O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Prokuratura organlari faoliyatining asosiy prinsiðlari



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə153/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Prokuratura organlari faoliyatining asosiy prinsiðlari birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir.
Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasida qo‘yayot- gan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
Prokuratura organlari o‘z vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi.
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.

Prokuratura organlari nazorat jarayonida fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqib, quyidagi vazifalarni bajaradilar:


    • ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaat- larini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar;

    • prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;

    • prokuror o‘ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilot- larning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega;

    • fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular bo‘yicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasno.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin