O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə144/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Sud organlarining kontroli Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga yuklangan. Bu sud Konstitutsiyaviy kontrol olib boruvchi sud organidir.
Konstitutsiyaviy sud:
O‘zbekiston qonunlarining, Prezident farmonlarining, huku- mat va quyi mahalliy davlat organlarining qarorlarini, davlatlararo shartnomalarning va boshqa hujjatlarning Respublika Konstitut- siyasiga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun- lari O‘zbekiston Konstitutsiyasiga va qonunlariga qanchalik mos kelishi to‘g‘risida xulosa beradi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining normalarini talqin etadi;
o‘z vakolatiga doir ishlarni ko‘rib chiqib tegishli xulosa chi- qaradi.
Konstitutsiyaviy Sud chiqargan xulosa hamma davlat, hokimiyat va boshqaruv organlari xamda korxona, muassasa,
tashkilot va jamoat uyushmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart.
Oliy sud, viloyat, shahar va tuman sudlariga qonunlarning doimiy va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuklatilgan. Ana shu vazifani bajarish vaqtida sud organlari jinoyat va fuqarolik ishlarinigina ko‘rib qolmay, balki davlat boshqaruv organlarining qonunga rioya etishi ustidan nazorat ham olib boradilar. Bunday nazorat asosan, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning harakat- lari qonunga zid ekanligini yoki ular o‘zlarining vakolatlarini oshirib yuborganliklari to‘g‘risidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, sudlar ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi vakolatli organlarning qarorlarini fuqarolarning shikoyatlari asosida ko‘rib chiqadilar va ular to‘g‘risida tegishli qaror chiqaradilar.
Sud organlari qonunning bajarilishi ustidan nazoratni jinoyat va fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqayotgan chog‘da ham amalga oshiradilar.
Agar shu ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonun buzilganligi aniqlansa, sud organlari alohida ajrim chiqarishlari mumkin. Bunday ajrimda ko‘rsatilgan talablar tegishli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘ri- sida»gi 2000-yil 14-dekabr qonuniga asosan, xo‘jalik sudiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • odil sudlovni amalga oshirish yo‘li bilan tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya etish;

  • iqtisodiy munosabatlarda qonunlarga rioya etilishiga huquqiy vositalar bilan yordam berish;

  • xo‘jalik nizolarini hal etish chog‘ida qonunlarning bir xil va to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash.

Xo‘jalik sudlari umuman tadbirkorlik faoliyati jarayonida vujudga keladigan fuqaroviy munosabatlar (iqtisodiy nizolar)dan yoki boshqaruv sohasidagi huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni hal etishda sud hokimiyatini amalga oshiradilar.
Xo‘jalik sudlari mazkur nizolarni, basharti ular tashkilotlar- ning, fuqarolarning o‘zaro munosabatlaridan, shuningdek,
tashkilotlar va fuqarolarning davlat organlari va o‘zga organlar bilan munosabatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsa, hal etadilar. Bunday nizolarda xorijiy korxonalar, xorijliklar ishtirok etgan korxonalar yoki xorijiy fuqarolar qatnashgan tomonlar o‘rtasida bitim bo‘lgan taqdirda xo‘jalik sudiga berilishi mumkin.
Xo‘jalik sudi chiqargan hal qiluv qarorlarining, ajrimlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida va respublikalararo bitimlarga muvofiq boshqa respublikalarning hududidagi tegishli barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Xo‘jalik sudining sudyasi quyidagi huquqlarga ega:

  • qonunda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq farmoyishlarning bajarilishini davlat idora (organ)la- ridan va boshqa idoralardan, tashkilotlardan, ularning mansabdor shaxslaridan talab qilish;

  • tashkilotlarga, davlat idoralari va boshqa idoralarga xususiy ajrimlarni, aniqlangan qonunbuzarlik haqidagi axborotlarni ularni bartaraf etish xususidagi takliflar bilan birgalikda yuborish;

  • davlat idoralari va boshqa idoralardan, ilmiy muassasalar va axborot markazlaridan axborotlar so‘rab olish huquqiga egadir.

Xo‘jalik sudi iqtisodiy munosabatlarda qonunlar buzilishining oldini olish ishlarini olib boradi va shu maqsadda:

      1. iqtisodiy munosabatlarda qonun buzilishi sabablaridan darak beruvchi ma’lumotlar va materiallarni izchil tahlil qilib beradi, o‘z huquqi doirasida ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

      2. ishlarni bevosita tashkilotlarning o‘zida hal etadi;

      3. tashkilotlarning rahbarlari, davlat idoralariga va boshqa idoralarga xususiy ajrimlar to‘g‘risidagi, ana shu qonunbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi hamda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qiluvchi holatlar haqida axborot yuboradi. Xususiy ajrim, axborot yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilgani to‘g‘risida xo‘jalik sudlariga bir oy muddatdan kechiktirmay javob berilishi kerak;

      4. iqtisodiy munosabatlarda yo‘l qo‘yilayotgan jiddiy qoidabu- zarliklar to‘g‘risida hokimiyat organlarini xabardor etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida»gi 1998-yil 4-mart farmonida qator xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining mas’uliyatsizligi, tashabbus- sizligi, boqimandaligi, korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarmasligi, ularni iqtisodiy nochorlik va bankrotlikka olib kelayot- ganligi, shunga qaramasdan xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqishda xo‘jasizlik va pul mablag‘larini behuda sarflash hamda ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga yetarli baho berilmayotganligi qayd etilgan.
Xo‘jalik sudlarining iqtisodiy sohadagi qonunlarni mustahkam- lash va qonunbuzarliklarning oldini olishdagi rolini oshirish maqsadida uning vakolati qonuniy tartibda kengaytirilgan.
Xo‘jalik sudiga xo‘jalik nizolarini ko‘rish jarayonida mansabdor shaxslarning faoliyatida qonunchilik hujjatlarining buzilganligi aniqlanganda, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atish, ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash, yetkazilgan mulkiy zararni ular hisobidan qoplash, intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdim- nomalar kiritish huquqlari berilgan. Shu sababli, xo‘jalik sudlari- ning e’tibori ularning iqtisodiyot sohasidagi qonunchilikni mustahkamlash va qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan. Xo‘jalik subyektlari mansabdor shaxslarining faoliyatida qonunchilik hujjatlarining buzilishi, pul mablag‘lari va boshqa mulklardan maqsadsiz foydalanish, to‘lov intizomini buzish, shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaslik, korxonalarni bankrot- likka olib kelganlik holatlari aniqlanganda qayd etilgan shaxslarga qonunda nazarda tutilgan qattiq jazo choralari, hatto jinoiy
javobgarlikka tortish choralari qo‘llanilishi kerak.
Xo‘jalik nizolarini hal qilishda iqtisodiy nochorlikka va bank- rotlikka olib kelishga sabab bo‘lgan korxonalar tomonidan shartnoma shartlarining buzilishga oid holatlarni chuqur tekshirish, huquqbuzarlik sodir etilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlashni ta’minlash va aniq holatlardan kelib chiqqan holda, bunday shaxslarga nisbatan Prezidentning 1998-yil 4-martdagi farmonida nazarda tutilgan choralarni qo‘llash masalasini hal qilish lozim.
Prezidentning 1998-yil 4-martdagi farmonida nazarda tutilgan xo‘jalik sudining mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish vakolati O‘zbekiston Respublikasi XPKning 152- moddasida ko‘rsatilgan tartibida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik sudining jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi xususiy ajrimi har qanday sud hujjatlari kabi sud majlisida to‘liq tekshirilgan holatlar asosida qabul qilinishi lozim. Xususiy ajrimda XPK ning 151-moddasi talablari bilan bir qatorda xo‘jalik sudi tomonidan aniqlangan jinoyat belgilarini nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksining moddasi ko‘rsatilishi shart.
Xo‘jalik sudining har qanday bosqichi nizoni ko‘rish jarayonida aniqlangan jinoyat belgilari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida xususiy ajrim chiqarishga haqli.
JK 232-moddasiga binoan sud qarorini ijro etmaganlik uchun sud qarorlarini ijro etishda aniqlangan jinoyat belgilari jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida xususiy ajrimni keltirib chiqarishi mumkin. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash mobaynida jinoyat belgilari aniqlangan holda sudlar «Prokuratura to‘g‘risidagi» qonunning 33-moddasiga muvofiq ushbu ishga prokurorni ishtirok etish uchun
jalb qilishlari lozim.
Agar sud muhokamasida jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun yetarlicha asoslar aniqlanmasa, xo‘jalik sudi xususiy ajrim bilan qo‘shimcha tekshirish o‘tkazilishi lozim bo‘lgan aniqlangan ma’lumotlar haqida prokurorga xabar qilishi mumkin.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi xususiy ajrim nusxasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘lgan mavjud hujjatlarga ilova qilingan holda, prokurorga yuboriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning xo‘jalik sudlari jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi xususiy ajrimlarni tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlariga yuboradilar. Oliy xo‘jalik sudining xususiy ajrimi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga yuboriladi.
Xo‘jalik nizolarini ko‘rish jarayonida pul mablag‘lari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, to‘lov intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va korxonalarni bankrotlik darajasiga olib kelganlik holatlari aniqlangan taqdirda, rahbarlar
yoki boshqa shaxslarning harakati (harakatsizligi)da jinoyat alomatlari bo‘lmasa, sudlar ko‘rsatilgan shaxslarni egallab turgan lavozimidan ozod etish yoki intizomiy javobgarlikka tortish haqida xususiy ajrim chiqaradilar.
XPKning 152-moddasiga muvofiq, ko‘rsatilgan shaxslarga chiqarilgan xususiy ajrim bu shaxslarning yuqori turuvchi bosh- qaruv idoralariga yuboriladi.
Birinchi instansiya sudining xususiy ajrimi protest keltirish muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Appelyatsiya protesti berilgan taqdirda, bunday ajrim appelyatsiya instansiyasida ko‘rilganidan keyin xususiy ajrim bekor qilinmagan taqdirda kuchga kiradi. Sudlarga, ish appelyatsiya instansiyasida ko‘riladigan bo‘lsa, xususiy ajrimni qaror qonuniy kuchga kirgandan keyin jo‘natish tavsiya qilingan.
Xo‘jalik sudlari Prezidentning 1998-yil 4-martdagi farmonida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash vakola- tini xo‘jalik nizolarini ko‘rish jarayonida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda amalga oshirishlari mumkin.
Ma’muriy tartibda jarima undirib olish huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmasdan, uzoq davom etgan huquqbuzarlik sodir etilganda ham, u aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmasdan amalga oshirilishi kerak. Uzoq vaqt davom etgan huquqbuzarlik deganda, ko‘proq yoki kamroq muddat ichida to‘xtovsiz sodir etilgan davomli huquqbuzarlik tushuniladi (masalan, tovar belgisi egasi huquqining buzilishi).
Uzoq davom etgan nojo‘ya xatti-harakat bo‘yicha ikki oy davom etgan muddat huquqbuzarlikning dastlabki paytdan emas, balki bu huquqbuzarlik holati aniqlangan, oshkor bo‘lgan paytidan boshlab hisoblanadi.
Davom etayotgan huquqbuzarlik tugallanmagan, sudda xo‘jalik nizosini ko‘rishga qadar ikki oydan kam muddatda tugallangan bo‘lsa, bu holat, davom etayotgan huquqbuzarlik aniqlangan kun deb hisoblanadi.
Ma’muriy jazo choralarini qo‘llashda sudlar huquqbuzarlik- ning xususiyatlarini, huquqbuzarning shaxsini, uning ayb darajasi, mulkiy holati, aybini yengillashtiruvchi va og‘irlashti- ruvchi holatlarni e’tiborga olishlari zarur.
Ma’muriy javobgarlikka tortish xo‘jalik sudining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qarorda sud hujjatlarida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar bilan bir qatorda javobgarlikka tortiluvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar, ushbu ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat ko‘rsatilishi lozim. Ma’muriy jarima undirib olishni qo‘llash to‘g‘risidagi xo‘jalik sudining qarori ustidan keltirilgan protest apellatsiya (kassatsiya)
tartibida ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat boji undirilmaydi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin