O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə139/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Birinchisi — xatti-harakat (qaror) natijasida fuqaroning huquqlari va erkinliklari buzilgan bo‘lsa yoki shikoyat qiluvchi shaxs shunday deb hisoblasa. Masalan, shaxsni ma’muriyat o‘z tashabbusi bilan mehnat qonunlari qoidalaridagi tartibga rioya qilmasdan ishdan bo‘shatsa yoki hamma asoslar bo‘lgan holda shaxsning talabi qondirilmasa va boshqalar shikoyatga asos bo‘ladi. Bu harakatlar barcha qonun talablariga javob bo‘ladigan tartibda amalga oshirilgan vaqtlarda ham shaxs sudga shikoyat qilishi hollari ham uchraydi, biroq, bu shaxsning qonun talablarini bilmasligi natijasi bo‘lib, bunday shikoyatlar asossiz hisoblanadi. Lekin ular ham sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilib olinishi va shikoyatga asosli javob berilishi kerak.
Ikkinchisi — fuqaroning o‘z huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishga xatti-harakat (qaror) to‘sqinlik qilsa, bu ham shikoyat qilish uchun sabab hisoblanadi. Masalan, saylov vaqtida fuqaro asossiz ravishda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilmasa (bu uning saylov huquqini amalga oshirishga monelikdir), so‘z, matbuot, fikrlash erkinligi buzilsa, bular sudga shikoyat qilishga asos bo‘ladi.
Uchinchisi — fuqaro zimmasiga qonunda belgilangan tartiblar- dan tashqari va qonunga zid majburiyatlar yuklansa. Masalan, Konstitutsiyaning 37-moddasida qonunda ko‘rsatilgan hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi, degan qoida bor. Ana shunga zid ravishda shaxsga mehnat qilish majburiyati yuklansa, yoki mehnat qonunlariga xilof ravishda voyaga yetmaganlar, ayollar taqiqlangan ishlarga jalb qilinsa, qonunda belgilanmagan to‘lovlar to‘lashga majbur qilinsa, bunday xatti-harakatlar (qarorlar) sudga
shikoyat qilish uchun asos hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan uch turdagi sudga shikoyat qilishga loyiq xatti-harakatlar (qarorlar) fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Fuqarolar o‘z shikoyatlari bilan murojaat qilishlari mumkin bo‘lgan obyektlarning (shikoyatlarni hal qiluvchi organ, tashkilot- larning) ikki turini ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, har qanday huquq va erkinlik buzilishiga sabab bo‘lgan xatti-harakatlar ustidan bevosita odil sudlov organlariga shikoyat bilan murojaat qilish mumkin.
Ikkinchidan bo‘ysunish tartibiga rioya qilgan holda yuqori turuvchi organ, tashkilot yoki mansabdor shaxslarga shikoyat bilan murojaat qilish mumkin.
Mazkur qoida fuqarolarga shikoyat bilan murojaat qilishning muqobil imkoniyatini tug‘diradi. Ya’ni, bevosita shikoyat bilan ular sudga murojaat qiladilarmi yoki bo‘ysunish tartibi asosida turli davlat organlari, mansabdor shaxslarga murojaat qiladilarmi

  • bu fuqaroning ixtiyoriga havola, kimga bevosita murojaat qilishni fuqaroning o‘zi tanlaydi. Shikoyatlarni avval bo‘ysunish tartibida yuqori organlarda ko‘rib chiqilmaganligi, sudlarga shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etishga asos bo‘lmaydi.

«Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunga asosan, shikoyatlar bir oy ichida ko‘rib chiqib hal qilinishi kerak. Uzrli sabablar bilan shikoyatni ko‘rish muddati cho‘zilishi bundan mustasno. Shikoyat berilgan idoralar, karxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar shikoyatni qanoatlantirishni rad etgan bo‘lsa, bu qarorga shikoyat qiluvchi shaxs rozi bo‘lmasa yoki shikoyat qiluvchi shaxs bir oy muddat ichida shikoyati yuzasidan javob olmagan bo‘lsa (shikoyatning qanoatlantirilgani, rad etilgani yoki ko‘rish muddati uzaytirilganligi haqida), bunday holda ham shikoyat bilan sudga murojaat qilishga haqli. Endi bu shikoyat yoki avvalgi holida berilishi yoki unga tegishli idora, mansabdor shaxs shikoyatni qanoatlantirimaganligi yoki vaqtida ko‘rmaganligi haqidagi masalalar qo‘shilishi mumkin. Bunday shikoyatlarda fuqarolar o‘zlarining huquq, erkinlik va manfaatlarining ikki marta buzilganligi haqida shikoyat qiladilar: birinchisi - ushbu shikoyatni
keltirib chiqargan xatti-harakat (qaror); ikkinchisi - shikoyatni qanoatlantirmaganligi yoki muddatida ko‘rilmaganligi haqida norozilik.
Sudga faqatgina huquq va erkinliklari buzilgan fuqarolar shaxsan shikoyat bilan murojaat qilmay, balki ular o‘rniga bunday shaxslarning vakillari ham murojaat qilishlari mumkin.
Qonun fuqaroning qaysi sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkinligi masalasida ham muqobillik, ya’ni fuqarolarga tanlov huquqini beradi. Unga asosan fuqaro o‘z shikoyati bilan yo o‘zi yashab turgan joydagi sudga yoki xatti-harakati (qarori) ustidan shikoyat qilinayotgan idora, tashkilot, mansabdor shaxs joylashgan sudga murojaat qilishi mumkin.
Harbiy xizmatchilar ham o‘z huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish huquqiga ega. Ularning huquq va erkinliklari harbiy organlar, harbiy boshliqlar tomonidan buzilsa, ularning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan harbiy sudlarga shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin. Harbiy xizmatchilarning yuqori turuvchi mansabdor shaxslariga murojaati,
«Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunda nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi.
Fuqarolarning yozma murojaatlarida albatta ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotlar quyidagilardan iborat: 1) familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) yashash joyi to‘g‘risida ma’lumot, ya’ni murojaat qiluvchining manzili (viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, mavze, uy, xonalar nomi va raqamlari aniq ko‘rsatilishi kerak);

  1. taklif, ariza va shikoyatning aniq mohiyati bayon qilinishi kerak. Qonunda ko‘rsatilmasa ham murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rilishi uchun murojaat qiluvchi shaxs haqiqatan shu kishi ekanligini aniqlashda muhim rol o‘ynovchi ayrim qaydlar borki, ularning murojaatlarda albatta bo‘lishi maqsadga muvofiqdir (masalan, murojaat berilgan muddatning ko‘rsatilishi, murojaat

qiluvchining shaxsiy imzosi bo‘lishi va hokazo).
Murojaatda shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi haqida aniq ma’lumot bo‘lmasa, bunday murojaat anonim hisoblanib, uni qarab chiqmaslik uchun asos bo‘ladi. Sobiq ittifoq davrida anonim murojaatlar ham ko‘rib chiqilgan. Uni tekshirish
uchun ko‘plab davlat idoralari, mas’ul xodimlar, asosiy ishdan chalg‘ib, murojaatni (aksariyat hollarda bunday murojaatlar asossiz bo‘lib, o‘ch olish maqsadida, ko‘pincha halol kishilarga tuhmat qilishni nazarda tutgan) tekshirish bilan band bo‘lgan. Buning uchun katta mablag‘lar sarflanib, asabbuzarliklarga olib kelgan. Shu bois ham bugungi kunda bunday anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Murojaatlar ularda qo‘yilgan masalalarning hal qilish vakolatiga qarab idoralarga, korxona, tashkilot, muassasalarga, mansabdor shaxslarga va turli vakillik organlariga beriladi. Bunda qaysi idora yoki tashkilot qanday vakolatga egaligini bilish muhimdir. Buning uchun murojaat qiluvchi huquqiy maslahat olib, keyin murojaat qilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Natijada zaruratsiz boshqa organlarga murojaat qilishning oldi olinadi va murojaat qiluvchining vaqti tejaladi, u o‘z talabiga tez va qoniqarli javob topadi. Murojaat- larning ularda ko‘tarilgan masala vakolatiga kirmaydigan idoralarga tushishi, murojaatning hal bo‘lishini kechiktiradi va davlat organlari faoliyatiga zarar yetkazadi.
Fuqarolarning o‘z murojaatlarini xalq vakillari - deputatlarga yo‘llash huquqi mavjud. Shu bilan birga, deputat fuqarolarning murojaatlarini hal qilish uchun tegishli idoralarga yuborgan bo‘lsa, ularda murojaatlarni ko‘rib hal qilish ahvolini nazorat qilish yoki murojaatlar ko‘rilayotgan paytda shaxsan ishtirok etish huquqiga ega.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib hal qilishda deputatlarning ishtiroki ular murojaatlarining to‘g‘ri hal qilinishi uchun qo‘shim- cha kafolatdir.
Fuqarolarning murojaatlari ularda qo‘yilgan masalalarni hal qilish vakolatiga ega bo‘lmagan idoralarga, jamoat birlashmalariga yoki korxona, tashkilot, muassasa hamda mansabdor shaxslarga yuborilgan bo‘lsa, bu masala «bizning vakolatimizga kirmaydi», degan sabab bilan, murojaat qiluvchiga aslo qaytarilmasligi kerak. Qonun bunday hollarda murojaatni qabul qilgan tashkilot uni vakolatli organ va mansabdor shaxslarga yuborishi zarurligini belgilaydi. Murojaat vakolatli organ yoki mansabdor shaxslarga 5 kun muddat ichida yuborilishi va u qaysi organga jo‘natilganligi
haqidagi aniq ma’lumot murojaat qiluvchiga albatta yetkakzilishi kerak.
Qonun talablariga rioya qilib berilgan murojaatlar undagi talabni qondirish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’i nazar, albatta ko‘rib chiqilishi shart. Talabni bajarish imkoniyati yo‘q deb, murojaatlarni ko‘rmay qaytarish, shuningdek, murojaatlarni turli sabablar bilan qabul qilishni rad etish mumkin emas.
Fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga jo‘natish uchun zarur ma’lumotlar aks ettirilmagan bo‘lsa, besh kun muddat ichida batafsil va aniq tushuntirishlar bilan u murojaat qiluvchiga qaytariladi. Bu murojaatni ko‘rishdan voz kechish emas, uni tegishli organ (tashkilot)larda to‘g‘ri va tez hal qilishga qaratilgan tadbirdir.
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilishining o‘ziyoq o‘z-o‘zidan bu huquq- ning amalga oshishini to‘la ta’minlaydi, degan xulosani keltirib chiqarmasligi kerak. Fuqarolarning murojaat qilish huquqining to‘la amalga oshishi uchun qo‘shimcha tadbirlar ham belgilangan bo‘lib, bunga qonunning shu nomdagi moddasi misol bo‘la oladi. Ya’ni fuqarolarning murojaatlari tegishli idora va tashkilotlarda belgilangan tartibda va muddatda ko‘rib hal qilinishi kerak, ular murojaat qilganliklari, undagi talab va istaklari, huquq-tartibot, davlat organlaridagi tartibbuzarliklardan xabar berganliklari uchun o‘zlari va oila a’zolari ta’qibga uchramasligi kerak. Agar shunday hol yuz bersa, bunga fuqarolarning huquqlarini qo‘pol ravishda buzish deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida (144-m.) bunday harakat uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Unga asosan
«Fuqaroni davlat organiga, korxona, muassasa, tashkilot yoki jamoat birlashmasiga murojaat qilganligi yoki murojaatda bayon etilgan tanqid, shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta’qib qilish - eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Fuqaro tegishli idora va mansabdor shaxslarga murojaat qilar ekan, undan
murojaatini himoyalash uchun ma’lum xatti-harakatni qilish talab etilmaydi. Bu vazifa, ya’ni murojaatni hal qilish davlat idoralari va tashkilotlarining vazifasidir.
Sud fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilib olgach, shikoyatni ko‘rib hal qilish davomida quyidagi ayrim harakatlarni amalga oshiradi:

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin