Qituvchining muomala madaniyati va psixologiyasi


O’qituvchining pedagogik takti



Yüklə 346 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.09.2023
ölçüsü346 Kb.
#147226
1   2   3   4   5
O\'QITUVCHINING MUOMALA MADANIYATI

2.O’qituvchining pedagogik takti 
 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, aynan pedagogik takt mavjudligi o’qituvchiga 
ijobiy his–tuyg’ularga asoslangan muomalani qurishga, bolalar bilan psihologik 
aloqani o’rnatish va saqlab turishga yordam beradi. 
Pedagogik takt talablariga amal qilgan holda o’qituvchi o’zida muomalaning 
demokratik uslubini shakllantirishi, o’quvchilar bilan o’zaro muomala 
madaniyatini egallashi mumkin. 
Pedagogik takt ustida ish olib borgan tadqiqotchilar bu tushunchaning hajmi 
va sig’imini alohida ta’kidlashadi hamda uning yagona aniq ta’rifi yo’qligini 
aytishadi. Pedagogik takt mohiyatini ochib berish murakkabligi uning umumiy 
qabul qilingan ”takt” tushunchasiga nisbatan o’ziga hos hususiyatga ega ekanligi 
bilan belgilanadi. 
Takt so’zi aynan tarjima qilinganda ”ta’sir ko’rsatish” degan ma’noni 
bildiradi. Bu ahloqiy kategoriya bo’lib odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatni 
boshqarib turadi. Insonparvarlik printsiplariga tayangan holda hulq–atvor taktikasi 
eng murakkab ziddiyatli holatlarda ham insonga nisbatan hurmatni saqlab qolishni 
talab etadi. Hulq–atvor taktikasiga ega bo’lish, ya’ni taktikali bo’lish, har bir 
insonga nisbatan, ayniqsa, o’qituvchiga nisbatan qo’yiladigan ahloqiy talabdir. 
Pedagogik takt – o’qituvchining kasbiy sifatlaridan biri, mahoratining bir qismidir. 
Pedagogik takt umumiy qabul qilingan takt tushunchasidan shunisi bilan farq 
qiladiki, u faqat o’qituvchining shahsiy sifati bo’libgina qolmay, balki o’quvchiga 
nisbatan to’g’ri munosabatni tanlay olishi hamdir. 
Demak, pedagogik takt – bu o’qituvchining o’quvchilarga nisbatan 
pedagogik maqsadga yo’naltirilgan ta’siri me’yori, samarali muomala uslubini 
o’rnata olish qobiliyatidir. 


Ta’sir ko’rsatish me’yori tarbiya vositalarini qo’llashda ham namoyon 
bo’ladi. Huddi dorishunoslikda dorilarning qabul qilish miqdori va vaqti, 
bemorlarning yoshi va individual hususiyati aniq belgilab berilganidek, o’qituvchi 
so’zi ham, uning ish usullari ham, o’quvchining ensasini qotirmaydigan, samarali 
va salohiyatli bo’lishi kerak. Ma’lum bir ta’sir usulini me’yoridan oshirib yuborish 
o’quvchiga teskari ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, me’yoridan ortiq 
talabchanlik – quloqsizlikka; haddan ziyod yumshoqlik – qo’pollikka olib kelishi 
mumkin. O’quvchilarni hurmat qilib turib, o’qituvchi o’zining umuman bolalarga 
nisbatan hurmatini namoyon etishi lozim. 
O’zaro hurmat va bolalarga nisbatan mehr talabchanlikni chetlab o’tmaydi, 
aksincha uni qayd qiladi. Hurmat va talab dealektik jihatdan o’zaro bog’liq 
tushunchalardir. O’quvchining tarbiyalanganlik darajasiga qarab o’qituvchi 
o’zining ularga bo’lgan munosabati shaklini tanlaydi, (qiziqish va hayrihohlik yoki 
befarqlik, samimiylik yoki hech qanday hissiyotsiz quruq munosabat, yumshoqlik 
yoki qattiqqo’llik va h.k.). Bolaga nisbatan e’tibor va mehribonlik munosabatlar 
ifodasi ularning yoshiga qarab o’zgartirilishi kerak. Masalan, kichik maktab 
yoshidagi bolalar bilan muomala qilganda ularni quchoqlash, boshini silash yoki 
ismini erkalab chaqirish mumkin. Katta maktab yoshidagi o’quvchilarga nisabatan 
bunday munosabat faqat ba’zi alohida holatlarda (masalan, o’quvchining tug’ilgan 
kuni bo’lsa, fan olimpiadalarida yoki sportda ma’lum bir muvaffaqiyatlarga erishsa 
va sh.k.) ko’rsatilishi mumkin. O’smirlar bilan munosabatda jiddiylik va oddiy 
muomalani qo’llangan ma’qul. CHunki ular katta kishi bo’lishni istaydilar va har 
qanday bolalarcha munosabat ularning g’ashiga tegishi mumkin. 
Pedagogik takt o’qituvchi hulq-atvorining mo’’tadilligida namoyon bo’ladi. 
U o’quvchiga ishonch bilan qarashni ko’zda tutadi, hatto tavakkal qilib bo’lsa ham. 
O’quvchiga ishonchsizlik bilan qaraydigan va o’zining shunday munosabatini har 
bir qulay fursatda bildirib turadigan o’qituvchi pedagogik taktga ega emas deyish 
mumkin. O’qituvchi ishonchi o’quvchi faoliyati uchun turtki bo’lishi kerak. Bunda 
o’quvchi o’zining urinishlari va muvaffaqiyati zavqini to’yishi uchun uni ataylab 


ko’proq maqtash, erishgan yutug’i kichkina bo’lsa ham, bo’rtiribroq ko’rsatish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
O’qituvchining muomala madaniyati, takti uning o’quvchilar bilan 
birgalikdagi turli faoliyati ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Masalan, darsda, 
sinfdan tashqari ishlar jarayonida yoki kundalik hayotda. 
Darsda 
pedagogik 
takt. 
O’quvchilarning 
o’qituvchilar 
bilan 
kelishmovchiliklari tahlili shuni ko’rsatadiki buning asosiy sababi o’qituvchining 
o’quvchilarga nisbatan qo’pol munosabatlarida namoyon bo’ladigan taktsizligidir. 
Ba’zi o’qituvchilar: ”Nega muncha qimirlaysan, stulning mihi bormi?” kabi 
tanbehlarni odatiy, oddiy tanbeh deb hisoblashadi. Ba’zan jahli chiqib, jazavaga 
tushgan o’qituvchi butun sinf oldida o’quvchini ko’chada qaerda va kim bilan 
ko’rganini eslab qoladi. Ko’pincha, mana shunga o’hshash holatlar natijasida 
kelishmovchilik va ziddiyatlar kelib chiqadi. 
Takt o’qituvchiga darsning har bir bosqichida zarur. Ayniqsa, o’quvchilar 
bilimini tekshirish va baholash jarayonida o’qituvchi o’z muomalasiga e’tibor 
berishi kerak. Bu o’rinda o’quvchini eshita olish qobiliyatiga qarab o’qituvchi takti 
namoyon bo’ladi. YA’ni o’quvchi javoblari mazmuni va shaklini diqqat bilan 
kuzatish, sabr–toqatli bo’lish shular jumlasidandir. Bunda, albatta, ”Bu narsa shart 
emas!”, “O’tir, har doimgidek, hech narsani bilmaysan!” kabi luqmalar o’rinsiz 
hisoblanadi. 
SHunday voqealar ham bo’lganki, duduq bolalar mahoratli o’qituvchining 
darslarida o’z kamchiliklarini unutib yuborganlar, taktsiz, qo’pol o’qituvchi darsda 
esa faqat duduqlanaverganlar. 
Barcha o’quvchilar diqqat va e’tibor bilan, munosabat bildirib etisha 
oladigan o’qituvchini yahshi ko’radilar. SHuning uchun ham o’quvchi javob 
berayotganda ochiq chehra bilan ma’qullab turish, qo’llab – quvvatlash lozim. 
O’quvchining javobini turli izohlar bilan bo’lib turish maqsadga muvofiq emas. 
O’quvchilar bilimini baholash jarayoni ham o’qituvchi taktining namoyon 
bo’lishi uchun muhim bosqich hisoblanadi. Ba’zan baholash jarayonida o’qituvchi 
bahoni shunday izohlaydiki, go’yo yahshi bahodan ham qoniqmaganday: “Sen 


meni hayron qoldirding. Senga yahshi baho qo’yishga majburman”. Vaholangki
bunday paytda o’qituvchi bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchisining yahshi javobidan 
chin dildan quvonishi uning uchun haqiqatda qayg’urishi lozim. Ahir bu ham 
muomala san’atini belgilaydi. 
Psihologik va didaktik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bo’sh javoblarni 
baholash jarayonidagi motivlashtiruvchi izohlarning berilmasligi natijasida bunday 
o’quvchilar uch oy mobaynida o’qituvchi savolini tushunmaydigan bo’ladilar. 
O’zlaridagi ishonchsizlik sababli qayta–qayta so’rash, o’ziga takror savollar 
berilganda jim turishga odatlanadilar. SHuning uchun hatto qonaqarli yoki yomon 
baho ham ijobiy mazmun kasb etishi va istiqbolli yo’naltiruvchi hususiyatga ega 
bo’lishi kerak. Masalan, ”Agar mana bu eri asoslanganda, to’g’ri bo’lar edi...”, 
“SHoshma, ulgurasan”. 
Takt va taktika. Pedagogik takt o’qituvchi hulq–atvori mo’’tadilligi, ya’ni 
taktikani ham ko’zda tutadi. CHunki pedagogning o’quvchilari oldida turli rollarda 
namoyon bo’lishi undan har hil pedagogik taktdan foydalanishni talab etadi. 
Darsda, agar o’quvchilar tayyorlanmagan bo’lsalar, aniqlik, jiddiylik, 
qat’iylik mazmunidagi munosabat, sinfdan tashqari ishlar jarayonida erkinlik, 
samimiyli, ochiqlik, (ayniqsa, yakka suhbat, sayohat, turli hil o’yinlar jarayonida) 
mazmunidagi munosabat juda muhim. SHuning uchun ham munosabatning turli 
shakllari (yig’ilish, bahs – munozara, sinfdan va darsdan tashqari ishlar 
jarayonidagi munosabat) o’qituvchidan muomalaning turli uslublaridan 
foydalanishni talab etadi.
Muomala taktikasini tanlash roli pozitsiyalardan foydalana olish 
ko’nikmalariga bog’liq. Psiholog olimlar shunday pozitsiyalarning 4 turini 
ajratadilar: ”yuqoridan qurish”, “pastdan qurish”, “yonma–yon qurish”, “betaraflik 
pozitsiyasi”. 
“YUqoridan qurish” (muomalani) pozitsiyasida o’qituvchi o’zining 
mustaqqilligini va butun mas’uliyatni o’z zimmasiga olganligini namoyish etadi. 
Bu pozitsiya ”ota - onalar” pozitsiyasi deyiladi. 


Muomalani ”pastdan qurish” esa tobe, bo’ysunuvchi, o’ziga ishonmaydigan 
shahs pozitsiyasi hisoblanadi. Bu pozitsiya ”bolalar” pozitsiyasi deyiladi. 
“YOnma–yon qurish” pozitsiyasida hulq–atvordagi hushmuomalalik, 
sipolik, vaziyat bilan hisoblashish, boshqalarning qiziqishlarini tushunishi va 
mas’uliyatni o’zaro bo’lishish ko’nikmalari namoyon bo’ladi. Bu ”kattalar” 
pozitsiyasi deyiladi. 
Vaziyatga ko’ra o’qituvchi u yoki bu pozitsiyani tanlashi mumkin. Zero, 
muomala ikki tomonlama jarayon bo’lganligidan o’qituvchi boshqa kishining 
roliga qarab o’z pozitsiyasini belgilaydi, odatda pedagogning, ya’ni hamkorlikda 
ish yuritayotgan katta kishi pozitsiyasi muomalaning ishchan darajasini nazarda 
tutadi. Bu pozitsiya o’quvchida o’zaro hamkorlik jarayonidagi teng huquqli 
sherikni loyihalashtiradi. Bu pozitsiyani amalga oshirish usuli quyidagicha bo’lishi 
mumkin: “Men sen (sizlar) bilan maslahatlashmoqchiman”, “Kelinglar, birgalikda 
o’ylab, masalani hal qilamiz”. 
SHuningdek, pedagog o’z muomalasida ba’zan “bolalar” pozitsiyasini ham 
qo’llaydi. Masalan, qoidaga ko’ra o’qituvchi jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish 
bosqichlaridan birida muvaffaqiyatga shubha qilish, ikkilanish hissini namoyon 
etadi va bu bilan yuqori sinf o’quvchilariga bu ishning asosiy mas’uliyatini o’z 
zimmalariga olish imkonini yaratadi. Muomalani ”pastdan qurish” pozitsiyasi 
o’quvchi mustaqil faoliyatni namoyon etishiga mo’ljallangan. 
Muomalaning ”yuqoridan qurish”, ya’ni “ota - onalar” pozitsiyasi pedagogik 
faoliyat uchun hos hususiyat bo’lsada, butun ta’lim-tarbiya ishida yagona va bir hil 
pozitsiya bo’la olmaydi. Zero, bu pozitsiya agar o’quvchi ”bolalik” rolidan chiqa 
olmasa, va faqat shu vaziyatda dialogik o’zro ta’sirni amalga oshirishga qaratiladi. 
Muntazam ”yuqoridan qurish” pozitsiyasida turish shahs rivojlanishining to’htatib 
qo’yishi yoki muomalada ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. 
Demak, rolli pozitsiyalar tahlili shuni ko’rsatadiki, pedagog uchun 
o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlik qila olish ko’nikmasiga ega bo’lish, pedagogik 
taktga rioya qilish, muomala taktikasini bilish juda muhim.



Yüklə 346 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin