma’muriyjarayonishtirokchilariga— individual ishtirokchilarni
fuqarolarni (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
ham), ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning tarkibiy bo‘lin- malari, jamoat birlashmalari davlat xizmatchilari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa shaxslarni (ma- salan, sud) kiritish mumkin.
Demak, ma’muriy-protsessual munosabatlar — ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solinadigan, ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yakka tartibdagi va aniq ishlarni hal etish bo‘yicha vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar bir necha asoslarga qarab turli guruhlarga ajratilishi mumkin.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar - aniq subyektlar va boshqa ma’muriy jarayon ishtirokchilari o‘rtasida huquqiy aloqalar- ning vujudga kelishida ifodalanadi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Ma’muriy jarayon deganda nimani tushunasiz?
Ma’muriy jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
Ma’muriy-protsessual faoliyat haqida so‘zlab bering.
Ma’muriy ish yuritish tartiblari haqida tushuntiring.
Ma’muriy ish yuritish turlari haqida so‘zlab bering.
Ma’muriy jarayonning qanday umumiy bosqichlari mavjud?
Ma’muriy-protsessual normalarni ta’riflang.
Ma’muriy-protsessual normalarni tasniflab bering.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar tushunchasi va xususiyatlari qanday?
Ma’muriy-protsessual munosabatlarning turlarini aytib bering.