Shikoyat - fuqarolarning subyektiv huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni himoya qilish maqsadida beriladigan murojaat turidir. Qonunga asosan, shikoyatda subyektiv huquqlar- ning buzilishi va uni tiklash haqidagi ma’lumotdan tashqari davlat organi, korxona, tashkilot, muassasalar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxs yoki alohida fuqaroning xatti-harakatlari tanqid ham qilinadi. Shuning uchun shikoyatga bir tomondan, subyektiv huquq va qonuniy manfaatlarni tiklash vositasi, ikkinchi tomon- dan, davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, tashkilot, mansabdor shaxslar, fuqarolar faoliyatidagi ayrim nuqsonlarni, huquq-tartibot sohasidagi kamchiliklarning tanqid qilinishi deb qaralishi kerak.
Shikoyat faqat tegishli idora, mansabdor shaxs, fuqarolarning noqonuniy xatti-harakatlari natijasidagina kelib chiqmaydi. Odatda, shikoyatlarning aksariyatini fuqarolarning qonunchilik va boshqa hujjatlarni bilmasligi natijasida o‘z huquq va manfaatlarini buzildi, deb hisoblashi ham keltirib chiqarishi mumkin. Bunday shikoyatlar asossiz shikoyat hisoblanadi.
Shikoyatlarni qaysi organ va idoralarga berilishi aniq ko‘rsatil- gan va boshqa turdagi murojaatlardan farqi bo‘lishi lozim.
Davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, korxona, tashkilot, muassasalarning, mansabdor shaxslarning qarori yoki xatti-harakati ustidan shikoyatlar tegishli tuzilmalar bo‘ysunadigan yuqori tashkilotlarga beriladi. Masalan, tuman ichki ishlar bo‘limi faoliyati ustidan viloyat ichki ishlar boshqarmasiga, tuman hokimi faoliyati ustidan viloyat hokimiyatiga va hokazo. Shikoyat qilishda pog‘onalarga e’tibor berish, unga amal qilish juda muhim.
Shikoyat beruvchi organ bo‘ysunadigan idora bo‘la turib, shikoyatni birdaniga yuqori, ya’ni markaziy organlarga berilishi to‘g‘ri emas. Bu markaziy organlarni asosiy vazifalaridan chalg‘i-
tishi, pirovard natijada, davlat organlari faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Agar shikoyat tegishli bo‘g‘inda qonuniy hal qilinmasa, u holda yanada yuqoriroq tashkilotga shikoyat qilishga to‘g‘ri keladi.
Qonunga asosan davlat organlarining, jamoat birlashmalari, korxona, tashkilot, muassasa, mansabdor shaxslarning qaror va xatti-harakatlari ustidan, bo‘ysunishdan qat’i nazar, sud organla- riga shikoyat qilish mumkin. Sud organlariga shikoyat qilish va uni ko‘rish tartibi esa qonun bilan tartibga solinadi.
Ariza va takliflar uchun murojaat qilish muddati belgilanmagan bo‘lsa, shikoyat tegishli idora va tashkilotlarning xatti-harakat sodir etgan yoki qaror qabul qilgan vaqtdan boshlab bir yil ichida berilishi mumkin. Mazkur muddatning o‘tib ketishi shikoyat qilish huquqini cheklaydi. Faqat muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilsa (kasallik, uzoq muddat xizmat safarida bo‘lish va boshqalar) shikoyatni ko‘ruvchi organ bu muddatni tiklaydi. Qan- day sabablar uzrli hisoblanishi tegishli organlar tomonidan aniqlanishi mumkin.
Shikoyatlar fuqarolar tomonidan shaxsan yoki ularning manfaatini himoya qiluvchilar, advokatlar, homiylar tomonidan berilishi ham mumkin. Bu qoida shnkoyatlarning malakali bo‘lishini, voyaga yetmaganlar, qariyalar, nogironlar va boshqalar- ning huquqlarini himoya qilishni nazarda tutadi. Mazkur qoida muomalaga layoqatsizlar manfaatini ko‘zlaydi.
Shikoyatni tezlik bilan tekshirish, u haqida dastlabki va aniq ma’lumotga ega bo‘lish nuqtai nazaridan, shikoyat berish vaqtida u bilan birga ba’zi hujjatlarni qo‘shib taqdim qilish zarurligi ham qonunda belgilangan. Shikoyat bilan birga avval qabul qilingan qaror yoki uning ko‘chirmasi va shikoyat «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi qonunga binoan ko‘rilishini osonlashtiruvchi boshqa hujjatlar albatta taqdim qilinishi kerak.
Shikoyatlar bilan ishlashning muhim shartlaridan biri - shikoyatni hal qilish, uni tekshirish uchun faoliyati ustidan shikoyat qilinayotgan idoralar, mansabdor shaxslarga yubormas- likdir. Bu shikoyatlarni xolisona hal qilish imkoniyatini yaratadi.
Bu qoida buzilsa, qayta va takroriy shikoyatlarga sabab bo‘ladi, fuqarolar yanada yuqoriroq organ va tashkilotlarga murojaat qilishga majbur bo‘ladilar.
Takliflarning ko‘payishi birinchidan, fuqarolarning siyosiy faolligidan dalolat bersa, ikkinchidan, ularning qonun-qoidalarni mukammal bilmasligidan, davlat organ (idora)lari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar faoliyatidagi nuqsonlardan dalolat beradi.
Fuqarolar shikoyat qilish huquqidan foydalanib, tegishli idora va tashkilotlarga murojaat qilganlarida, shu huquqning to‘la amalga oshishi uchun ma’lum huquqlarga ega bo‘ladilar. Bu, o‘z navbatida, tegishli idora va mansabdor shaxslarning majburiyatini vujudga keltiradi.
Fuqaro shikoyat qilgach, shikoyatning natijasini kutib o‘tirish bilan cheklanmay, uning hal qilinishida, shu munosabat bilan vujudga keladigan jarayonlarda faol ishtirok etadi. Bundan fuqaro ham, tegishli organlar ham manfaatdor bo‘ladilar. Shikoyatlarni ko‘rib hal qilishda fuqaroning shaxsan ishtirok etishi shikoyatni xolis, adolatli hal qilish imkoniyatini yaratadi. Ya’ni, shikoyatni hal qilish jarayonida fuqaro ishtirok etar ekan, u ushbu jarayonni o‘ziga xos ravishda nazorat qiladi.
Shikoyat qilgan shaxs, uni tekshirayotgan shaxs bilan shaxsan uchrashishi, ularga shikoyatdagi talablarni oydinlashtiradigan dalil- isbotlarni, hujjatlarni taqdim qilishi mumkin. Uning ma’lumotlari albatta e’tiborga olinishi kerak.
Shikoyat qiluvchi shaxsga tekshiruvga oid hujjatlar, materiallar bilan tanishish uchun imkoniyat yaratiladi. Shikoyat qiluvchi shikoyatga qo‘shimcha hujjat va materiallarni tekshiruvchi shaxsga faqat o‘zi taqdim qilish bilan cheklanmay, undan tegishli joylardan qo‘shimcha hujjat va materiallarni so‘rab olishni iltimos qilishga ham haqli.
Turli organ va tashkilotlarga shikoyat kiritgan shaxs shikoyat- dagi talablarning to‘liq va qonuniy hal qilinishiga erishish uchun malakali huquqshunoslar, ya’ni advokatlar xizmatidan, mutaxas- sislar yordamidan foydalanishi mumkin.
Shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijasi ularning ko‘rilishida shikoyatchi qanday shakllarda ishtirok etishidan qat’i nazar, albatta
yozma murojaat etuvchiga ma’lum qilinishi kerak. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi xabarlar asosli, ishonarli bo‘lishi, uning o‘z vaqtida shikoyat qilgan shaxsga yetib borishi choralari ko‘rilishi kerak. Shikoyatni ko‘rish natijasi haqidagi xabar shu talablarga javob bermasa, takroriy shikoyatlarni keltirib chiqaradi.
Shikoyat qiluvchi shaxsning eng muhim huquqlaridan biri shundaki, shikoyatni keltirib chiqargan holatlar tufayli u moddiy zarar ko‘rgan bo‘lsa, shikoyat qondirilgandan so‘ng shu zararni qonunda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilishga haqli.
Demak, shikoyat qondirilgach, fuqaro faqat ma’naviy qoni- qish hosil qilish, adolatning tiklanishiga erishish, buzilgan huquqi- ning tiklanishi bilan cheklanmay, iqtisodiy manfaatga ham ega bo‘ladi.
Fuqarolarning tegishli idoralar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyati tegishli sudlar tomonidan, fuqarolik sudlov ishlarini yuritish qoidalariga asosan ko‘riladi.
Fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibi respublika amaldagi Fuqarolik-protsessual kodeksining tegishli moddalari bilan tartibga solinadi.
Fuqaroning har qanday shikoyatini ko‘rib chiqishning oxirgi natijasi sud qarori bilan rasmiylashtiriladi. Ya’ni har qanday shikoyat bo‘yicha u qanoatlantirilishi yoki rad etilishidan qat’i nazar, sud qarori qabul qilinadi.
Sud shikoyatni atroflicha o‘rganib, qonunchilik hujjatlariga va talab qilib olingan ma’lumotlarga asoslanib, uni asosli deb topsa, ustidan shikoyat berilgan mansabdor shaxs, idora yoki tashkilot- ning xatti-harakatini (qarorini) qonunsiz deb topadi. Bunda tegishli xatti-harakat (qaror) sodir etgan organ (idora), tashkilot, man- sabdor shaxsga, fuqaroning shikoyatidagi talablarni qondirish majburiyatini yuklaydi yoki uning buzilgan huquq va erkinliklarini o‘zgacha yo‘l bilan tiklaydi.
Sud shikoyatni tekshirib, undagi talablar asossiz, qilingan xatti-harakat (qaror)ni qonuniy deb topsa, shikoyatni rad etadi. Sud shikoyatni qanoatlantirganda ham, rad etganda ham albatta ularni ishonarli tarzda shikoyatchiga o‘z vaqtida yetkazishi kerak.
Shikoyat qiluvchi sudning shikoyat yuzasidan qabul qilgan qaroridan norozi bo‘lsa, qonunlarda belgilangan tartibda yuqori sudga shikoyat qilishi mumkin. Bunda ham, avval ta’kidlanganidek, shikoyat doirasi kengayib, avvalgi xatti-harakatga (qarorga) sudning harakatidan norozilik ham qo‘shiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 225-moddasi sud qarorlarining kuchga kirish muddatini belgilagan. Unga asosan sudning qarori kassatsiya tartibida (yuqori sudga) shikoyat qilish muddati tugashi bilan (agar shunday harakat sodir qilingan bo‘lsa) kuchga kiradi. Kassatsiya tartibida shikoyat qilingan bo‘lsa, unda yuqori sud ishni ko‘rib, sudning qarorini kuchda qoldirsa, qaror shu vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Sudning shikoyat yuzasidan qonuniy kuchga kirgan qarori barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organ- lari, mansabdor shaxslar fuqa-rolar uchun majburiydir. Bu
«Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasida ham o‘z ifodasini topgan.
Sudning shikoyat yuzasidan chiqargan qarori, xatti-harakati (qarori) ustidan shikoyat berilgan idora, tashkilot va mansabdor shaxslarga qaror kuchga kirgach, o‘n kun ichida yuborilishi shart. Ish shu bilan tugamaydi, ya’ni sud shikoyat yuzasidan faqatgina to‘g‘ri, qonuniy, adolatli qaror qabul qilish bilangina cheklan- maydi. U qarorlar ijrosini nazorat ham qiladi. Shuning uchun qonunda shikoyat yuzasidan sudning qarori bajarilganligi haqida tegishli idora va mansabdor shaxslarning qaror olingan kundan boshlab bir oy ichida sudga xabar qilish majburiyati belgilab qo‘yilgan. Shikoyat yuzasidan qabul qilingan sud qarori bajaril- masa, unda sud qonunlarda belgilangan tartibda ma’lum chora- tadbirlarni ko‘radi.
Sud qarori bajarilishi shart. Qaror ixtiyoriy bajarilmagan taqdirda, uni majburiy bajartirish qoidalari mavjud. Bu masala Fuqarolik-protsessual kodeksning «Sud qarorini ijro etish» deb nomlangan 4-qismidagi moddalar bilan tartibga solinadi.
Sudda shikoyatlarni ko‘rish ma’lum sarf-xarajatlarni keltirib chiqaradi. Qonunda bunday xarajatlarni qoplashning yo‘llari ham
belgilangan. Bular: — shikoyat asossiz bo‘lib, sud shikoyatni qanoatlantirmasa (rad etsa), xarajatlar shikoyat qiluvchining zimmasiga yuklanadi. Bu asossiz, bo‘lar-bo‘lmas masala yuzasidan sudga shikoyat qilishning oldini oluvchi choradir. Shikoyat qondirilgan taqdirda esa, sarf-xarajat shikoyatni keltirib chiqarishga sabab bo‘lgan xatti-harakatni (qarorni) sodir etgan idora, tashki- lot, mansabdor shaxs zimmasiga yuklanadi. Bu idoralar, mansab- dor shaxslarni har qanday xatti-harakatni (qarorni) faqat qonun- chilik hujjatlari asosida hal qilishga undovchi muhim vosita hisoblanadi. Sud xarajatlarini qoplash masalasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 87—105-modda- lari asosida hal qilinadi.
Fuqarolarning murojaatlari ko‘p hollarda fuqarolarning man- faati, huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratiladi. Ularning murojaatlarini ko‘rish oqibatida turli harakatlar bilan manfaatlariga zarar yetkazmaslik kerak. Qonun buning uchun turli choralarni belgilagan, jumladan murojaatlar qayerda, kim tomonidan hal qilinishidan qat’i nazar, fuqarolarning roziligisiz, ularning shaxsiy hayotiga, oilasiga, sog‘lig‘iga taalluqli ma’lumotlar, davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir hisoblangan ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin emas. Agar bu qoidaga rioya qilinmasa, huquq va erkinliklarini talab qilib murojaat qilgan shaxslarning huquqlari, manfaatlarini ro‘yobga chiqarish o‘rniga ular buziladi. Bu esa qo‘shimcha murojaatlarni, shikoyatlarni keltirib chiqaradi. Fuqarolarning sir hisoblanuvchi ma’lumotlarining oshkor qilinishi, Konstitutsiyaning 27-moddasida belgilangan «shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish» huquqining buzilishi hisoblanadi.
Murojaatga daxldor bo‘lmagan, fuqaroning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab-surishtirib bilish ham qonun bilan taqiqla- nadi. Bunday ma’lumotlar fuqaroning kamsitilishi, obro‘sining to‘kilishi, uning sha’niga, qadr-qimmatiga putur yetkazishi mumkin. Murojaat qiluvchining iltimosiga binoan ham uning shaxsiga doir har qanday ma’lumotlar oshkor qilinmasligi kerak. Ayniqsa ustidan shikoyat qilingan shaxsga, shikoyatchi haqida ma’lumot berish kerak emas. Tanqid ruhida yozilgan murojaatlar,
jinoiy harakatlar, tayyorlanayotgan jinoyatlar, turli huquq buzilishlar, kamchiliklar haqidagi murojaatlarning mualliflari, ular haqidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kerak. Aks holda murojaat qiluvchi shaxsni ta’qib qilish, turli yo‘llar bilan o‘ch olish hollari vujudga kelishi mumkin. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Shuning uchun, murojaatdagi ma’lumot va sirlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu esa murojaatlar shikoyat shaklining alohida maqsadi, ijtimoiy va davlat hayotidagi rolini hisobga olib, ularni ko‘rib chiqishda davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning bu boradagi mas’uliyatini oshiradi. Chunki shikoyatni vujudga keltiruvchi sabab qonuniylik, huquqiy-tartibot va fuqarolarning xavfsizligi, manfaati, huquq va erkinliklarining buzilishi davlat organlari, korxona, tashkilot, muassasalardagi sansalorlik, buyruqbozlik, e’tiborsizlik natijalari bo‘ladi. Shuning uchun shikoyatni ko‘rib hal qilish vakolatiga ega tuzilmalar, shaxslarning alohida vazifalari unda belgilangan.
Shikoyatlar katta-kichikligidan qat’i nazar, unda ko‘tarilgan masalalar har tomonlama, xolisona va eng muhimi, o‘z vaqtida tekshirilishi kerak. Shikoyatniðg to‘g‘ri va ijobiy hal qilinishida uni sinchiklab tekshirish hal qiluvchi shartdir. Yuzaki tekshirilgan shikoyatlar hech vaqt to‘g‘ri hal qilinmaydi. Tekshiruv ishlariga mutaxassislarni jalb qilish katta ahamiyatga ega.
Tegishli idora va muassasalar, mansabdor shaxslar shikoyatga sabab bo‘lgan noqonuniy qarorlarni bekor qilishi, xatti-harakat- larni to‘xtatishi zarur. Shu bilan cheklanmasdan, g‘ayriqonuniy qarorlar qabul qilishga olib kelgan sabab ildizlarini tugatish choralarini ko‘rish kerak. Shikoyatlarni o‘rganish natijasida u bo‘yi- cha fuqaroning qonuniy manfaatini tiklash bilan birga shikoyatni keltirib chiqargan sharoit va sabablarni albatta aniqlash zarur. Shikoyat asosan buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan murojaat- dir. Shuning uchun shikoyatdagi talablar asosli bo‘lsa, tezlik bilan tiklanishi zarur. Buzilgan huquqlarning tiklanishi vakolatli organlar- ning bu haqda qaror qabul qilishlari bilan amalga oshiriladi. Tegishli idoralar, mansabdor shaxslar buzilgan huquqlarini yoki shikoyat- dagi boshqa talablarni qondirishni ko‘zlovchi qarorlar qabul qilish
bilan kifoyalanishi kerak emas, bunda eng muhimi, shikoyat yuzasidan qabul qilingan qarorlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymay, uning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rishdir. Qaror ijrosining masala oxiriga yetmaguncha nazoratda turishi maqsadga muvofiqdir. To‘g‘ri qaror qabul qilish bilan bu masalani nazoratdan chiqar- maslik kerak.
Shikoyatlarni ko‘rish borasida munosabatlarning boshqa turlari kabi natijani murojaat qiluvchiga albatta yetkazish muhim. Natija albatta yozma tarzda bo‘lishi, shikoyat rad etilganda yoki qisman qondirilganda esa uning sabablari atroflicha, tegishli huquqiy hujjatlarga ilova qilingan holda, tushunarli tilda bayon qilinishi zarur. Shikoyatni rad etish yoki to‘la qondirishning imkoni yo‘qligi hollarida bu haqda shikoyatchiga yozma ma’lumotdan tashqari shaxsan tushuntirishlar berish maqsadga muvofiqdir. Bu takroriy shikoyatlar, shu masala yuzasidan yuqori organlarga murojaat qilish kabilarga barham berishi mumkin.
Shikoyatlar bo‘yicha kim qaror qabul qilishining qonunda aniq belgilab qo‘yilishi ham shikoyatga mas’uliyat bilan qarashni kuchaytiradi. Qonunga asosan, har qanday shikoyat kim tekshirib, qanday xulosa chiqarilganidan qat’i nazar, u yuzasidan qaror davlat organlari, korxona, tashkilotlarning rahbari yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan, jamoat birlashmalaridan ko‘rilgan shikoyatlar esa jamoat birlashmalarida saylab qo‘yiladigan organlar yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan qaror va shikoyat bo‘yicha javob shikoyat yozilgan tilda bo‘lishi zarur, ayrim hollarda bir tilda yozilgan shikoyatga boshqa tilda javob berilishi hollari ham uchrab turadi. Bu esa turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Fuqarolar o‘z murojaatlarini tegishli vakolatli organ rahbar- lariga hamda deputatlarga shaxsan topshirishlari ham mumkin. Shaxsiy qabul vaqtida murojaat og‘zaki yoki yozma bayon qilinadi. Murojaat og‘zaki bayon qilingan vaqtda ham u ma’lum tartibda qayd etilishi kerak.
Fuqarolarni vakolatli shaxslar tomonidan qabul qilinishida ham ko‘pgina ijobiy tomonlar mavjud. Avvalo ba’zi hollarda shu qabulning o‘zida fuqaro o‘z iltimosi yoki talabiga javob olishi,
masala tezlik bilan hal qilinishi mumkin, bu ortiqcha ovoragarchi- liklarning oldini oladi. Shaxsan qabul vaqtida murojaatlarni hal qilishga yordam beruvchi qo‘shimcha holatlar aniqlanadi. Qisqasi, shaxsan murojaat tufayli vakolatli shaxs jonsiz qog‘oz bilan to‘qnashmay, jonli shaxs bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega.
Har qanday organ (idora), jamoat birlashmalari, tashkilot, korxona rahbarlarining fuqarolarni shaxsan qabul qilishi qonuniy majburiyatidir. Shuning uchun bu masalaga doimiy e’tibor berish, qonunga binoan qabul kunlari, soatlari ayrim vaqtlarda joylari (ya’ni joylarga borib qabul uyushtirilgan vaqtlarda) qat’iy belgilab qo‘yilishi lozim. Belgilangan kun, vaqt va joyni asossiz ravishda o‘zgartirish, boshqa vaqtga qoldirish, murojaatlar, fuqarolarga nisbatan hurmatsizlikdir. Zaruriy xizmat safari, betoblik hollaridan tashqari qabul jadvali o‘zgarmasligi zarur.
Qabul vaqtlarini belgilashda murojaat qiluvchilarga eng qulay vaqtlar belgilanishi zarur. Joylarga borib qabul uyushtirish esa fuqarolarga bo‘lgan hurmat bo‘lib, rahbarlar, davlat organlari obro‘sini oshiradi.
Umumiy vakolatli organlarda, jumladan, hokimiyatda bir qancha sohaga taalluqli idora rahbarlarining bir kunda qabul uyushtirishlari ham masalalarni tez va oqilona hal qilish imkonini beradi. Qabul vaqtida jamoatchilik vakillari, mutaxassis va huquqshunoslarning ishtirok etishi ham murojaatga e’tibor hisoblanib, masalalarni ijobiy hal etishga ko‘maklashadi.
Qonunda qaysi xodim qachon qabul kunini belgilashi ko‘rsatilmagan, buni har bir rahbar o‘zi belgilaydi. Bunda qabul vaqtining fuqarolarga qulay, aniq va o‘zgarmas vaqtda hamda muntazam bo‘lishi, ish hajmi, rahbarlik doirasi hisobga olinadi. Ya’ni qabulga kirmoqchi bo‘lgan shaxslar qabulxonada uzoq vaqt kutmasligi kerak. Qabul vaqtida tegishli rahbarlar boshqa ishlar bilan shug‘ullanmay, faqat qabul bilan band bo‘lishlari lozim. Shularga amal qilinmasa, qo‘shimcha shikoyatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Fuqaroni uning davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa, tashkilotga murojaat qilganligi sababli yoxud
murojaatidagi tanqidi uchun ta’qib ostiga olganlik, shuningdek
«Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunchilik hujjatlarini davlat yoki jamoat manfaatlariga yoxud fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlariga jiddiy zarar yetkazish tarzida buzganlik aybdor shaxslarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rish tartibi qonuniy asosga ega bo‘lib, ularning buzilishi muayyan javobgarlikni vujudga keltiradi. Bunday javobgarlik intizomiy, ma’muriy va jinoiy bo‘lishi mumkin. Murojaatni ko‘rib chiqishni asossiz rad etish, ularni ko‘rish muddatlarini sababsiz buzish, murojaatlar yuzasidan asossiz va qonunga zid qarorlar qabul qilish, belgilangan vaqtlarda fuqarolarni qabul qilmaslik fuqarolar shaxsiga oid ma’lumotlarni oshkor etish va boshqa vosita hamda tartibda murojaatlar to‘g‘risidagi hujjatlarni buzish belgilangan vaqtlarda fuqarolarni qabul qilmaslik qonunchilik hujjatlariga xilof hisoblanadi. Agar shunday holatlar sodir etilsa, ular ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmasa, mansab- dor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortiladilar. Bunda ularga ogohlantirilish, hayfsan, qattiq hayfsan kabi jazo choralari ko‘ri-
lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasida fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy jazo ko‘zda tutilgan, unga asosan murojaatlarning ko‘rilishini asossiz rad etganlik, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzgan- lik, asossiz qonunga zid qaror qabul qilganlik, shuningdek fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklashni, shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qarorni aniq bajarishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ham belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VII bobi «Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar» deb nomlangan bo‘lib, uning 144-moddasi «Fuqaroning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish» deb atalgan. Unga asosan «Murojaat ko‘rib
chiqilishini g‘ayriqonuniy rad etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, asossiz, qonunga zid qaror qabul qilish yoxud fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumot- larni oshkor etish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risi- dagi qonun hujjatlarini fuqarolarning huquqlari yoki fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadigan holda buzish - eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi»1.
Ko‘rinib turibdiki, turli javobgarliklarni keltirib chiqaruvchi asoslar, sabablar deyarli bir xil, ya’ni murojaatlarni ko‘rishni asossiz rad etish, shikoyatni ko‘rish muddatlarini sababsiz buzish va boshqalar. Ana shunday hol yuz berganda qanday javobgarlik vujudga kelishi, qonunning buzilish darajasi, undan kelib chiqadigan oqibat, fuqaroning ko‘rgan zarari miqdori, fuqarolar- ning davlat va jamiyatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga qay darajada, qay miqdorda zarar yetkazilganligini belgilaydi. Bu talab ikki holatga qaratilgan, birinchidan, murojaatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan g‘ayriqonuniy harakat yoki qaror natijasida fuqaro moddiy zarar ko‘rsa, murojaat asosli deb hisoblanib qondirilganidan so‘ng, noqonuniy xatti-harakat yoki qaror tufayli fuqaroning ko‘rgan zararini qoplash nazarda tutiladi. Masalan, fuqaro asossiz ishdan bo‘shatilgan va muayyan davr ichida ish haqi olmagan taqdirda uning talabi qondirilgudek bo‘lsa, fuqaroning majburiy ish qoldirgan vaqtida ko‘rgan zararini to‘lash chorasi ko‘riladi.