O'QITUVCHINING MUOMALA
MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI
Reja:
1.
Pedagogik muomala va uning vazifasi.
2.
O’qituvchining pedagogik takti.
3.
Pedagogik taktni egallash shartlari..
Tayanch iboralar:
maktabdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish,
o’quvchi faoliyatini tashkil etish, rollarni almashtirish (o’qituvchi, o’quvchi),
o’zaro hayrihohlik, o’z-o’zini tasdiqlash, pedagogik muloqotda modellashtirish,
komunikativ hujum, boshqarish, tahlil qilish bosqichlari, muomala uslublari,
avtoritar, demokratik, liberal
.
1. Pedagogik muomala va uning vazifasi
Maktabda ikki asosiy sub’ekt – bu o’quvchi va o’qituvchi. Ularning darsda,
sinfdan tashqari ishlar jarayonida va kundalik turmushdagi muomalasi o’quv-
tarbiya jarayoni samaradorligining muhim sharti, o’quvchi shahsini
shakllantirishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Hatto, ta’limning barcha jabhalarida yangi pedagogik tehnologiya usullari,
ta’limni liberallashtirish, ta’limda o’z–o’zini boshqarish g’oyalari keng joriy
etilayotgan hozirgi davrda ham o’quv–tarbiya jarayoniga nisbatan avtoritar –
buyruqbozlik yoki imperativ munosabatlarga oid dalillarga duch kelamiz.
Ba’zan, maktab rahbarlari orasida ”Men bir o’zim butun o’quvchilar bilan
kurash olib boryapman, aslida hamma birgalikda kurashishi kerak”, - degan
mulohazalarni eshitib qolamiz. To’g’ri, bu bilan maktab rahbari o’quv–tarbiya
ishlarini, tartib–intizomni yahshilashga harakat qilyapti. Lekin ko’zlagan maqsadga
erishish uchun noto’g’ri yo’lni, ya’ni ”o’quvchilarga qarshi kurash” yo’lini
tanlayapti. Bu o’rinda o’z–o’zidan tanlangan yo’lga mos ta’sir ko’rsatish usullari –
o’quvchilar va o’qituvchilar oldiga chiqarib uyaltirish, so’z berib ishontirish, ota–
onalarini chiqartirish kabilar - ko’llaniladi. Natijada ikki qarama–qarshi
kurashuvchi tomon - o’qituvchilar va o’quvchilar armiyasi vujudga keladi.
Binobarin, ular umumiy maqsadlar uchun emas, balki o’z mavqelarini himoya
qilish uchun kurash olib boradilar. Oqibatda o’quvchilar o’qituvchilar va maktab
talabini rad etadilar.
“Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga joriy etishning uchinchi
bosqichi amalga oshirilayotgan hozirgi paytda ta’lim muassasalarida, avvalo,
barkamol avlodni shakllantirish uchun zarur shart–sharoit va muhitni vujudga
keltirish talab etiladi. Barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishdek ijtimoiy
ahamiyatga molik maqsadni amalga oshirishda shunday yo’l tanlash kerakki,
bunda o’quvchilar bilan kurash olib borish emas, har bir o’quvchida matkab
hayotini anglash, o’zi va o’zgalar ishiga nisbatan javobgarlik hissini uyg’otish,
qarshi kurash emas, balki o’zaro hamkorlik, hamfikrlik, hamdo’stlik yo’llarini
qidirish va bunda o’zaro samarali muomalaga asoslanish lozim.
Bularning hammasi o’qituvchiga, uning o’quvchilar bilan pedagogik
maqsadga muvofiq munosabatlarni tashkil eta olish ko’nikma–malakalariga
bog’liq.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar o’quvchilar bilan aloqa
o’rnatishni tashkil etishda o’zlarining etakchi o’rin tutishlarini anglamaydilar.
O’qituvchilarning 25 foizi o’quvchilar bilan muloqot jarayonida yuzaga kelayotgan
qiyinchiliklarga o’quvchilarni, ularning tarbiyasizliklarini sabab qilib ko’rsatishadi.
Ziddiyatli vaziyatlarning paydo bo’lishida o’zining ham anchagina hissasi borligini
tan olishni istamaydilar.
Muomala – pedagogik faoliyatdagi muhim kasbiy qurol hisoblanadi.
Ko’pgina pedagogik tadqiqotlarda muomala pedagog mehnat faoliyatining muhim
elementi ekanligi asoslab berilgan.
Pedagogik muomala – bu o’qituvchining ijobiy psihologik iqlimni
yaratishga qaratilgan, darsda va darsdan tashqari jarayonlarda o’quvchilar bilan
olib boriladigan professional hamkorligi. Noto’g’ri qurilgan pedagogik muomala
qo’rquv, ishonchsizlik; daqqat, hotira va o’qish faoliyatining pasayishi, nutq
dinamikasining bo’zilishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Natijada o’quvchida
o’qituvchiga va u o’qitadigan predmetga nisbatan qat’iy salbiy munosabatni paydo
qiladi.
