O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Ichki ishlar organlari faoliyatida kontrol va uning ahamiyati



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə146/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

3-§. Ichki ishlar organlari faoliyatida kontrol va uning ahamiyati


Ichki ishlar organlarida kontrol ushbu tizimdagi yuqori turuvchi organ tomonidan quyi turuvchi organ faoliyatida qonuniylik va intizomni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarida kontrolning asosiy vazifalari quyida- gilardan iborat: ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va qonun osti hujjatlarining og‘ishmay bajarilishini ta’minlash; ichki ishlar organlarida qabul qilinadigan qarorlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; tashkiliy va operativ xizmat faoliyatining umumiy darajasini ko‘tarish; ishdagi kamchi- liklarning oldini olish, ularni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish; ijobiy tajribani aniqlash va joriy etish; xodimlarning intizomini va mas’uliyatini oshirish; kadrlarni to‘g‘ri baholash va ulardan to‘g‘ri foydalanish (ularni boshqa lavozimlarga o‘tkazish)da ko‘maklashish. Mazkur vazifalarning xilma-xilligi ichki ishlar organlarida kontrolning bir qancha turlari bo‘lishini taqozo etadi. Ichki ishlar organlari tizimiga kiruvchi subyektlar qo‘llaydigan kontrolning amalda ishlatiladigan turlarini ko‘rib chiqamiz. Ularni bir qator
mezonlar bo‘yicha ajratish mumkin.
Boshqaruv siklidagi o‘rni bo‘yicha oldini oluvchi, joriy va keyingi kontrol farq qiladi.
Oldini oluvchi (preventiv) kontrol bo‘ysunuvchi organlar yoki xodimlar qaror qabul qilayotgan bosqichda (masalan, ish rejasini tasdiqlayotganda) amalga oshiriladi. U bo‘ysunuvchi xodimlarning yuqori turuvchi subyekt qarorlarini bajarishga yoxud muayyan,
jumladan, favqulodda (ekstremal) sharoitlarda harakatlanishga tayyorligini tekshirish uchun (masalan, organning favqulodda vaziyat sharoitida harakat qilishga tayyorligini tekshirishda) qo‘lla- nishi mumkin.
Joriy (operativ) kontrolni subyekt qaror ijrosini ta’minlash jarayonida amalga oshiriladi. Kontrolning ushbu turi tashkiliy ishning elementi hisoblanadi (masalan, organ rahbarining tezkor tadbir o‘tkazilishini kontrol qilishi, ushbu tadbirni o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladi) hamda qarorlarga tuzatishlar kiritish, boshqaruv tizimini tartibga solish imkonini beradi.
Keyingi kontrol (ijroni tekshirish) qaror bajarilganidan keyin (masalan, reja, buyruq kabilarning qanday bajarilganligini tekshir- ganda) amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, joriy kontroldan farqli ravishda, kontrolning ushbu turiga kamroq darajadagi operativlik xos. U bo‘ysunuvchi xodimlarning muayyan qarorni bajarish faoliyatiga aralashish imkonini bermaydi, chunki bu jarayon tugagan bo‘ladi (bunda xato va kamchiliklarga yo‘l ko‘yilgan bo‘lishi ham mumkin). Shu bilan birga, keyingi kontrol ichki ishlar organ- lari faoliyatining umumiy natijalarini (ular ishining ahvolini) aniqlash hamda undagi mavjud umumiy kamchiliklarni tugatish uchun zarur.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin