Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish O‘zbekistonRespublikasiMJTKning 289-moddasigaasosanamalga oshiriladi. Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo transportining, bojxona organlari va chegara qo‘shinlarining vakolatli shaxslari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shunga vakolati bo‘lgan boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsda bo‘lgan shaxslar tomonidan va shu jinsdagi ikkita xolis guvoh ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ashyolarni ko‘zdan kechirib chiqish ichki ishlar organlari- ning, harbiy soqchilik, havo transportining, bojxona organlari- ning, chegara qo‘shinlarining, soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari-
ning, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, tegishli vakolati bo‘lgan organlarning boshqa vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qo‘lga kiritil- gan mahsulotlar va boshqa buyumlarni ko‘zdan kechirish, odatda, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida bo‘lsa, o‘sha shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, mazkur ashyolar, buyumlarni mulkdorsiz (egasisiz) ikki nafar xolis guvoh ishtirokida ham ko‘zdan kechirilishi mumkin. Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga yoxud ma’muriy yo‘l bilan ushlab
turish to‘g‘risidagi bayonnomaga tegishincha yozib qo‘yiladi.
Bojxona muassasalarida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish bojxonaga doir qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 290-moddasiga muvofiq ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish, huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish yoki ashyolarini ko‘zdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyolarga kiradigan ashyo va hujjatlar, ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) (MJTK 287- m.) hamda shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish (MJTK 289-m.) vakolatiga ega bo‘lgan organlarning mansabdor shaxslari tomonidan olib qo‘yiladi. Olib qo‘yilgan ashyo va hujjatlar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilguniga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish ko‘rib bo‘linganidan keyin esa, uni ko‘rib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yo‘q qilib yuboriladi, ashyolar haq to‘lab olib qo‘yilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohno- mani olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvoh-
nomani va ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish esa — O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
O‘z xizmat burchini bajarish vaqtida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan uning ashyolarini olib qo‘yish, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish juda zarur bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga binoan vakolatli organ tomonidan transport vositalarini ushlab turishvako‘rikdano‘tkazishqonun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish vakolatiga ichki ishlar organlari, Harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari, O‘zbe- kiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari, chegara qo‘shinlarining mansabdor shaxslari ega.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 292-moddasiga asosan transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Transport vositalarini boshqarayotgan mastlik holatida deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lgan shaxs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, shaxsni ko‘rikdan o‘tka- zish, ashyolarni ko‘zdan kechirish, transport vositalarini ushlab
turish va ko‘zdan kechirish, ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish, transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish ustidan manfaatdor shaxs yuqori organga (mansabdor shaxsga), prokurorga yoki sudga shikoyat berishi mumkin.