SHu singari ma’lum bir predmetdan (aslida o’qituvchidan) bezish hollari
ba’zi o’quvchilarda bir necha yil davom etishi mumkin. O’ylab ko’ringa, darsdan
zavqlanish o’rniga undan begonalashish. Mana shunday salbiy munosabatning til
va adabiyot, tarih, matmatika singari asosiy o’quv predmetlariga nisbatan paydo
bo’lishi, ayniqsa, juda achinarli hol.
Aslida o’qituvchi va o’quvchi orasidagi muomala o’quvchiga zavq, o’quv-
biluv faoltiyatiga nisbatan chanqoqlikni paydo qilishi, o’quv tarbiya jarayonining
ijtimoiy–psihologik mahsuldorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatish lozim.
Pedagogik muomala ijtimoiy psihik jarayon sifatida quyidagi vazifalarga
yo’naltirilganligi bilan harakterlanadi:
-
shahsni anglash;
-
o’zaro o’rin almashish (o’quvchi - o’qituvchi);
-
hamfikrlik;
-
o’z – o’zini anglash;
-
o’zaro ahborot almashish.
Muomalaning o’zaro ahborot almashish vazifasi o’quv–tarbiya jarayoniga
nisbatan ijobiy motivlarni yuzaga keltirib, o’quv muomalasi ustida birgalikda bosh
qotirish imkoniyatini paydo qiladi.
SHahs faoliyatining ijtimoiy hatti–harakat maydonini vujudga keltirish,
ya’ni rollar orqali muomala o’rnatish, unda ijtimoiy hulq-atvorning u yoki bu
ko’rinishini shakllantiradi. O’zaro ijtimoiy rollarni almashitirish shahs(ning) turli
qirallarining namoyon bo’lishiga, shuningdek, boshqa kishining o’rniga o’zini
qo’yib ko’rish orqali insonni inson tomonidan tushuntirish tuyg’ulari
shakllantiriladi. O’qituvchilar bu vazifani o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etadilar,
ya’ni o’quvchilarni darsning ayrim elementlarini mustaqil olib borishga jalb
etadilar. Bu bilan har bir o’quvchi uchun ham tashkilotchi-boshqaruvchi, ham
ijrochi – bajaruvchi o’rinda bo’lishga imkon yaratiladi.
Pedagogik muomala vazifasiga o’z–o’zini anglash ham kiradi. O’quvchining
shahsiy ”men”ini o’zining shahsiy ahamiyatliligini anglashga yordam berish, o’z
shahsi istiqboli va imkoniyatlarini holisona baholay olishga o’rgatish
o’qituvchining vazifasidir.
Pedagogik muomalaning o’zoro hamfikrlik vazifasini amalga oshirish
boshqa kishi his–tuyg’ularini tushunish shart–sharoitini vujudga keltirib, boshqalar
fikrini qabul qila olish qobiliyatlarini shakllantiradi. Bu esa o’zaro mo’’tadil
munosabatni ta’minlaydi. O’zaro hamkorlikda ish olib borish uchun o’qituvchi
bolani, uning ehtiyojlarini, tasavvurlarini tushunishi juda muhimdir.
Muomalaning o’zaro ahborot almashish vazifasini amalga oshirish bilan
o’qituvchi o’quv materiali mazmuni hamda ma’naviy qadriyatlarni o’quvchiga
etkazish jarayonini vujudga keltiradi. Bu esa o’quvchilarda ijobiy o’quv motivlarni
va ongli izlanish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Ana shu vazifalarni puhta o’rganish yosh o’qituvchiga o’quvchilar bilan dars
va darsdan tashqari paytda yahlit jarayon sifatida o’zaro muomalani tashkil etishga
yordam beradi. Darsni loyihalashtirish davomida faqat u yoki bu ma’lumotlarni
o’zlatirish haqidagina emas, balki o’quvchilarning o’zini namoyon etishi, o’z
imkoniyatlarini anglashi uchun shart-sharoitlarni yaratish; o’zaro hamkorlik va
ijodiy faoliyat usullarini topish haqida ham bosh qotirish kerak.
Pedagogik muomala ham amaliy faoliyat jarayoni sifatida quyidagi tarkibiy
qismlarga ajratiladi: 1. Pedagog tomonidan sinf bilan kuriladigan muomalani
modellashtirish (prognoz bosqichi). 2. Dastlabki o’zaro ta’sir daqiqalarida bevosita
muomalani tashkil etish (komunikativ hujum bosqichi). 3. Pedagogik jarayon
mobaynida muomalani boshqarish. 4. Amalga oshirilgan muomala tizimini tahlil
qilish va keyingi faoliyat uchun yana modellashtirish.
Ko’pincha, o’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi bosqichlar va
o’qituvchi faoliyatining harakteriga ko’ra ajratilmagan bo’ladi. Har bir bosqichda
o’qituvchi nimalarga ahamiyat berishi lozimligi haqida to’htalib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: |