O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishning vazifalari, prinsiðlari va umumiy qoidalari



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə122/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishning vazifalari, prinsiðlari va umumiy qoidalari


Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish — ma’muriy protsess tarkibidagi ma’muriy yurisdiksiyaviy faoliyat- ning alohida turi bo‘lib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarini qo‘zg‘atish, ish bo‘yicha dalillar to‘plash, protsessual hujjatlar tuzish, ularni ko‘rib chiqish hamda ishni tugatishgacha bo‘lgan harakatlar majmuidan iborat.


Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning asosiy vazifalari:

    1. har bir ishning holatini o‘z vaqtida, har tomonlama, to‘la va obyektiv ravishda aniqlash;

    2. ishlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etish;

    3. chiqarilgan qaror ijrosini ta’minlash;

    4. ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va shart sharoitlarini aniqlash;

    5. huquqbuzarlikning oldini olish;

    6. fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash;

    7. qonun ustunligini ta’minlash va mustahkamlash.

Har bir ishning holatini o‘z vaqtida, har tomonlama, to‘la va obyektiv ravishda aniqlash vazifasini tahlil qilganda huquqbuzarlik ishini to‘g‘ri ko‘rib chiqishda zarur bo‘lgan barcha holatlarni aniqlash lozim. Bunday holatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

      1. ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi;

      2. ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning ayb- dorlik darajasi;

  1. ma’muriy huquqbuzarlikning ma’muriy javobgarlikni vjudga keltirishi;

  2. mulkiy zarar keltirilganligi;

  3. ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashti- ruvchi holatlarning mavjudligi;

  4. huquqbuzarga oid, shuningdek ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar;

  5. ishni to‘htatishga olib keladigan holatlarning mavjudligi va boshqalar.

Ma’muriy huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha har bir holatni o‘z vaqtida aniqlash — ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya etishni nazarda tutadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish maz- muni nafaqat ishning holatini o‘z vaqtida, har tomonlama va to‘la aniqlab olishni, balki uning obyektivligi, xolisligini ham talab qiladi. Chunki bu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishning asosiy prinsiðlaridan biri — obyektivlikdir. Ushbu prinsiðdan kelib chiqib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar barcha holatlarni aniqlashlari shart. Obyektivlik ishga nisbatan adolatsizlik, taxminlarga asoslangan holda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning manfaatini ko‘zlab guvohlik beradigan holatlarni mensimaslikni istisno etadi. Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risi- dagi ishlarni yuritishning obyektivligi — ushbu jarayon ishtirok- chilariga, ularning shikoyatlari va boshqa murojaatlariga nisbatan hurmat bilan qarashni nazarda tutadi.
Amaliyotda ushbu prinsiðni amalga oshrish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi bilan bir qancha kafolatlar o‘rnatilgan (masalan: huquq- buzarlikka oid ishlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin) ma’lum bir holatda ishni ko‘rib chiquvchi davlat organi (mansabdor shaxslar) hujjatlarni talab qilib olishi, ekspertiza o‘tkazishi va boshqa cho- ralarni ko‘rishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni qonunchilik hujjatlariga binoan hal etish — ma’muriy faoliyatda qonuniylikni ta’minlashning asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi. Mazkur qoidaning mohiyati — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining 15 — moddasidan kelib chiqadi, huquqbuzar faqat qonun-
chilik xujjatlarida ko‘rsatilgan asoslarda va tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha chiqaril- gan qarorlarni ijro etish ham ish yuritishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha qarorlarni ijro etmaganlik, huqubuzarliklarga qarshi kurashishning samarasini pasaytiradi, qonuniylik prinsiðiga putur yetkazadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va shart- sharoitlarini aniqlash, uning ogohlantirish va bartaraf etish funksiyasi hisoblanadi. Ma’muriy-yurisdiksiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar nafaqat huquqbuzarlik sabablarini aniqlashlari, balki ushbu sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini ham ko‘rishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 313-moddasiga binoan, ishni ko‘rib chiquvchi organ(mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbu- zarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlar- ni aniqlaganda, bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risidagi taqdimnomani tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi. Rahbar taqdim kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida uni kiritgan organga (mansabdor shaxsga) ko‘rilgan chora haqida ma’lumot berishi shart.
Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, ma’muriy huquqbu- zarlik bo‘yicha ish yuritish - O‘zbekiston Respublikasida huquqbu- zarliklarning oldini olish, fuqarolarni O‘zbekiston Respublika- sining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash, shuningdek qonuniylikni mustahkamlashni nazarda tutadi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘ri- sidagi kodeksi, Oliy Majlisning qonunchilik hujjatlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun va qonun osti hujjatlari bilan belgilanadi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibiga ko‘ra ular quyidagi hollarda yuritilishi mumkin emas, qo‘zg‘atilgan ish esa to‘xtatilishi lozim:

  1. ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki belgisi yo‘q bo‘lsa;

  2. ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish paytida shaxs o‘n olti yoshga to‘lmagan bo‘lsa;

  3. g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo‘lsa;

  4. shaxs harakatni zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida sodir etganda;

  5. amnistiya aktining chiqishi, agar u ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilishini bekor qilsa;

  6. ma’muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo‘lsa;

  7. ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish paytida MJTKning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tib ketgan bo‘lsa;

  8. vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxsga nisbatan shu fakt yuzasidan ma’muriy jazo berish yoki ishlarni tugatish to‘g‘risida qaror chiqa- rilgan bo‘lsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;

  9. ishni yuritish paytida shu shaxs vafot etgan bo‘lsa. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar barcha fuqarolar-

ning kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoli, irqi va millati, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga bo‘lgan munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyati, yashash joyi va boshqa holatlaridan qat’i nazar, qonun oldida va shu ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) oldida tenglik asosida ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish o‘zbek tilida, qora- qalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi. Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan protsess ishtirokchilariga tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘liq tanishish va ishning mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqish chog‘ida qatnashish huquqi, shuningdek o‘z ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ochiq ko‘riladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish- ning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday
ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yuritish jarayonida prokuror nazorati o‘rnatiladi. Bunda prokuror:

    1. ma’muriy ish qo‘zg‘atish;

    2. ishga oid hujjatlar bilan tanishib chiqish;

  1. ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yuritayotgan organ (mansabdor shaxs)ning harakatlari qonuniyligini tekshirish;

  2. ishni ko‘rib chiqishda qatnashish;

  3. ishni ko‘rib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar xusu- sida xulosalar berish;

q) ish yuzasidan qabul qilingan qarorga va shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga norozilik bildirish;
h) chiqarilgan qaror ijrosini to‘xtatib turish va qonunda belgilangan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishga oid ma’lumot haqiqiy hisoblanadi. Shu ma’lumotlarga asoslanib tegishli organlar (mansabdor shaxslar) ma’muriy huquqbuzarlik holati yuz bergan yoki bermaganligini, shaxsning aybdorligini va ishni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni qonunda belgilangan tartibda aniqlaydilar.
Ma’muriy huquqbuzarlik holatini ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) dalillarni baholaydi, ishning barcha holatlarini har tomonlama to‘la-to‘kis va obyektiv ravishda tekshirib chiqadi. Dalillar — bu ma’muriy huquqbuzarlik ishiga oid barcha faktik ma’lumotlar hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar orqali quyidagilar
aniqlanadi:

  • ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani yoki etilmaganligi;

  • shaxsning huquqbuzarlik sodir etishda aybdorligi;

  • ishni qonuniy ko‘rish uchun boshqa barcha holatlar. Ma’muriy huquqbuzarlik ishi quyidagi dalillar orqali belgi-

lanadi:

  1. ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma;

  2. ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushun- tirish xatlari;

  3. jabrlanuvchi, guvohlarning ko‘rsatuvlari va ularning ariza- lari hamda tushuntirish xatlari;

  4. ekspert xulosasi;

  5. ashyoviy dalillar;

  6. ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish to‘g‘risida tuzilgan bayonnomalar va boshqa materiallar;

Ishni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarlik holatida jinoyat belgilari bor degan xulosaga kelsa, u materiallarni prokurorga, dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga topshirishi shart.
Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yuritishning birinchi bosqichi ishni qo‘zg‘atishdir. Bunda vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilinganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Huquqbuzarlik sodir bo‘lgan joyda jarima solish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, MJTKning 283-moddasiga asosan, fuqaro o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirmasa va unga joyning o‘zida solinadigan jarimaning miqdori eng kam ish haqidan, yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa — bir baravaridan oshmasa, bayonnoma tuzilmaydi hamda jarima to‘langanligi to‘g‘risida aybdorga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi. Agar fuqaro o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa, u holda qonunga asosan bayonnoma tuzishi lozim. Bayonnoma savodli, xatosiz yozilishi, tushunchalar aniq va ravon bayon etilishi zarur. Bayonnomaning tuzilgan vaqti va joyi, tuzuvchining hamda unda tilga olinayotgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, lavozimi, manzili, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; ishni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi kerak. Bayonnomaga uni tuzgan shaxs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs imzo qo‘yadi; guvoh va jabrlanuvchilar bo‘l- ganda, ular ham imzo chekadilar.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda bayonnomaga shu haqda yozib qo‘yiladi. U bayonnomaning mazmuni yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirishga, bayonnomaga imzo qo‘ymasligining sabablarini bayon etishga haqli va bu mulohazalar bayonnomaga ilova qilinadi. Bayonnomani tuzish paytida huquqbuzarga MJTKning 294-
moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
Bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi.
Huquqbuzarlik sodir etilgan joyda bayonnomani tuzishning iloji bo‘lmasa, ichki ishlar organlari xodimi tomonidan huquq- buzar ichki ishlar organlari binosiga yoki militsiya tayanch punktiga yoxud o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga olib kelinishi mumkin. Transport vositalaridan foydalanish, harakat tartibini va xavfsizlikni saqlash, transportdagi yuklarni but saqlashni ta’min- lash, xalq iste’moli mollarini respublikadan olib chiqib ketish, yong‘inga qarshi kurash, shuningdek, sanitariya-gigiyena va epidemiologiya qoidalarini buzgan huquqbuzarning kimligini isbotlovchi hujjatlari bo‘lmasa va u haqda zarur ma’lumotlarni berishi mumkin bo‘lgan guvohlar yo‘q bo‘lsa, huquqbuzar vakolatli shaxs tomonidan ichki ishlar organiga olib kelinishi
mumkin.
O‘rmon yoki ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini, hayvonot dunyosini saqlash va undan foydalanish to‘g‘risidagi boshqa qonunlar buzilib, basharti huquqbuzarning shaxsini huquq buzilgan joyning o‘zida aniqlashning iloji bo‘lmasa, o‘rmon soqchiligi, davlat va idora xodimlari, shirkat o‘rmonlarida esa ushbu o‘rmon xo‘jaliklarining xodimlari, ov qilish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari, jamoat birlashmalarining nazoratchilari ana shunday huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ichki ishlar yoki mahalliy davlat organlarining binosiga olib kelishlari mumkin.
Qo‘riqlanadigan obyektlarga, boshqa xil davlat yoki jamoat mulkiga tajovuz qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda huquqbuzar harbiylashtirilgan soqchilik xodimlari tomonidan harbiylashtirilgan soqchilik xizmati binosiga yoki militsiyaga olib kelinishi mumkin.
Huquqbuzarni iloji boricha qisqa muddatda olib kelinishi lozim. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni har jihatdan to‘la va adolatli hal etish uchun huquqbuzar ma’muriy yo‘l bilan ushlab turilishi, ya’ni shaxsan ko‘rikdan o‘tkazilishi, uning kiyim-kechak- lari ko‘zdan kechirilishi, undan ashyo va hujjatlar olib qo‘yilishi mumkin. Bunday hollarda huquqbuzarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turilishi to‘g‘risida bayonnoma tuzilishi kerak. Huquqbu- zarning iltimosiga ko‘ra ushlab turilgan joy haqida uning qarindoshlariga, ish yoki o‘qish joyiga xabar qilinishi lozim. Agar voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgan bo‘lsa, uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxs albatta xabardor qilinishi kerak.



  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin