O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə119/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

ma’muriy huquq ijodkorligini ta’minlovchi normalar;

  • operativ-farmoyish berish, huquqni qo‘llash faoliyatini ta’minlovchi normalar;

    1. ma’muriy yurisdiksiyaviy faoliyatni ta’minlovchi normalar;

    2. ma’muriy jarayonning biron-bir guruhiga kirmaydigan

    normalar.
    Oxirgi guruh normalarinig mazmuni shundan iboratki, faoliyatning ma’lum bir tomonlarini protsessual normalar bilan tartibga solish, uning protsessual shaklga ega ekanligini anglatmaydi hamda bu faoliyat - protsessual faoliyat deb atalishi mumkin emas. V.D.Sorokin, normalarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ma’muriy-protsessual normalarni quyidagilarga
    bo‘ladi:
    Ma’muriy-protsessual normalar mazmuniga ko‘ra:

    1. iqtisodiyot va uning turli sohalarida vujudga keladigan ma’muriy-protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi normalar;

    2. ijtimoiy-madaniy sohalarda vujudga keladigan ma’muriy- protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi normalar;

    d) ma’muriy-siyosiy sohalarda vujudga keladigan ma’muriy- protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi normalarga bo‘linadi. Ma’muriy-protsessual normalar tartibga solish hajmiga ko‘ra:

    1. davlat boshqaruvining barcha sohalarida qo‘llaniladigan umumiy normalar;

    2. yagona soha doirasida qo‘llaniladigan maxsus normalarga bo‘linadi.

    Ma’muriy-protsessual normalar yuridik kuchiga ko‘ra turli darajadagi davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qoidalarga bo‘linadi. Masalan, qonunlarda ko‘rsatib o‘tilgan ma’muriy-protsessual normalar, ma’lum bir davlat organlarining (vazirlik, davlat qo‘mitasi) normativ hujjatlarida nazarda tutilgan normalarga qaraganda, yuqori yuridik kuchga ega.
    Ma’muriy-protsessual normalar tatbiq etiladigan huquq subyektlari doirasiga ko‘ra:

    1. fuqarolarning xulq-atvorini belgilab beruvchi normalar;

    2. ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normalar;

    1. turli mulk shakliga asoslangan korxona va muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi normalar;

    2. siyosiy va siyosiy bo‘lmagan jamoat birlashmalari faoliyatini

    tartibga soluvchi normalarga bo‘linadi.
    Ma’muriy-protsessual normalar ma’muriy ish yuritishning turlariga qarab:

    1. ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan normativ hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;

    2. davlat boshqaruvi sohasida fuqarolarning va tashkilotlarning murojaatlari bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;

    1. ma’muriy-huquqiy shikoyatlar va nizolar bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;

    2. rag‘batlantirish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;

    3. ruxsat berish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;

    4. litsenziya berish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;

    5. ijro etish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;

    6. ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;

    7. davlat boshqaruvi sohasida intizomiy ishlar bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalarga bo‘linadi.

    Ma’muriy-protsessual normalar dispozitsiyasining mazmu- niga ko‘ra:

    1. faol shaklda ifodalangan va namunali xulq-atvorda bo‘lishga majbur etadigan normalar;

    2. huquq subyektiga xulq-atvorni tanlash imkoniyatini beruvchi, ya’ni vakolat beruvchi normalar;

    d) passiv shaklda ifodalangan va ma’lum bir xulq-atvorni taqiqlab qo‘yadigan normalarga bo‘linadi.
    Ma’muriy-protsessual normalar makonda (hududda)gi hara- katiga ko‘ra:

    1. sohaga taalluqliligidan qat’i nazar, butun hududda harakat

    qiladigan normalar;

    1. ma’lum bir hududlarda harakat qiladigan normalarga bo‘linadi.

    Ma’muriy-protsessual normalar vaqt bo‘yicha harakatiga ko‘ra:

    1. amalda bo‘lish muddati belgilanmagan, ya’ni tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinmaguncha harakatda bo‘ladigan normalar;

    2. ma’lum bir muddatga mo‘ljallangan normalarga bo‘linadi. Demak, ma’muriy-protsessual normalar — bu vakolatli davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan, ijro etuvchi hokimiyat organla- rining o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yakka tartibdagi va aniq ishlarni hal etish bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlarni

    tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir.
    Ma’muriy-protsessual normalarni turli asoslarga ko‘ra guruhlarga bo‘lish, ya’ni tasniflash mumkin. Ularning barchasi umumiy maqsadga — davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayonini o‘rnatishga va tartibga solishga qaratilgandir.



          1. Yüklə 6,58 Mb.

            Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin