O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə137/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Qonuniylik va huquqiy-tartibot kafolatlari va ularni ta’minlash usullari. Jamiyatda kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlar qonunlar bilan tartibga solinar ekan, ularni hayotda to‘g‘ri qo‘llash, ya’ni qonuniylik tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvida qonuniylik kontrol, nazorat va davlat boshqaruv organlarining g‘ayriqonuniy harakatlari ustidan shikoyat
berish usullari yordamida amalga oshiriladi.
Kontrol hamma vaqt yuqori organlar tomonidan ularga bo‘ysunuvchi quyi organlarning faoliyatini tekshirish jarayonida qo‘llaniladi. Kontrol usulini qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan organlar o‘zlariga bo‘ysunuvchi obyektlarning moliyaviy, xo‘jalik, tashkiliy va boshqa xil faoliyatini o‘rganib chiqib, shu faoliyat davomida ularning qonunlarga qanchalik rioya etganliklarini aniqlaydi. Agar qonunlar buzilayotgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llaniladi va ularning chiqargan huquqiy aktlarini bekor qiladi. Nazorat olib boruvchi organlar esa o‘zlariga bo‘ysunmagan obyektlar ustidan nazorat o‘rnatadi. Qonunchilik, o‘rnatilgan maxsus tartib buzilgani aniqlansa, nazorat olib boruvchi organlar tartibni buzgan shaxsga nisbatan ma’muriy chora qo‘llashlari mumkin, lekin obyektlar tomonidan chiqarilgan g‘ayriqonuniy aktlarni bekor qila olmaydilar. Nazorat prokuratura va maxsus davlat nazorati organlari tomonidan, kontrol esa barcha yuqori organlar tomonidan olib boriladi.
Qonun va tartib buzilishining oldini olish hamda bunday hollarga chek qo‘yish maqsadida nazoratning quyidagi turlari amal qiladi:
Davlat hokimiyat organlarining nazorati — Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Davlat boshqaruv organlarining nazorati — MXX, IIV, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq organlari va hokazolar tomonidan olib boriladi;

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin