Vazifasi (maqsadi va hajmi) bo‘yicha umumiy va maxsus kontrol farq qiladi. Umumiy kontrol kontroldagi organ, bo‘linma yoki xodim faoliyatining barcha tomonlarini, maxsus (maqsadli, tarmoq)kontrol esa ishning ayrim yo‘nalishlarini (masalan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashni) qamrab oladi.
Kontrolning maqsadlari, tekshiradigan masalalar doirasi va subyektining darajasi bo‘yicha nazorat turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Boshqaruv amaliyotida bunday shakllarning ko‘pchiligi qo‘llaniladi. Kontrol qanchalik xilma-xil shakllarda amalga oshirilsa, shunchalik amaliy va samarali bo‘ladi.
Ular barchasini muayyan belgilari bo‘yicha va ma’lum darajada shartli ravishda ichki ishlar organlarida kontrol qilish shakllarining uchta asosiy guruhiga bo‘lish mumkin: ijrochilarning faoliyati bilan joylarda bevosita tanishish; ularning ishini ko‘rsatuvchi axborot hujjatlarini o‘rganish; ijrochilarning o‘z ishlari bo‘yicha bergan
hisobotlarini tinglash. Birinchi guruhga kiruvchi kontrol shakllariga
tekshirilayotgan obyektlarning faoliyatiga doir axborotni bevosita idrok etish xosdir. Ayni vaqtda kontrol shakllarini ikkinchi va uchinchi guruhga birlashtirish mezonini asosan ushbu faoliyat haqida axborot olish usuli tashkil qiladi.
Ijrochilarningfaoliyatibilanjoylardabevositatanishishquyidagi yo‘llar orqali amalga oshirilishi mumkin:
rahbarning ijrochilar ishini bevosita kuzatib turishi (masalan, patrul-post xizmati xodimlarining postlarda xizmat o‘tashini, profilaktika inspektorlarining aholini qabul qilishini, jinoyat qidiruv bo‘limlari operativ vakillarining jinoyatlarni ochish borasidagi ishlarini hodisa yuz bergan joyda, operativ tadbirlar o‘tkazish chog‘ida tekshirishi va hokazo);
bo‘ysunuvchi ichki ishlar organlari faoliyatini inspektorlik tekshiruvi (kompleks), kontrol va boshqa tartiblarda tekshirish.
Inspektorlik tekshiruvikontrol shakllaridan biri bo‘lib, operativ- xizmat faoliyatini, bo‘ysunuvchi mustaqil ichki ishlar organlari- ning ishini barcha yo‘nalishlar va xizmatlar bo‘yicha yalpi tekshi- rishdan iborat. Inspektorlik tekshiruvini IIV, IIB, shahar, tuman, transportdagi ichki ishlar organlari tarmoq xizmatlari bo‘linmala- rining faol ishtirokida tashkil qiladilar. Uni maxsus tashkil etiladigan komissiyalar Inspektorlik tekshiruvi dasturi bo‘yicha amalga oshi- radilar. Mazkur dasturni tashkiliy-inspektorlik bo‘linmalari man- faatdor xizmatlar ishtirokida ishlab chiqadilar va tekshiruv o‘tka- zish haqida qaror qabul qilgan rahbar tasdiqlaydi. Komissiya tarkibiga, tashkiliy-inspektorlik apparatlari va tarmoq xizmatlari xodimlaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi IIV ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalarning xodimlari ham kirishi mumkin.
Inspektorlik tekshiruvining vazifalari hamda tezkor xizmat faoliyatining tekshirilishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan dastur tekshiriluvchi organga tekshiruv boshlani- shidan 10 kun avval yuboriladi. Biroq ayrim hollarda inspektorlik tekshiruvi tekshiriladigan organga oldindan xabar bermay va dastur yubormay turib ham o‘tkazilishi mumkin. Inspektorlik tekshiruvlari joylarda ishning ahvolini puxta va to‘liq o‘rganish, organ faoliyatini xolisona baholash, ishdagi kamchiliklarning sabablari va shart- sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ishlab
chiqish, operativ xizmat faoliyatini tashkil qilishda amaliy va metodik yordam ko‘rsatish, ilmiy ishlanmalar va ijobiy tajribani joriy qilishga imkon beradi. IIV, IIBda inspektorlik tekshiruvlari odatda besh yilda bir marta; shahar tuman organlari va trans- portdagi organlarda - uch yilda bir marta, operativ vaziyat keskin- lashgan hollarda, favqulodda vaziyatlarda va shu kabi sharoitlarda esa boshqacha davriylik bilan ham o‘tkazilishi mumkin.
Kontrol tekshiruvlari — inspektorlik tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklarning qanday bartaraf etilayotganligini, uning natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlarning bajarilishi va samaradorligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Ularni inspektorlik tekshiruvi o‘tkazishni tayinlagan rahbarning qarori bo‘yicha IIV, IIBning shtab bo‘linmalari odatda inspektorlik tekshiruvi tugaganidan so‘ng bir yildan keyin tashkil qiladilar. Organda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargan taqdirda rejadagi kontrol tekshiruvlari o‘tkazilmasligi mumkin, buning o‘rniga kontrolning boshqa shakllari (masalan, hisobotlarni, bildirgi varaqalarini o‘rganish kabilar) qo‘llaniladi.
Obyektga kompleks chiqishlar ham faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan yoki murakkab vaziyatlarda ish olib borayotgan ichki ishlar organlari- ning faoliyatini kompleks tekshirish shakllaridan biridir. Bunday tekshiruvlarni IIV, IIBning turli bo‘linmalari va xizmatlari vakillaridan iborat maxsus tuzilgan kompleks guruhlar amalga oshiradilar. Obyektga chiqishlardan ko‘zlangan maqsadlarga, amaliy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda, kontrol qilinayotgan organ faoliyatining yo‘nalishlarini tekshirish, xizmat faoliyatini tashkil qilishga doir hujjatlarni o‘rganish kabilar kiradi. Kompleks guruh- lar IIV, IIBga - kamida ikki yilda bir marta; shahar, tuman, yo‘nalish organlariga esa yiliga kamida bir marta yuboriladi.
Tarmoqtekshiruvlariningasosiymaqsadiichki ishlar organi- ning muayyan tarmoq xizmati bo‘yicha faoliyatini tekshirish va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Tanlab o‘tkaziladigan (maqsadli, predmetli) tekshiruvlar bir yoki bir necha ichki ishlar organining muayyan boshqaruv qarorini bajarish borasidagi ishini kontrol qilish yoxud u yoki bu tadbirni amalga oshirish samaradorligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Ichki ishlar organlaridagi tarmoq tekshiruvlari va tanlab o‘tkazila-
digan tekshiruvlar maqsadli (mustaqil) chiqishlar orqali o‘tkazili- shi mumkin. Inspektorlik tekshiruvlari, kontrol tekshiruvlari, kompleks va maqsadli (mustaqil) chiqishlar ayni vaqtda yuzaga kelayotgan sharoitdan kelib chiqib, IIV, IIB maxsus guruhlarini yoki ayrim xodimlarini ichki ishlar organlariga xizmat safarlariga yuborishning tashkiliy shakllaridan hisoblanadi. Predmetli tekshi- ruvlarning turlaridan birini ko‘riklar (masalan, saf ko‘riga, texnika ko‘rigi) tashkil qiladi.
Kontrolning ushbu shakllari yordamida aniqlangan kamchilik- lar asosida nafaqat tekshiruv o‘gkazilgan organlar, balki boshqa ichki ishlar organlarida ham bunday kamchiliklarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘riladi.
Ijrochilarning ishini ko‘rsatuvchi axborot materiallarini o‘rganish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
jinoyatchilikning ahvoli hamda bo‘ysunuvchi organlar, bo‘linmalar, xodimlarning tezkor xizmat faoliyati haqidagi tezkor va statistik ma’lumotlarni muntazam tahlil qilish;
bo‘ysunuvchi organlar, xizmatlar va bo‘linmalardan ular ishining natijalari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida ko‘rayotgan choralari haqida yozma hisobot talab qilib olish;
jinoyat ishlari, tezkor materiallar hamda bo‘ysunuvchi xodimlar ishini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o‘rganish;
bo‘ysunuvchi organlar va xodimlarning ishi haqidagi jamoatchilik fikrini matbuot materiallari, fuqarolarning shikoyatlari va arizalari, boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlarining ma’lumotlari asosida o‘rganish;
bo‘ysunuvchi organlar va xodimlar tayyorlagan ish rejalari va o‘zga boshqaruv qarorlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
Ijrochilarning o‘z ishlarining ahvoli haqidagi hisobotlarini tinglashzarur axborotni zudlik bilan olish, unga aniqlik kiritish va uni to‘ldirish imkonini beradi. Tekshiruvning bu shakli jamoa bo‘lib (majlislar, yig‘ilishlar, kengashlar va shu kabilar orqali) ham, yakka tartibda, ya’ni ijrochini rahbar huzuriga chaqirish orqali ham o‘tkazilishi mumkin.
Kontrolning samaradorligi uni amalga oshirishning eng maqbul shakli qo‘llanilishi bilan bevosita bog‘liq. O‘z navbatida, bo‘ysunuvchi organlar faoliyatini kontrol qilish shakllarining
tanlanishi ko‘p jihatdan boshqaruv subyektining darajasiga ham bog‘liq. Masalan, IIV, IIB darajasida kontrolning inspektorlik tekshiruvi, kontrol tekshiruvi, kompleks va maqsadli tekshiruvlar, axborot materiallarini o‘rganish kabi shakllari qo‘proq qo‘llaniladi. Shahar, tuman va transportdagi ichki ishlar organlari darajasida zsa ijrochilarning bilimlarini tekshirish bilan bir vaqtda ularga yo‘l- yo‘riq ko‘rsatish, ijrochilarning hisobotlarini tinglash, ularning ish rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, harakatlarini bevosita kuzatib turish kabi kontrol shakllarini qo‘llagan ma’qul.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, kontrol maqsadlariga erishishda uning qandaydir bir turi yoki shaklini ustun qo‘yish mumkin emas. Shuni inobatga olish lozimki, ularning har biri u yoki bu ustunlikka va kamchiliklarga ega. Shu bois boshqaruv subyektining har xil kontrol turlari va shakllarini mohirlik bilan qo‘llashi, ularni yuzaga kelayotgan sharoitga, real imkoniyatlar va vaziyatga mos tarzda tanlashi ichki ishlar organlarida kontrol vazifalarini lozim darajada bajarish imkonini beradi.