O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə143/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Ikkinchidan, fuqaroning shikoyati ko‘rib chiqilishi vaqtida u ishdan qolsa, turli joylarga borish, istiqomat qilish natijasida moddiy zarar ko‘rsa, bu zarar ham shikoyatni keltirib chiqarishga sabab bo‘lgan g‘ayriqonuniy xatti-harakat sodir etgan yoki noqonuniy qaror qabul qilgan idora, mansabdor shaxslar hisobidan qopla- nadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida bozor munosa- batlaridan kelib chiqib, mulkiy zarar va uni qoplash tartiblari mukammal belgilangan. Ushbu Kodeksning 14-moddasida qayd etilishicha, zarar deganda - huquqi buzilgan shaxsning buzilgan
huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi kerak bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganda odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Fuqarolik kodeksining 15-moddasida esa zararni to‘lash tartibi ko‘rsatilgan bo‘lib, davlat idoralari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslari- ning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizliklari), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan to‘lanishi kerak.
Moddiy zarar va xarajatlarni undirish bilan bog‘liq nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Fuqaroning tuhmat va haqorat ruhidagi yoxud milliy adovat qo‘zg‘atishga va jinoiy jazolanadigan boshqa xatti-harakatlar sodir etishga da’vat qiluvchi murojaatni berganligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlar fuqarolarga murojaat qilish borasida keng huquqlar berib, ularning samarali kafolatlarini belgilar ekan, murojaatlar boshqalarni, ya’ni davlat organlari, jamoat birlashmalari, tashkilot, korxona, muassasa, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonuniy manfaatiga, sha’niga, qadr-qimmatiga, or-nomusiga, obro‘siga zarar keltir- masligini ham nazarda tutadi.
Murojaatlar tuhmat, haqoratlardan holi, milliy adovat qo‘zg‘atishga qaratilmagan bo‘lishi va ularda jinoiy jazolanadigan turli xatti-harakatlar sodir etishga da’vatlar bo‘lmasligi kerak. Agar murojaatlarda shunday holatlar bo‘lsa, murojaat qiluvchi qonunga asosan javobgarlikka tortiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasida tuhmat qilish, 140-moddasida haqorat qilish; 237-moddada yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarliklar belgilangan.
Fuqarolarning har qanday murojaatlari davlat idoralari, jamoat birlashmalari faoliyatiga ma’lum darajada tasir ko‘rsatadi.
Murojaatlarni qabul qilib, qayd etish, uni tegishli rahbarlarga yetkazish, murojaatlarni ularning ko‘rsatmasi asosida mohiyati jihatidan hal qilish vakolatlariga ega shaxslarga yetkazish, ular yuzasidan qabul qilingan hujjatlarni qayd etish, murojaat qiluvchiga natijani ma’lum qilish jarayonida bir necha kishilar band bo‘ladi, ko‘plab vaqt sarflanadi, davlat organlari xodimlari- ning ortiqcha vaqtini oladi. Davlat organlarining mansabdor shaxslari asosiy vazifalaridan tashqari murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal qilish bilan ham shug‘ullanadilar. Agar murojaat- larni tekshirishga yana qo‘shimcha xodimlar, mutaxassislarni jalb qilish ham qo‘shilsa, murojaatlarni joylarga borib tekshirish, qo‘shimcha hujjatlar olish uchun qilingan xarajatlarni hisobga olinsa, har bir murojaatni ko‘rib hal qilish va uning javobini murojaat qiluvchiga yetkazish uchun ma’lum miqdorda mablag‘ sarflanadi. Agar murojaatdagi ma’lumotlar, talab, istaklar to‘g‘ri bo‘lib, ularning qondirilishidan fuqarolar manfaatdor bo‘lsa, adolat tiklansa, kamchiliklar bartaraf etilsa, sarflangan xarajatlar asosli sarflangan hisoblanadi. Mabodo, murojaatlardagi ma’lumot- lar soxta, asossiz bo‘lsa, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muas- sasalar, jamoat birlashmalarining murojaatlarini tekshirish jarayo- nida ko‘rgan moddiy zarari qasddan soxta ma’lumotlarni vaj qilgan fuqarolardan undiriladi. Bu qoida soxta murojaatlar, bo‘lar-bo‘lmas, asossiz shikoyatlar vujudga kelishining oldini oladi.
Murojaatlarni ko‘rish jarayonida idora, tashkilot, muassasa, korxona va jamoat birlashmalarining zarari sudning qaroriga binoan undiriladi.
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari- ning har bir talab va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni qonunda barcha davlat hokimiyati organlari, korxona, tashkilot, muassasalar ta’minlashi nazarda tutilgan. Bu vazifa barcha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ham taalluqlidir.
Har bir vazirlik, davlat qo‘mitasi va markaziy muassasa fuqa- rolarning murojaatlarini ko‘rib hal qilish bilan birga, o‘zlariga bo‘ysunuvchi tuzilmalarda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilish ahvolini nazorat qiladilar.
Mazkur qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishini sud organlari ham nazorat qiladilar.
Murojaatlarni ko‘rish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining amal qilishini nazorat qilish borasida mahalliy hokimiyat organlari, xalq deputatlari kengashlari va hokimlar zimmasiga alohida vazifalar yuklangan. Konstitutsiyaning 100-moddasida ularning asosiy vazifasi sifatida «qonuniylik, huquqiy-tartibot va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash» belgilangan bo‘lib, bu bevosita qonunlarni, jumladan, fuqarolarning murojatlari to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish vazifasini keltirib chiqaradi. Mahalliy davlat hoki- miyati to‘g‘risidagi qonunning 1, 24, 25-moddalarida ham mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining bu boradagi vazifalariga taalluqli masalalar qonuniy ifodasini topgan.
Konstitutsiyaning 118-moddasi va prokuratura to‘g‘risidagi qonunning 1-moddasiga asosan respublika hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni respublika Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar.
Prokurorning nazorat faoliyati respublikaning barcha vazirlik- lari, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati organlari, hokim- lar, shuningdek bo‘ysunishdan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar faoliyatiga qaratiladi. Ya’ni, deyarli barcha fuqarolarning murojaatlari bilan to‘qnash keluvchi, shikoyatlar bilan ishlovchi organlarning fao- liyati prokuror nazorati ostida bo‘ladi. Bu esa faqat bir sohadagi, ya’ni fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjat- lariga amal qilish ustidan prokuror nazorati o‘rnatilishini alohida mustahkamlagan.
Prokurorlar nazorat faoliyati natijasida fuqarolarning muro- jaatlari to‘g‘risidagi qonun talablarining buzilganligi hollarini aniqlaganlarida fuqarolarning huquqi buzilgan bo‘lsa, uni tiklash, qonuniy manfaatlarni himoya qilish, huquqbuzarlarni javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib, tegishli chora-tadbirlar belgilaydilar. Prokuratura to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasiga asosan proku- rorning talablarini bajarish shart.
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari- ning buzilishi hollari aniqlangan vaqtda prokurorlar o‘z vakolatlari
doirasida: tegishli idora, tashkilot va mansabdor shaxslarning noqonuniy qarorlari ustidan protest keltirishlari, zarur bo‘lsa, qonunga asosan jinoiy, ma’muriy yoki intizomiy ish qo‘zg‘atishlari; ularni ko‘rib chiqishni jamoatchilik ixtiyoriga topshirishlari, qonunni ochiqdan-ochiq buzilishi hollariga chek qo‘yish to‘g‘risida amrnoma berishlari; qonunni buzmaslik to‘g‘risida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirishlari; qonun buzilishiga olib kelgan sharoit, sabablarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishlari; fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida sudlarga murojaat etishlari mumkin.
Fuqarolar o‘zlarining ko‘pgina murojaatlarini ommaviy axbo- rot vositalariga: gazeta, jurnal, radio va televideniyega yo‘llaydilar. Bunday murojaatlar asosan takliflar, fikr-mulohazalar bo‘lsa- da, ommaviy axborot vositalariga tegishli idora va tashkilotlardan o‘z talablariga ishonchli javob ololmagan shaxslar ham yordam so‘rab, o‘zlarining qonuniy manfaatlarini amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatishini iltimos qiladilar. Shuning uchun ham ommaviy axborot vositalarini «to‘rtinchi hokimiyat» deb ataladi.
Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan murojaatlar jamoatchilik nazarida bo‘lganligi bois ta’siri kuchli. Undagi xabarlar natijasida tegishli idora va tashkilotlardagi kamchiliklar jamoatchilikka ma’lum bo‘lib qoladi.
Ommaviy axborot vositalariga yo‘llangan murojaatlar, ularda e’lon qilinishi yoki hal etish uchun tegishli tashkilotlarga yuborilib, nazoratga olinishi, kuzatib borilishi ham mumkin. Ayrim hollarda murojaatlardagi faktlarni ommaviy axborot vositalari o‘z vakillari orqali tekshirishi ham mumkin.
Ommaviy axborot vositalari murojaatlarni tegishli tashkilot va idoralarga yuborganda, bu haqda fuqarolarni xabardor qiladi. Ular orqali tushgan takliflarni ko‘rib hal qilishda idora va tashkilot- larning mas’uliyati yanada oshadi. Ular murojaatlarni ko‘rish natijasi haqida ommaviy axborot vositasi hamda murojaat qiluvchi fuqaroga ma’lumot yuborishi taqozo etiladi.
Murojaatlar ommaviy axborot vositalari vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan tushgan bo‘lsa, ular ommaviy axborot vositalari tomonidan qonun talablari asosida hal qilinadi.
Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan murojaatlar orqali respublika aholisining davlat, qonunchilik, qonuniylik, huquq- tartibot, iqtisodiy va ma’naviy sohalarga taalluqli fikrlarini o‘rga- nish, davlat organlari, jamoat birlashmalari faoliyati, fuqarolarning turmush tarzi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish mumkin.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar




    1. Qonuniylik deganda nimani tushunasiz?

    2. Qonuniylik tushunchasi qanday qoidalarni o‘z ichiga oladi?

    3. Huquq-tartibot deganda nimani tushunasiz?

    4. Qonuniylik va huquqiy-tartibotni ta’minlashning qanday usullari mavjud?

    5. Davlat hokimiyati organlarining nazorati bilan davlat boshqaruv organlarining nazoratidagi farqni ayting.

    6. O‘zbekiston Respublikasining qaysi qonunlari bilan fuqarolarning murojaat qilishlari tartibga solinadi?

    7. Davlat boshqaruvida fuqarolarning murojaatlari qanday ahamiyatga ega?

    8. Fuqarolarning murojaatlari qanday turlarga bo‘linadi?

    9. Fuqarolarning yozma murojaatlariga qanday talablar qo‘yiladi?

    10. Fuqarolarning murojaatlari qachon «anonim» deb topiladi?

    11. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi buzilganda qanday javobgarliklar belgilanadi?






  1. bob

DAVLAT BOSHQARUVIDA KONTRO


1-§. Davlat boshqaruvida kontrol1 tushunchasi, turlari va ahamiyati


Davlat boshqaruvining asosiy prinsiðlaridan biri qonuniylikdir. Shu sababli davlat, uning barcha organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ish ko‘radilar. Qonun asosida huquqiy tartibni, jamiyat manfaatlarini, fuqarolarning huquq va erkinlikla- rini muhofaza qiladilar. Davlat boshqaruv organlarining huquqiy hujjatlari va amaliy faoliyati qonunlarga muvofiq bo‘lib, qonunga mos kelmaydigan yoki fuqarolarning qonuniy manfaatlarini buzadigan hujjatlar belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Davlat boshqaruvida qonuniylik kontrol (ichki nazorat) va nazorat davlat boshqaruv organlarining g‘ayriqonuniy harakatlari ustidan shikoyat berish usullari yordamida amalga oshiriladi.
Kontrol va nazoratning bir-biridan farqi nimada, degan savol tug‘ilishi mumkin.
Kontrol hamma vaqt yuqori organlar tomonidan ularga bo‘y- sunuvchi quyi organlarning faoliyatini tekshirish jarayonida qo‘llaniladi. Kontrol usulini qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan organlar o‘zlariga bo‘ysunuvchi obyektlarning moliyaviy, xo‘jalik, tashkiliy va boshqa xil faoliyatini o‘rganib chiqib, shu faoliyat davomida ularning qonunlarga qanchalik rioya etganliklarini aniqlaydi. Agar qonunlar buzilayotgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llaniladi va ularning chiqargan huquqiy hujjatlari bekor qilindi. Nazorat faoliyatini olib borish vakolati ayrim organlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ular o‘zlariga bo‘ysunmagan obyektlar ustidan nazorat o‘rnatadilar. Qonun yoki



1 “Kontrol” fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish maqsadidagi «kuzatish» degan ma’noni anglatadi // ¤çáåk òèлèíèíã èçîµлè лó²аòè. – Ì., 1981. – 397-á.

o‘rnatilgan maxsus tartib buzilganligi aniqlansa, nazorat olib boruvchi organlar tartibni buzgan shaxsga nisbatan ma’muriy chora qo‘llashlari mumkin, lekin obyektlar tomonidan chiqarilgan g‘ayriqonuniy hujjatlarni bekor qila olmaydilar. Nazorat proku- ratura va maxsus davlat nazorati organlari tomonidan, kontrol (ichki nazorat) esa barcha yuqori organlar tomonidan olib boriladi. Qonun va davlat tartibi buzilishining oldini olish hamda bunday hollarga chek kuyish maqsadida davlat ichki nazorati o‘rnatiladi. Bunday kontrol: 1) davlat hokimiyat organlarining kontroli; 2) davlat boshqaruv organlarining kontroli; 3) sud organlarining
kontroliga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan, Oliy Majlis qonunlarining ijrosini nazorat qilib turish uchun deputatlar orasidan qo‘mitalar va komissiyalar saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushirgan tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod etadi; respublika boshqaruv organ- larining, shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini bekor qiladi.
Mahalliy hokimiyat organlari esa qonuniylikni, huquq-tarti- botni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaydi hamda shu masalalar bo‘yicha o‘z hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilot- larning faoliyatini tekshirib turadi.
Davlat boshqaruv organlarining kontroli ikki turda, ya’ni umumiy vakolatli va maxsus vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘ri- sida»gi qonunining 7-moddasiga asosan, Vazirlar Mahkamasi:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega.

Ushbu qonunning 11-moddasiga ko‘ra:

  • viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mah- kamasi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir

takliflarini ko‘rib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga;

  • viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjat- lariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish hamda ularni bekor qilishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan qonun va qarorlarning, Prezidentning farmonlari va xo‘jalik qonunlarining, ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning bajarilishi, davlat va ijro intizomiga rioya etilishini tekshirish — «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Nazorat bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 17-fevral farmoniga asosan tashkil etilgan Nazorat inspeksiyasi va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kontrol — barcha yuqori organlar tomonidan o‘zlariga bo‘y- sunuvchi quyi organlarning, korxonalarning va tashkilotlarning faoliyatini tekshirishdan iborat.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin