Ma’muriy jarayon — uzluksiz amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, turli xil ziddiyatlarga qaramay, ma’lum harakatchanlik xususiyatiga ega. Ma’muriy jarayon — muayyan bosqichlarning ketma-ketligiga, ularning takrorlanib turishiga asoslanadi.
Huquq subyekti o‘z oldida turgan maqsadga erishish uchun, belgilangan ketma-ketlikda ma’lum bir harakatlarni amalga oshiradi. Har qanday jarayon singari, ma’muriy jarayonga ham, bosqichlilik xususiyati xosdir. Bosqichlar biridan keyin ikkinchisi- ning kelishini, oldingi bosqichning keyingi bosqichni tayyorlashini nazarda tutadi. Odatda, yangi bosqich undan oldingi bosqichning
tugaganidan so‘ng vujudga keladi.
Bosqich — bu umumiy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan ma’muriy faoliyatning mustaqil qismidir. Har bir bosqich
o‘ziga xos maqsadga ega bo‘lib, protsessual harakatlarning umumiy maqsadiga erishish yo‘lida xizmat qiladi. Har bir bosqich o‘ziga xos bo‘lgan:
a) subyektlar doirasiga; b) axborotni to‘plash va undan foydalanishga; d) tayyorlanadigan hujjatlarga; e) qabul qilinadigan qarorlarga; f) sodir etiladigan turli harakatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ko‘pgina ma’muriy jarayonlarda, hokimiyat vakolatlaridan obyektiv, maqsadga muvofiq va qonuniy foydalanilishini ta’minlash uchun turli subyektlarning ishtirok etishi belgilanadi. Masalan, bu yurisdiksiyaviy faoliyatda yaqqol namoyon bo‘ladi: birinchi subyekt bayonnoma tuzadi, ikkinchisi qaror qabul qiladi, uchin- chisi qaror yuzasidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqadi va hokazo. Ma’muriy jarayonni umumiy holda tahlil qiladigan bo‘lsak, uning kamida uch bosqichdan iborat ekanligi to‘g‘risida xulosa
chiqarish mumkin:
birinchisi — ma’lumbirholatnibaholash; ikkinchisi — ma’muriyaktnitayyorlashvaqabulqilish; uchinchisi — huquqiyaktniijroetish. Ma’muriy jarayon bosqichlarini yanada aniqlashtirish ham mumkin. Masalan, davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayonida davlat organlari o‘z faoliyatlarini quyidagi bosqichlarda:
vujudga kelgan yoki hal qilinishi lozim bo‘lgan muammoni aniqlash;
mazkur muammoni hal etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
uni atroflicha o‘rganish va obyektiv baho berish;
asoslantirilgan qarorlar qabul qilish;
qarorni ijro etish yoki ijrosini tashkil etish va ta’minlash;
qaror ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qaror ijro etilganligi to‘g‘risidagi hisobotni talab qilish bosqichlarida amalga oshiradilar.
Birinchibosqich— turlicha nomlangan bo‘lishi mumkin (masalan, xizmat tekshiruvi, ro‘yxatga olish, berilgan shikoyatlarni
tekshirish va hokazo), lekin barcha holatlarda ham bu bosqich — zarur axborotlarni to‘plash, ularni rasmiylashtirish va baholashdan iborat bo‘ladi. Ma’muriy faoliyatning bunday boshlang‘ich harakatlarisiz, biron-bir qarorni qabul qilib bo‘lmaydi.
Jarayonning birinchi bosqichi — ma’lum bir qaror (masalan, tasdiqlash, rag‘batlantirish, jazo qo‘llash) qabul qilishda zarur bo‘lgan harakatlar yig‘indisi hisoblanadi. Bunda — huquqiy tashabbus, ma’lum bir holatlarga baho berish va unga huquqiy ta’sir etish vositalari, qaror loyihasini tayyorlashga qaratilgan harakatlar sodir etiladi.
Birinchi bosqichda ma’lum bir ishlarning holati, muammolar, ularni hal etish yo‘llari aniqlanadi. Qaror loyihasini tayyorlash vaqtida muammoni hal etishning ma’muriy-huquqiy tartibga solish vositasi tanlanadi, rasmiylashtiriladi, kelishib olinadi va muhokama qilinadi.
Ikkinchi bosqich — qaror qabul qilish bo‘lib hisoblanadi. Kollegial organlarda qaror muhokama qilinadi va ovozga qo‘yiladi. Ayrim hollarda, qaror — ish jarayoni tartibida, so‘rov o‘tkazish orqali qabul qilinadi. Aksariyat qarorlar esa yakka tartibda qabul qilinadi. Bu bosqichning asosiy xususiyati shundaki, tayyorlangan qaror loyihasi o‘rganib chiqiladi va imzolash orqali qabul qilinadi. Bundan tashqari, qaror loyihasini o‘rganish jarayonida unga o‘zgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Qaror qabul qilish — bu nimaningdir kelajagini, qandaydir harakatni sodir etishni belgilashdir. Qarorda uning ko‘rsatmalarini aniq belgilab o‘tish katta ahamiyatga ega.
Ikkinchi bosqich qarorni rasmiylashtirish orqali tugallanadi. Uchinchibosqich— ijro etish — qarorni ijrochiga, manfaatdor shaxslarga yetkazishdan boshlanadi. Bu — shaxsan tanishtirish (og‘zaki, jo‘natish, nusxasini topshirish va hokazo) orqali amalga oshiriladi. Agar qaror adresatlari doirasi keng bo‘lsa, qaror bir necha nusxalarda ko‘paytirilishi va yuborilishi yoki ommaviy axborot
vositalarida, maxsus to‘plamlarda e’lon qilinishi mumkin.
Ijro etish — eng murakkab bosqichlardan biri. Aynan unda rahbarning ishchanlik, tashkil etish, boshqarish, jamoaning kelishuv asosida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, ishni oxirigacha yetkazish kabi xislatlari namoyon bo‘ladi.