O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə66/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Huquqbuzarlikning qanday uslubda sodir etilganligi ham ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibini vujudga keltiruvchi xusu- siyatlardan biridir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 183-moddasida mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar
bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, qonun chiqaruvchi, qilmishning jamiyatga nisbatan yaqqol mensimaslik uslubida sodir etilishini ko‘rsatib o‘tadi.
Ma’muriy huquqbuzarlikni takroran sodir etish — huquqbu- zarlik obyektiv tomoni xususiyatlaridan biri bo‘lib, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning ko‘pgina moddalarida nazarda tutilgan. Lekin amaldagi O‘zbekiston Respublikasining MJTKda ma’muriy huquqbuzarlikni takroran sodir etish tushun- chasi berilmagan. Ma’muriy huquqbuzarlikni takroran sodir etish deganda, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan bir yil davomida turdosh (bir xil yoki o‘xshash) ma’muriy huquq- buzarlik sodir etishni tushunish lozim. Huquqbuzarlikni takroran sodir etish aybdor shaxsga nisbatan javobgarlik sanksiyalarida nazarda tutilgan og‘irroq jazo chorasini qo‘llashga sabab bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 190-moddasiga binoan fohishalik bilan shug‘ullanish, - eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining uch baravaridan besh barvarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomonining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari (qilmshini sodir etish vaqti, joyi, uslubi, takroran sodir etshi va hokazo) barcha huquqbuzarliklarga ham xos emas, balki ular ma’muriy huquqbuzaplik tarkibining fakultativ belgilari hisoblanadi.
Huquqbuzarlik tarkibining fakultativ belgilaridan farqli ravish- da, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik, ularni sodir etishdan kelib chiqadigan zararli oqibat hamda zararli oqibat bilan qilmish o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish - ma’muriy huquqbuzarlik tarki- bining majburiy xususiyatlari hisoblanadi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs — ma’muriy huquqbu- zarlikning subyekti hisoblanadi. Bularga 16 yoshga to‘lgan aqli raso
shaxs, mansabdor shaxs, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, harbiy xizmatchilar va intizom ustavi tatbiq etiladigan boshqa shaxslar kiradi1.
Huquqbuzarning huquqqa xilof qilmishni sodir etishda aybi mavjud bo‘lganida, uni javobgarlikka tortish mumkin. Ayb - sodir etilgan qilmishga nisbatan shaxsning ruhiy munosabatidir. Ayb ikki shaklda: qasd va ehtiyotsizlikda ifodalangan bo‘lishi mumkin. Ayb - ma’muriy huquqbuzarlik subyektiv tomonining majburiy xususiyati hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni — bu huquq- buzarlik subyekti (jismoniy shaxs)ning huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik hamda uning oqibatlariga nisbatan ruhiy munosabati hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik aybning ikki shaklida ham, ya’ni qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 11-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi g‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘lsa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi yetgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 61-moddasida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot- larning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, man- sab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Ushbu qilmish qasddan sodir etiladi. Huquqbuzar mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suvis- te’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish kabi harakatlarning huquqqa xilof ekanligini biladi, uni sodir etish orqali korxonaga zarar yetkazilishiga ko‘zi yetadi va uning yuz berishini istaydi.




1 “Ma’muriy javobgarlik subyektlari” darslikning 11-bobida batafsil yori- tilgan.
Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish ikki ko‘ri- nishda bo‘lishi mumkin:

  1. to‘g‘ri qasd, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi g‘ayrihuquqiy ekanligini biladi, uning zararli oqibatlariga ko‘zi yetadi va uning yuz berishini istaydi;

  2. egri qasd, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi g‘ayrihuquqiy ekanligini biladi, uning zararli oqibatlariga ko‘zi yetadi va bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi.

O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 12-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga oldindan ko‘zi yetsa-da, lekin kaltabinlik bilan uning oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘lgani holda oldindan ko‘zi yetmagan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquq- buzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
Huquqbuzarlik faqat qasddan sodir etilishi mumkin. MJTK Maxsus qismining ayrim moddalarida aybning qasddan sodir qilingan shakli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tiladi. Bular ma’muriy huquqbuzarliklarning harbiy biletni, harbiy hisob hujjatlarini qasddan yaroqsizlantirish (236-m.), muhrlar (plombalar)ni qasddan buzish yoki yulib olish (228-m.) kabi tarkiblaridir. Biroq ko‘pchilik hollarda huquqbuzarlik tarkibining subyektiv tomoni to‘g‘risida Maxsus qismning tegishli moddasida keltirilgan barcha belgilarni tahlil qilish asosidagina xulosa chiqarish mumkin. Qasddan sodir etilgan ayb, xususan, albatta g‘arazli niyat bilan bog‘liq bo‘lib, maqsad belgisi guvohlik beradigan, masalan, militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, mayda bezorilik qilgan vaqtda jamiyatdagi xulq-atvor qoidalarini qasddan mensimaslik, transport vositasi haydovchisining mastlik holati to‘g‘risida ko‘rik- dan o‘tishdan bosh tortishi va hokazolar shular jumlasiga kiradi. Ham qasddan, ham ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar tarkibida qasddan sodir etilgan aybning mavjudligi aybdorga yanada qattiqroq jazo qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ma’muriy nojo‘ya xatti-harakatlarning moddiy tarkiblarida qasddan sodir etilgan ayb harakat yoki harakatsizlikning g‘ayri- huquqiy ekanligini anglab yetishdan tashqari, huquqbuzarning kelib chiqqan zararli oqibatlarga munosabatini ham o‘z ichiga oladi. Shaxsning bu oqibatlarga oldindan ko‘zi yetadi va shuni xohlaydi yoki ularning sodir bo‘lishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. Aytish mumkinki, oqibatlarga oldindan ko‘zi yetish g‘arazli niyatning aqliy jihatini ifodalaydi, zararli oqibatlarning boshlanishini istash yoki unga yo‘l qo‘ymaslik ixtiyoriy jihatni anglatadi. Ixtiyoriy jihatga bog‘liq ravishda bevosita g‘arazli niyat va bavosita g‘arazli niyat farqlanadi. Bevosita g‘arazli niyatda shaxs oqibatlarning kelib chiqishini istaydi, bavosita g‘arazli niyatda esa u faqat oqibatlarning boshlanishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. Muayyan ma’muriy huquqbuzarlik tarkibiga (shaxs bu huquqbuzarlikni sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi) kiradigan oqibatlarga oldindan ko‘zi yetish bilan ham, shuningdek, istash yoki yo‘l qo‘yish bilan ham qamrab olinishi lozim. Masalan, shaxs mayda o‘g‘rilik qilganda o‘zining ozroq miqdordagi mulk, ya’ni eng kam ish haqining bir miqdoridagi mulkni bepul, g‘arazli maqsad bilan egallab olayotganini anglab yetadi, buning natijasida mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonaga, muassasaga, tashkilotga shunday zarar yetayotganiga oldindan ko‘zi yetadi va shuni xohlaydi. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan aybning ikki shakli: ortiq darajada o‘ziga ishonish, ya’ni shaxsning o‘z harakati yoki hara- katsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga oldindan ko‘zi yetgan bo‘lsa ham, lekin yengiltaklik bilan ularning oldini olish mumkin deb o‘ylashi va beparvoligi, uning qonunda ko‘rsatilgan oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligiga oldindan ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘lgani holda ularga oldindan ko‘zi yetmagani
bilan farqlanadi.
O‘ziga ortiq darajada ishonganda shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligining zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga ko‘zi yetmagan bo‘lsa ham ularning oldini olish mumkin deb o‘ylaydi. Bunda u muayyan real imkoniyatlardan kelib chiqadi. Shunday holatga umid qiladi, ya’ni shaxs o‘zining va boshqalarning kuchi, bilimi va tajribasiga, tabiat kuchlariga va shu kabilarga ishonadi.
Masalan, u shunday vaziyatda, chunonchi, transport vositasini boshqarishni uni boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga berar ekan, o‘zining katta tajribasi va harakatning unchalik tez emasligi bilan u avariya holatining oldini olish mumkin, deb hisoblaydi. Basharti, bunday avariya holati kelib chiqadigan bo‘lsa, haydovchi o‘ziga ortiq darajada ishonishidan vujudga kelgan zararli oqibat uchun javobgar bo‘ladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin