Muomalani boshqarish
bosqichida o’quvchilarning tashabbusini qo’llab–
quvvatlash, dialogik
muloqotni tashkil etish, aniq yuzaga kelgan sharoitga ko’ra
o’z fikrlarini to’g’rilab borish malakalari juda muhimdir.
Va nihoyat,
muomalani tahlil qilish
maqsad, vosita va nitajaning o’zaro
hamohangligiga yo’nalgan bo’ladi.
Tabiiyki, o’qituvchi muomalani va yahlit o’quv–tarbiya
jarayonini
boshqarishda tashabbuskor va etakchi bo’lishi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’z
muomalasining boshlang’ich operativligiga e’tibor berishi kerak.
Bularning hammasi muomalaning samaradorligiga halaqit beradigan
to’siqlarni engishga yordam beradi. Bunday to’siqlar, ayniqsa,
pedagogik
faoliyatning boshlanishida tez-tez uchradi. Birinchidan, sinfdan qo’rqish. Bu
to’siqni psihologik jihatdan o’zini
tayyorlash, diqqatni qurilajak muloqotning
qiziqarliligiga qaratish, muomalaning ”hissiy o’zagi”ni topish orqali bartaraf etish
mumkin. SHunga o’hshash to’siqlarga yana jismoniy to’siq ham kiradi. YA’ni
bunda o’qituvchi o’zini o’quvchilardan ajratadi, stol, stul orqasida yoki burchakda
turib, o’zini yashirishga harakat qiladi. Bundan qutilish yo’li bitta – o’ziga ishonch
namoyon qilib ochiq pozitsiyada turib ishlash.
Ijtimoiy to’siq o’z pozitsiyasini ”yuqoridan” turib, doimiy ravishda ta’kidlab
turish (“Sizning oldingizda o’qituvchi turibdi”) natijasida paydo bo’ladi. YA’ni
o’qituvchi o’z nutqini o’quvchilarning tushunish darajalariga moslashtira olmaydi.
Har qanday to’siqlarni
engishdan avval, o’qituvchi o’zida muomalaning
to’g’ri ko’rinishlarini shakllantirishi kerak bo’ladi. Turli ko’rinishdagi
individual
muomala shakllari ichida ba’zi umumiy hususiyatga ega bo’lganlari ham ajratiladi.
SHunday muomala shakllari majmuasidan bir necha muomala usullari ajratiladi.
O’qituvchi va o’quvchining o’zaro muomalasi jarayonida muomalaning ikki
hissiy qutbi shakllanishi mumkin. O’qituvchining ijodiy his–tuyg’ularga
asoslangan o’zaro munosabatini tashkil eta olish qobiliyati haqiqiy tarbiyaviy
samara berishi mumkin. Salbiy hissiy holat ham paydo bo’lishi mumkin,
lekin
o’zaro ta’sirning ohirgi maqsadi sifatida emas, balki ijodiy hissiy natijaga erishish
uchun mumkin bo’lgan vaziyatli vosita sifatida paydo bo’ladi. (Masalan, o’zgalar
oldida hurmatni yo’qotishdan qo’rqish).
Dostları ilə paylaş: