3. Pedagogik taktni egallash shartlari Pedagogik taktni egallash shartlari. Pedagogik takt o’quvchida mahorat bilan
birga tarbiyalanadi va egallanadi. U – o’qituvchining ma’naviy etukligi, mahsus
bilimi va bolalar bilan muomala qila olish ko’nikmalarini hosil qilish uchun o’z
ustida tinimsiz ish olib borishi natijasidir. Eng avvalo bu zamonaviy bolalarning
yosh psihologiyasi va individual hususiyatlarni yahshi bilish demakdir.
Odob–ahloq asoslarini bilish, qilmishlarning ahloqiy mohiyatini ko’ra olish
qobiliyatiga ega bo’lish va albatta, bolalarga ta’sir o’tkaza olish vositalarini bilish,
ham juda muhimdir. Bu bilimlar bora–bora o’qituvchiga quyidagi malaklarni:
-
bolalarni sevish, o’z mehrini ko’rsata olish;
-
bolalar hulq–atvorining ichki tomonlarini kuzatish va ko’ra olish;
-
sharoitga qarab yo’l tutish;
-
ta’sir o’tkazishning maqsadli usullarini tanlash bu o’rinda tarbiyaning
aylanib o’tish yo’llarini bilish: (“O’zing bilasan, lekin men senga mana bunday
yo’l tutishni maslahat berardim”);
-
bolalar bilan suhbatlasha olish (taktsiz o’qituvchi bolani passiv
eshituvchiga aylantirib qo’yadi) kabilarni egallashi kerak.
To’g’ri muomala uslubini shakllantirishda sabr–toqatlilik, o’zini boshqara
olish; adolatlilik, boshqalarning tajribasiga ijodiy yondashish, pedagogik texnikani
rivojlantirish kabilar muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchi doimo
o’quvchisidagi insonni hurmat qilishi va o’z qadr–qimmatini saqlashi kerak.
SHuni bilish kerakki, o’qituvchi va o’quvchi pozitsiyasining mos
kelmasligidan paydo bo’ladigan ziddiyatlar pedagogik faoliyatda tez–tez uchrab
turadi. SHuning uchun ham, ayniqsa, yosh o’qituvchilar ziddiyatli vaziyatlarda
paydo bo’lgan murakkab holatdan (pedagogik maqsadga muvofiq) chiqish uchun
tajribada sinab ko’rilgan hulq–atvor qoidalariga rioya qilishlari kerak.