§. O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy javobgarlikni liberallashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ikkinchi chaqiriq O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasida liberallashtirish konsepsiyasini ilgari surib, rivojlangan demokratik mamlakatlarda qo‘llanib kelinayotgan tamoyillar va talablarga javob beradigan mezonlar asosida huquqbuzarlik va jazo tizimini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlab o‘tdi1 . Ushbu tarixiy sanada O‘zbekiston Res- publikasining «Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual ko- dekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksiga o‘zgar- tirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 2001-yil 29-avgust qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun asosida O‘zbekiston Respub- likasi MJTKning 61, 164, 174, 176-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, MJTKning 61-moddasida belgi- lagan talon-toroj qilingan mulkning qiymati eng kam ish haqining besh baravaridan oshgandagina Jinoyat kodeksining 167-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortilishi belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, bir necha jinoiy xatti-harakatlarning birinchi marotaba sodir etilishi uchun ma’muriy javobgarlik (ma’muriy preyuditsiya) belgilandi. Ma’muriy qonunchilikning takomillashuvi respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning muhim bosqichlarini belgilab beribgina qolmay, balki milliy qonun- chiligimizning rivojlanishida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aytish joizki, mustaqillik yillarida ma’muriy qonunchilik tizimining
1Qarang: KapumoвИ.А.Õаâôñèçлèk âа òèí÷лèk ó÷óí kóðаøìî³ kåðаk. T.
10. –T., 2002. – 26-á.
shakllanishi va takomillashuvida muayyan natijalarga erishildi. Bu sohadagi islohotlarning muhim bosqichi sanalgan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tasdiq- lanishi va amalga kiritilishi, ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi ma’muriy qonunchilikning takomillashuvida katta ahamiyat kasb etdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari moni- toringi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasi MJTKga kiri- tilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida u yoki bu huquqqa xilof xatti-harakat (harakatsizlik) uchun ma’muriy javobgarlikni yoki kuchaytirilgan sanksiyalarni nazarda tutuvchi normalar yuzaga keldi. Sud-huquq sohasini isloh qilishning muhim tarkibiy qismi hisoblangan mavjud jazo tizimini liberallashtirish konsepsiyasining tatbiq etilishi natijasida bir necha jinoiy xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinib, faqat ma’muriy jazo qo‘llanil- gandan (ma’muriy preyuditsiya) keyin jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yildi. Ayrim turdagi ma’muriy huquqbuzarliklarning (O‘zbe- kiston Respublikasi MJTKning 40, 41, 1762, 1842, 1843, 189,
201, 2021, 225, 240, 239, 2931-moddalarida) ijtimoiy xavflilik darajasi, xususiyati inobatga olinib, ma’muriy jarimalar miqdori oshirildi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar) tizimida adliya organlariga, xo‘jalik sudlariga, soliq departamentiga, Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlariga, qishloq xo‘jaligi ekinlarini nazorat qilish davlat markazi organlariga ma’muriy yurisdiksiya vakolatlari berildi.
Yuqorida qayd etilgan qonun respublikamizda liberallashtirish konsepsiyasi dastlabki bosqichini huquqiy jihatdan asoslab berdi. Sud-huquq sohasidagi islohotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblangan liberallashtirish konsepsiyasi davomli, uzoq muddatga mo‘ljallangan izchil rivojlantirishni talab etadigan jarayondir.
Davlatimiz rahbarining «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish dasturi to‘g‘risida»gi 2005- yil 10-mart qaroriga muvofiq amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan bir necha tadbirlar qatorida: a)
ma’muriy jazo qo‘llaydigan organlar ro‘yxatini qisqartirish; b) javobgarlikning ayrim turlarini xo‘jalik yurituvchi subyektlardan mansabdor shaxslarga o‘tkazish; d) eskirgan va asossiz, og‘ir ma’muriy huquqbuzarlik turlarini kamaytirish; e) ma’muriy sanksiya miqdorlarini kamaytirish va ularni qo‘llash tartibini tako- millashtirish; f) xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga noqonu- niy aralashganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini o‘zida ifoda etuvchi yangi tahrirdagi O‘zbekiston RespublikasiningMa’muriyjavobgarlikto‘g‘risidagikodeksiloyihasini ishlab chiqilishi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining takomillashuvida muhim bosqich bo‘ldi. Shu bilan birga ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini liberallashtirish asosida uni takomillashtirishning
quyidagi asosiy yo‘nalishlarini belgilash mumkin:
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining muntazam monitoringini olib borish;
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini unifikatsiyalash;
ma’muriy qonunchilik institutlarini rivojlantirish;
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida liberallashtirish konsepsiyasi negizida yuzaga kelgan yarashuv, jamoatchilik nazorati kabi institutlarning tatbiq etish mexanizmini ishlab chiqish.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Ma’muriy javobgarlik deganda nimani tushunasiz?
Ma’muriy javobgarlik subyektlarini aniqlang.
Ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish asoslari deganda nimani tushunasiz?
Mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Voyaga yetmaganlar ma’muriy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Ma’muriy javobgarlikni liberallashtirish asoslari haqida so‘zlab bering.