O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Davlat boshqaruvida nazorat tushunchasi va vazifalari



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə151/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

1-§. Davlat boshqaruvida nazorat tushunchasi va vazifalari


Ma’lumki, davlat boshqaruv faoliyatining muhim hisoblangan nazorat natijasida nazorat subyekti mavjud ishlarning haqiqiy ahvoli, qabul qilingan qonunlar, qarorlarning haqiqatan ham to‘g‘ri bajarilish holati, darajasi to‘g‘risida aniq axborotga ega bo‘ladi. Nazorat obyekti faoliyati jarayonining qabul qilingan boshqaruv qarorlariga muvofiqligini kuzatish va tekshirish, subyektning obyektga ta’siri natijalarini aniqlash tizimidir.
Yuridik adabiyotlarda ma’muriy nazoratni umumiy va maxsus turlarga ajratish e’tirof etilgan. Jumladan, umumiy ma’muriy nazorat deyilganda davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlar bilan o‘rnatil- gan maxsus qoidalarning bajarilishi ustidan olib boriladigan nazorat tushuniladi. Bunday nazoratni maxsus vakolatga ega bo‘lgan organlar amalga oshiradi. Ushbu organlar qatoriga: yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati, profilaktika xizmati, yong‘in xavfsizligi xizmati, davlat sanitariya organlari, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari kiradi. Mazkur organlar (mansabdor shaxs- lar)ning umumiy ma’muriy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati tegishli qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan. Ular tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

    • tegishli faoliyatni tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlariga og‘ishmay amal qilish;

    • mazkur boshqaruv organlarida qabul qilinadigan qarorlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;

    • sohaga oid boshqaruv, tashkiliy, amaliy faoliyatning umumiy darajasini oshirish;

    • mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida oldini olish, aniqlash hamda bartaraf etish;

    • qo‘l ostidagi xodim va xizmatchilarning xizmat intizomini, mas’uliyati va javobgarligini oshirish.

Tegishli vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) umumiy ma’muriy nazoratni amalga oshirish uchun jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash jarayonida jamiyatga zid xatti-harakatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida kishilarning ongiga va xulqiga ruhiy, moddiy yoki jismoniy ta’sir ko‘rsatishning bir qancha ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llaydilar.
Davlat boshqaruvining asosiy prinsiðlaridan biri — qonuniylik- dir. Shu sababli qonuniylikni ta’minlashda davlat boshqaruvi organlari tomonidan qo‘llaniladigan bir necha usullar mavjud bo‘lib, ular davlat boshqaruv organlarining kontrol va nazorat faoliyati hamda fuqarolarning murojaatlaridir.
Nazorat - maxsus vakolatli organlarning qonuniylik buzilishini aniqlash maqsadida bo‘ysunmagan organlar yoki shaxslar ustidan olib boradigan doimiy, muntazam kuzatuvidir. Ushbu organlar o‘zlariga bo‘ysunmagan obyektlar ustidan nazorat olib borish orqali qonun, o‘rnatilgan maxsus tartib buzilganligi aniqlansa, tartibni buzgan shaxsga nisbatan ma’muriy chora qo‘llashlari mumkin, lekin obyektlar tomonidan chiqarilgan g‘ayriqonuniy hujjatlarni bekor qila olmaydilar. Nazorat prokuratura va maxsus davlat nazorati organlari tomonidan, kontrol esa barcha yuqori turuvchi organlar tomonidan olib boriladi. Nazorat predmeti birinchidan, vakillik va ijro etuvchi organlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarning bajarilishi; ikkinchidan, shu organlar chiqarayotgan hujjatlarning amaldagi qonunlarga muvofiqligidan iborat.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin